Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li, Backend Python Django (Standard)


Download 285.24 Kb.
Pdf ko'rish
Sana13.09.2023
Hajmi285.24 Kb.
#1677144
Bog'liq
1C7JiuoLgP2zc03vSJUjlR5gmTXLGC186ZAztaHFsfDE



TA'LIM XIZMATLARI KO’RSATISH TO'G'RISIDA

S -
7196
Shartnoma
ID: 18569
Toshkent shahar
16.08.2023
"NAJOT TA’LIM MARKAZI" direktori A.B.Adhamjonov (bundan keyin “IJROCHI” deb
yuritiladi) bir tomondan va
Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li
(bundan keyin
“BUYURTMACHI” deb yuritiladi) ikkinchi tomondan quyidagilar to’g’risida shartnoma
tuzdilar:
1. SHARTNOMA PREDMETI
Ijrochi buyurtmachiga
Backend Python Django (Standard)
kursi bo’yicha ta'lim
xizmatlarini (bundan keyin matnda xizmatlar deb yuritiladi) taqdim etadi va buyurtmachi
xizmatlar uchun haq to'lash majburiyatini oladi.
2. IJROCHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
2.1. Ijrochining huquqlari:
2.1.1. Guruhlarga o'qituvchi biriktirish. O’quvchilar o'qituvchi tanlash imkoniyatiga ega
emas;
2.1.2. Butun o'qish davrida, o'qish dasturining davomiyligini saqlagan holda, o'qituvchilar
tarkibiga o'zgartirish kiritish;
2.1.3. Qog'oz, programma va elektron shakldagi o’quv dasturlar hamda mualliflik huquqi
asosidagi qo’llanma-namunalarga intellektual mulk obyekti sifatida mulkiy huquqi bo'yicha
ega bo'lish;
2.1.4. Buyurtmachi tomonidan o'tkazib yuborilgan darslarning o'rnini qoplamaslik;
2.1.5. Agar darslar uchun to’lovlar o'z vaqtida, qisman yoki to’liq to'lanmagan bo'lsa,
buyurtmachini darslarga kiritmaslik. To'lov sababli darsdan chiqarilgan o'quvchi to'lov
qilganda boshqa guruhda o'qishni davom ettiradi. Yoki o'quvchining talabiga ko'ra o'quvchi
to’lov qilguncha bo’lgan muddatda qoldirilgan darslarni onlayn tarzda yoki videodarslar
orqali o'zlashtirib olish mas'uliyatini o'z zimmasiga olgan holda, o'z guruhiga qayta
qo'shilishi mumkin. Bu holatda onlayn/videodarslarning qiymati oflayn darslarning
qiymatiga tenglashtiriladi.
2.1.6. O'quvchilarning bilimlarini muntazam ravishda hisobga olish va nazorat qilish va
voyaga yetmagan o'quvchilarning ota-onalari tomonidan talab qilingan o'rinlarda ularni
o'quvchining natijalari bilan tanishtirish;
2.1.7. O’zlashtirish darajasi qoniqarsiz, o'qishga ishtiyoqi yo'q o’quvchilarning ota-onalari
bilan suhbatlar o'tkazish;
2.1.8. Oraliq nazorat va yakuniy imtihonlarni baholash tizimlarini, shakllarini, tartibini va
davomiyligini mustaqil ravishda tanlash, hamda dastur boshlangach unga o’zgartirish
kiritish;
2.1.9. Darslar jadvalini buyurtmachilarga bildirishnoma orqali, darslar boshlanishidan 1
(bir) ish kunidan kechiktirmasdan, bir tomonlama o'zgartirish;


2.1.10. Guruhdagi o’quvchilar soni 12 (o’n ikki) yoki 11 (o’n bir) kishi qolsa, ijrochi
buyurtmachi bilan o'zaro kelishgan holda, guruhni ayni shu yo’nalishdagi boshqa guruhga
butunlay qo’shib yuborish yoki qismlarga bo’lib taqsimlab yuborish;
2.1.11. Guruhdagi o’quvchilar soni 10 (o’n) va undan kam kishi bo'lsa, guruhni vaqtincha
muzlatish yoki tarqatib yuborish va buyurtmachiga boshqa guruhlarda o’qishni davom
ettirishning muqobil variantlarini taklif qilish;
2.1.12. Ta'til, O'zbekistonda nishonlanadigan bayramlar va boshqa shunga o'xshash
sabablarga ko'ra (Masalan: binoga kirish ta’qiqlangan bo'lsa), sababli o’tilmagan darslar
to'lovini keyingi darslar to’loviga o’tkazish orqali darslarni vaqtincha to'xtatib turish
huquqini saqlab qolish. Bunday holda, o'tilmagan darslarning vaqti buyurtmachi bilan
kelishilgan holda o’tiladi;
2.1.13. Agar obyektiv zarurat tug'ilsa, mashg'ulot o’tiladigan filialni o'zgartirish (ijara
shartlari yoki muddatining o'zgartirilishi, ijaraga olingan bino-xonalarni ta'mirlash, bo’sh
xona yoki o’qituvchi yo’qligi va hokazo sabablar tufayli);
2.1.14. Guruhning darslari qaysi filialda bo’lib o’tishini mustaqil belgilash. Bu holatda
Buyurtmachiga Ijrochi tomonidan xizmat ko'rsatilishi mumkin bo'lgan ehtimoliy manzillar
haqida shartnoma tuzish paytida ma'lumot berilgan bo'lishi shart qilinadi.
2.1.15. Marketing maqsadida ijrochi tomonidan buyurmachining ism-familiyasi, yoshi, jinsi
va ish joyi nomi kabi ma’lumotlardan foydalanish;
2.2. IJROCHINING MAJBURIYATLARI:
2.2.1. Buyurtmachini o’quv dasturi asosida sifatli ta’lim bilan ta’minlash;
2.2.2. Ta’lim xizmatlarining o’quv dasturi asosida o’z vaqtida ko’rsatilishini ta’minlash;
2.2.3. Ta’lim xizmatlari ko’rsatilish jarayoniga mas’uliyat bilan yondashish;
3.2.4. Buyurtmachi yoki uning nomidan murojaat qiladigan vakillarga hurmat bilan
munosabatda bo’lish;
2.2.5. Ta’lim xizmatlari ijrochi tomonidan dars jadvalida belgilangan soatlarda ko’rsatilishini
ta’minlash. Dars vaqti 20 daqiqagacha kechikib boshlanishi yoki tugatilishi tomonlar
o'rtasida moliyaviy majburiyatlarni keltirib chiqarmaydi. Ijrochi kursning kamchiliksiz
o'tilishini o'z zimmasiga oladi. Ammo buyurtmachi tomonidan talab qilingan hollarda Ijrochi
kechikib boshlangan darslarni o’sha dars kunida yoki jamlagan holda boshqa kuni qoplab
berishga majbur;
2.2.6. Buyurtmachi tomonidan darslarga sog’lig’iga bog’liq jiddiy sabab tufayli
qatnashmaganlikni
tasdiqlovchi
hujjat
(tibbiy
ma'lumotnoma)
taqdim
etilganda,
buyurtmachiga darslarni onlayn tarzda yoki videodarslar orqali o’zlashtirishga ruxsat
berish. Bu holatda onlayn/videodarslarning qiymati oflayn darslarning qiymatiga
tenglashtiriladi;
2.2.7. Ijrochiga tegishli binolar hududida qorovul xizmati va doimiy videokuzatuv amaliyoti
orqali buyurtmachining xavfsizligini ta’minlash choralarini ko’rish.
2.2.8. Ijrochiga tegishli binolar hududida mast qiluvchi yoki tamaki mahsulotlarining
iste’mol qilinmasligini ta’minlash choralarini ko’rish.
3. BUYURTMACHINING HUQUQLARI VA MAJBURIYATLARI
3.1. Buyurtmachi huquqlari:


3.1.1. Ta'lim jarayonida "co-working" hududlaridan 4.1.2 bandda ko'rsatilgan tartibda
imtiyozli ravishda foydalanish;
3.1.2. O'quv xonalaridan va jihozlardan tegishli dars jadvaliga ko'ra bepul foydalanish;
3.1.3. Ijrochi hududida joylashgan kutubxona va u yerdagi o'quv materiallaridan bepul
foydalanish; Kutubxona mavjudligi filialdan-filialga qarab farqlanishi mumkin.
3.1.4. Ushbu shartnomaning 5.1-bandiga muvofiq, ta’lim xizmatlari uchun belgilangan
to'lovni o'z vaqtida amalga oshirishning iloji bo'lmasa, moliya bo'limiga murojaat qilgan
holda 7 ish kunidan kechiktirmasdan amalga oshirish sharti bilan qismlarga bo'lib to’lash
imkoniyatini qo'lga kiritish;
3.1.5. Agar o'qitish jarayonida ijrochining aybi bilan bir yoki bir nechta mashg'ulotlar bekor
qilingan bo'lsa, ushbu mashg'ulotlarni o'tkazishni talab qilish;
3.1.6. Buyurtmachi uzrli sabablarga ko'ra qoldirgan darslari uchun ushbu darajadagi
boshqa guruhlarda oyiga 2 tadan ko'p bo'lmagan adadda qo'shimcha darslar olish; Ijrochi
qo’shimcha darslarning aniq jadvalini o’z imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda belgilaydi.
3.1.7. Buyurtmachining xohishiga ko'ra yoki Ijrochining imkoniyati cheklanganligi sababli
3.1.6 bandda ko'rsatilgan huquqdan foydalanishning imkoniyati bo'lmagan taqdirda
qoldirilgan darslarni videodarslar orqali o’zlashtirib olish; Videodarslarning qiymati oflayn
darslarning qiymatiga tenglashtiriladi.
3.1.8. Uzrli sababga ko'ra surunkali dars qoldirish ehtiyoji paydo bo'lganda darslarni
vaqtincha muzlatib turish talabi bilan filial menejeriga murojaat qilish; filial menejeri
holatni o'rganib murojaatni qondirishi yoki uni rad etishi mumkin.
3.2. BUYURTMACHI MAJBURIYATLARI:
3.2.1. Ijrochi tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlarga mas’uliyat bilan yondashish;
3.2.2. Ko'rsatiladigan xizmatlar uchun o’quv oyi boshlanishidan avval to'lovni amalga
oshirish;
3.2.3. Ijrochining pedagogik jamoasi tomonidan berilgan darslar bo'yicha topshiriqlarni
to'liq bajarish;
3.2.4. Ijrochining pedagogik, texnik va boshqa xodimlariga hurmatda bo’lish;
3.2.5. O’quv markazida dars vaqtida, xonada yoki co-working hududlarida darslarga kerak
bo’lmagan videolar, har xil rasmlar, o’yin o’ynash kabi amallarni bajarmaslik. Agarda bir
marotaba shu holat kuzatilsa, buyurtmachi bir hafta davomida co-working hududidan
foydalanishi mumkin emas. Ikki marotaba takrorlansa, bu huquqdan bir oy muddatga
mahrum etiladi;
3.2.6. Ijrochini darsga kelmaganlikning asosli sabablari to'g'risida xabardor qilish va
surunkali (ketma-ket 3 tadan ko'p) dars qoldirilganda ularni tasdiqlovchi hujjatni o'z
vaqtida taqdim etish;
3.2.7. O’quv markazi mol-mulkiga g'amxo'rlik qilish va ijrochining mulkiga yetkazilgan
moddiy zararni qoplash;
3.2.8. Ta’lim markaz hududiga mast qiluvchi mahsulot ichgan holda kelmaslik, markaz
hududi va uning 50 metr radiusida tamaki mahsulotlarini chekmaslik;
3.2.9. Ijrochining ichki-tartib qoidalariga rioya qilish, dars vaqtida mobil aloqa vositalaridan
foydalanmaslik;


4. BUYURTMACHIGA TAQDIM ETILADIGAN QO'SHIMCHA IMTIYOZLAR
4.1 Buyurtmachiga quyidagi qo’shimcha imtiyozlar taqdim etiladi.
4.1.1 Buyurtmachiga ta’lim xizmatlari ko’rsatiladigan hududda har 12 soat uchun 1,5 GB
Internet trafik taqdim etilishi mumkin.
4.1.2 Buyurtmachiga ta’lim xizmatlari ko’rsatiladigan hududda joylashgan co-working
hududida bir kishilik o’rinni har kuni 2 soatgacha band qilish imkoniyati berilishi mumkin.
4.2 Ta’lim markazi quyidagi bandlarni to’liq bajargan o’quvchilarga sertifikat olgan kundan
boshlab 60 kun ichida “TechJobs” kompaniyasi orqali Toshkent shahrida joylashgan 2
tagacha ish o’rni taklif qilishga 100% kafolat beradi. (Taklif qilingan ish o’rni masalasida ish
beruvchiga murojaat qilish va tegishli suhbat yoki imtihonlardan o’tib ishga joylashish
jarayoni uchun Buyurtmachining o’zi mas’ul hisoblanadi):
4.2.1-1 Ta’lim dasturi yakunida o’quvchining yoshi 18 va undan yuqori bo’lishi, ishlash
uchun to’liq ish kuni davomida bo’sh bo’lishi, Toshkent shahrida doimiy ishlay olishi kabi
shartlar topilsa;
4.2.1-2 Umumiy ta’lim dasturi davomida uzrsiz sabablarga ko’ra dars qoldirish holati 5
martadan oshmasa;
Uzrli holatlar (ma’lumotnoma bilan tasdiqlangan favqulodda tibbiy holat, birinchi va
ikkinchi darajali yaqin qarindoshlarning o’lim holati) bundan mustasno.
4.2.1-3 Umumiy ta’lim dasturi davomida darsga kechikib kelish holati 10 martadan
oshmasa;
4.2.1-4 Umumiy ta’lim dasturi davomida uyga vazifalarni o’z vaqtida topshirmaslik holati 5
martadan oshmasa;
4.2.1-5 Umumiy ta’lim dasturi davomida oraliq-nazorat, oraliq-saralash va yakuniy
imtihonlarning birortasidan yiqilish holati kuzatilmasa;
4.2.1-6 Umumiy ta’lim dasturi davomida Najot Ta’lim yoki boshqa o’quv kurslarida ingliz
tilini o’rganib, Najot Ta’lim tomonidan tashkil etiladigan yakuniy ingliz tili imthonidan
muvaffaqiyatli o’tsa;
Ingliz tili bo’yicha Najot Ta’lim yakuniy imtihonida qatnashish uchun o’quvchidan ingliz
tilini kamida 6 oy qaysi o’quv markazida va qancha vaqt davomida o’rganganligi haqida
ma’lumotnoma taqdim etish talab qilinadi. Imtihon savollari kamida “Pre-intermediate”
darajasida tuzilgan bo’ladi.
Faqatgina ingliz tilini IELTS 6,5 va undan yuqori darajada biladigan va bu haqida tegishli
sertifikatga ega bo’lganlar bundan mustasno.
4.2.1-7 O’quvchi ta’lim olish jarayonida “LinkedIn” ijtimoiy tarmog’ida o’z shaxsiy profilini
yuritib borgan bo’lsa;
Profil to’g’ri tuzilgan bo’lishi, ma’lumotlar to’g’ri kiritilgan bo’lishi va ta’limni tugatguncha
bo’lgan muddatda kamida 500 ta do’stga ega bo’lishi shart qilinadi.
4.2.1-8 O’quvchi ta’lim olish davrida Najot Ta’lim tomonidan tashkillashtirilgan sohasiga oid
kamida 3 ta musobaqada qatnashgan bo’lishi shart qilinadi;
4.2.2 Agar o’quvchiga ta’lim dasturi yakunida TechJobs tarafidan ish yoki amaliyot taklif
qilinganda o’quvchi taklifni rad qilsa, shartnomaning 4.2 bandi o’z kuchini yo’qotadi.
4.2.3 TechJobs orqali taklif qilingan ish boshlang’ich 3 oy muddatda amaliyot ko’rinishida
bo’lishi ham mumkin.


4.2.4 Agar o’quvchiga TechJobs tarafidan ish yoki amaliyot taklif qilinsa va o’quvchi ishga
yoki amaliyotga muvaffaqiyatli joylashsa, 60 kun ichida ish yoki amaliyot ish beruvchi
tarafidan turli sabablarga ko’ra bekor qilinsa, Najot Ta’lim o’quvchi xabar bergan kundan
boshlab ish topib berishni yana 60 kun muddatga cho’zish huquqiga ega.
4.2.5 Agar o’quvchiga TechJobs orqali 2 marta ish yoki amaliyot taklif qilinsa, o’quvchi
ularning barchasini rad qilsa, yoki ishga yoki amaliyotga joylashib so’ng 60 kun ichida o’z
ixtiyori bilan ishdan bo’shab ketsa, bu o’rinda shartnomaning 4.2 bandi o’z kuchini
yo’qotadi.
4.3 Najot Ta’limda ta’lim dasturini muvaffaqiyatli yakunlab sertifikat olgan o’quvchi IT-park
rezidenti hisoblangan eksportyor kompaniyalarning biriga ishga joylashsa hamda Najot
Ta’limni bitirgan kunidan boshlab 365 kun ichida o’shaa kompaniyanida rasmiy ravishda 6
oy va undan ko’p muddat davomida mehnat faoliyatini olib borganligi tasdiqlansa, Najot
Ta’lim o’quvchiga pul mablag’i ko’rinishida mukofot taqdim etadi. O’quvchidan mukofotni
olish uchun rasmiy faoliyat olib borilgan 6 oylik muddatdan so’ng Najot Ta’limning istalgan
filialiga kelib tegishli hujjatlarni filial menejeriga taqdim etishi so’raladi. Mukofot summasi
o’quvchi ishga kirgan kompaniyaning nufuzi va o’quvchining rasmiy oylik maoshidan kelib
chiqqan holda 500.000 so’mdan 5.000.000 so’mgacha bo’lgan summani tashkil etadi.
Mukofot summasi IT-park tomonidan o’rnatilgan mezonga ko’ra ajratiladi yoki to’liq bekor
qilinadi.
5. XIZMATLAR NARXLARI, SHARTLARI VA ULARNI TO'LASH TARTIBI
5.1.1 (Bir) kishiga
Backend Python Django (Standard)
kursi uchun xizmatlarning umumiy
qiymati
8 oy
(uchun)
9 600 000 UZS
so'm. To’liq kurs qismlarga bo’lib sotiladigan o’quv
oylaridan iborat. Bir o’quv oyi 12 ta darsdan tashkil topgan. Xizmat narxi 1-ilovada
ko'rsatilgan narxlar ro'yxatiga muvofiq belgilanadi.
5.1.2. To'lov (oyma oy to’lov orqali)har oyning birinchi dars boshlanishidan oldin har qanday
to'lov shaklida amalga oshiriladi.
5.2. Ijara narxlarining keskin ko'tarilishi, soliqqa oid qonunchilikning o'zgarishi yoki milliy
valyutaning keskin qadrsizlanishi kabi Ijrochi ixtiyoridan tashqarida bo'lgan holatlar yuz
berganda kursning narxi Ijrochi tomonidan 20% dan ko'p bo'lmagan miqdorda oshirilishi
mumkin.
5.3. Shartnoma va to’lov bittada to'lov uslubida to’liq amalga oshirilgandan so'ng kurs narxi
Buyurtmachi uchun to’liq o’zgarishsiz qoladi. Agar oyma-oy yoki ikkiga bo'lib to'lov uslubi
tanlangan bo'lsa, bu holatda ham to'lab bo'lingan muddat uchun kurs narxi o'zgarishsiz
qoladi. (Eslatma: Yuqorida keltirilgan narx oshishi holatlari nodir hisoblanadi hamda
Buyurtmachi bilan shartnoma tuzilgach, Ijrochi tomon kurs davomida narxlarni
oshirmaslik siyosati afzal ko'radi.)
5.4 Ijrochi va Buyurtmachi o'rtasida shartnoma tuzilgach, kurs boshlanguncha yoki
boshlangandan keyin ta'lim xizmatini ko'rsatish Buyurtmachi tomonidan ma’lum muddatga
muzlatilsa va Buyurtmachi ta'limni davom ettirish uchun qayta murojaat qilgan paytda
dastur narxi o'zgarishga uchragan bo'lsa
, Buyurtmachi o’zgargan narxdagi farqni to’laydi.
5.5. Buyurtmachi har o’quv oyi boshida 1-darsga qatnashish orqali mazkur o’quv oyi uchun
ta’lim xizmatlarini xarid qilgan hisoblanadi.


1-ILOVA
Tarif
Dars/soati
Oyma-oy to'lov
uslubida bir o’quv oyi
yoki
12 ta
dars uchun
to'lov narxi (UZS)
Bittada to'lov uslubida 8
oy kurs uchun
chegirmadan so'ng jami
to’lov narxi
(UZS)
Guruh
1 soat 50
daqiqa
1 200 000 UZS UZS
9 600 000 UZS UZS
6. SHARTNOMANI O'ZGARTIRISH VA BEKOR QILISH UCHUN ASOSLAR
6.1. Ushbu shartnoma shartlari tomonlarning kelishuvi bilan o'zgartirilishi mumkin;
6.2. Ushbu shartnoma buyurtmachining iltimosiga binoan muddatidan oldin bekor qilinishi
mumkin. Bu haqida buyurtmachi shartnoma bekor qilinishi kutilayotgan sanadan avval 7
ish kunidan kechiktirmasdan yoki yangi o’quv oyi boshlanishidan avval yozma ravishda
xabar berishi lozim;
6.3. Ushbu shartnoma ijrochining tashabbusi bilan quyidagi hollarda bir tomonlama bekor
qilinishi mumkin;
6.3.1. Buyurtmachi tomonidan to'lovni o'quv oyining 2-darsigacha kechiktirilishi;
6.3.2. Buyurtmachining shartnoma 3.2.3, 3.2.4, 3.2.9 bandlaridagi harakatlari (yoki
harakatsizligi) natijasida ijrochining ta'lim xizmatlarini ko'rsatish bo'yicha majburiyatlarini
to'g'ri bajara olmasligi;
6.3.3. Buyurtmachi tomonidan shartnoma 3.2.7. bandi qoidalarning takroran buzilishi;
6.4.
Buyurtmachi ta’lim olayotgan kursidagi oraliq imtihonlardan 3 marta ketma ket
yiqilsa, ushbu kursdan chetlatiladi va ijrochi ushbu kursda qayta o’qitish vakolatini olmaydi
(boshqa yo’nalishdagi kursda o’qish tavsiya qilinadi);
6.5.
Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnomani bekor qilish uchun buyurtmachi
avvalo filiallardan biriga tashrif buyurib, filial menejeriga murojaat qiladi va tegishli
so’rovnomani to’ldiradi.
6.6. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnomani bekor qilishga faqat yangi o’quv oyi
boshlanishidan avval yo’l qo’yiladi. Tugatilmagan o’quv oyi davomida shartnoma
buyurtmachi tashabbusi bilan bekor qilingan taqdirda ushbu shartnomaning 5.5 bandiga
asosan mazkur o’quv oyi uchun ta’lim xizmatlari buyurtmachi tomonidan xarid qilingan deb
hisoblanadi va tugatilmagan oydagi qatnashmagan darslar uchun to’lov qaytarilmaydi.
6.7. Yuqoridagi 6.6. bandda keltirilgan qoidadan birinchi o’quv oyi mustasno. Buyurtmachi
birinchi o’quv oyining 4-darsi boshlanishigacha bo’lgan muddatda shartnomani bekor qilish
va 100% to’lovni qaytarib olish huquqiga ega. 4-dars boshlanguncha shartnomani bekor
qilmagan buyurtmachi 100% to’lovni qaytarib olish huquqini yo’qotadi va mazkur


buyurtmachiga to’lov qaytarish birinchi o’quv oyida faqat qatnashgan darslari uchun to’lov
olib qolingan holda amalga oshiriladi.
6.8. Buyurtmachining tashabbusi bilan shartnoma bekor qilingandan so'ng, ijrochi
buyurtmachiga ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish bilan bog'liq bo'lgan
xizmatlarni va haqiqatda qilingan xarajatlarni olib tashlagan holda, shartnomasini bekor
qilgan kundan boshlab 30 (o’ttiz) bank kuni ichida plastik karta orqali to'lov miqdorini
qaytaradi.
6.9. Agar ta'lim xizmatlarini ko’rsatishda, kamchiliklar aniqlansa yoki ijrochi xizmat
ko'rsatish shartlarini (xizmatni ko'rsatish boshlanishi va (yoki) tugashi shartlari) buzgan
bo'lsa, buyurtmachi o’z tanloviga ko’ra: ko'rsatilgan xizmat bo’yicha kamchiliklarni bartaraf
etishni talab qilish yoki shartnomani bajarishni rad etish, agarda xizmat kamchiliklari 7
(yetti) kun ichida ijrochi tomonidan bartaraf etilmasa, o’tilmagan darslar uchun to'lov
miqdorini talab qilish;
6.10. Kursning umumiy to’lovi oldindan 50% yoki 100% to'langan holatda, shartnoma
4-o’quv oyining 1-darsi boshlanguncha bo’lgan muddatda bir yoki ikki tomonning
tashabbusiga ko’ra bekor qilinsa, ko’rsatilgan ta`lim xizmatlarining narxi oyma-oy to’lov
uslubiga ko’ra hisoblanadi va ortib qolgan summa buyurtmachiga qaytarib beriladi;
7. IJROCHI VA BUYURTMACHINING JAVOBGARLIGI
7.1. Shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini bajarmaganlik yoki lozim darajada
bajarmaganlik uchun tomonlar shartnoma va O'zbekiston Respublikasi qonunchiligi
bo'yicha javobgar bo'ladilar.
7.2. Kurs mobaynida oraliq nazorat yoki yakuniy imtihonlardan o‘ta olmagan, darslarni
yaxshi o‘zlashtira olmagan o‘quvchilar, tegishli o'quv oyi yoki oylarini qayta o‘qish istagida
bo'lsa, qayta o'qilayotgan muddat uchun to'lov oyma-oy to’lov uslubida qabul qilinadi.
1-marta qayta o'qiganda to'lovning 60%ni, 2-marta qayta o'qiganda 70%ni va 3-marta qayta
o'qiganda esa 80%ni to'lagan holda qayta o'qishga ruxsat etiladi;
8. SHARTNOMANING MUDDATI
8.1. Ushbu shartnoma tomonlar tomonidan tuzilgan kundan boshlab kuchga kiradi va 365
kun davomida yoki shartnoma tomonlarning o'zaro kelishuvi bilan muddatidan avval
tugatilguncha amal qiladi. Bu muddat ichida tomonlardan biri o'z majburiyatlarini to'liq
bajarib tugatmasa, qo’shimcha shartnoma tuziladi.
9. FORS-MAJOR VA BOSHQA HOLATLAR
9.1. Ushbu shartnoma tuzilgandan keyin tomonlar oldindan ko'ra bilmagan va oqilona
choralar bilan to'sqinlik qila olmagan holda, yuzaga kelgan favqulodda hodisalar natijasida
shartnoma bo'yicha o'z majburiyatlarini qisman yoki to'liq bajarmaganligi uchun
javobgarlikdan ozod qilinadi. Favqulodda xarakterga ega bo'lgan bunday hodisalarga
quyidagilar kiradi: embargo, epidemiya, zilzila, yong'in, toshqin va boshqa tabiiy hodisalar,
davlat organlari tomonidan yangi qonun hujjatlari, qonun osti ko'rsatmalar, qoidalar, xatlar
qabul qilinishi, shuningdek, hokimiyat organlarining aralashuvi yoki taqiqlovchi harakatlari.
Bunday holda, shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish muddati holatlar va ularning
oqibatlari davomiyligiga mutanosib ravishda keyinga qoldiriladi.


9.2. Ushbu shartnoma bo'yicha majburiyatlarni bajarish imkonsizligi yuzaga kelgan tomon
yuqoridagi holatlarning paydo bo'lishi, kutilayotgan davomiyligi va bekor qilinishi to'g'risida
boshqa tomonga 5 kun ichida xabar beradi;
9.3. Agar ko'rsatilgan holatlar va ularning oqibatlari ketma-ket 1 (bir) oydan ko'proq vaqt
davom etadigan bo’lsa, tomonlar xizmat ko'rsatishning
ONLINE
rejimiga o’tadilar yoki
ushbu shartnomani bajarish yoki uni bekor qilishning muqobil usullarini aniqlash uchun
qo'shimcha muzokaralar o'tkazadilar. Agar majburiyatlarni to'liq yoki qisman bajarish
imkonsizligi 2 oydan ko'proq vaqt davomida mavjud bo'lsa, ijrochi buyurtmachining
mumkin bo'lgan zararlarini (shu jumladan xarajatlarini) qoplash majburiyatini olmasdan
shartnomani to'liq yoki qisman bekor qilishga haqlidir;
9.4. Tomonlar buyurtmachining to'lovga qodir emasligi fors-major holati emasligini tan
olishadi.
10. YAKUNIY QOIDALAR
10.1. Xizmatlar tugagandan so'ng, ko'rsatilgan xizmatlar to'g'risida dalolatnoma tuzilmaydi
yoki imzolanmaydi hamda qabul qilish aktlari ham imzolanmasdan amalga oshiriladi. Oxirgi
pulli ta’lim xizmati tugaganidan keyin 7 ish kun ichida buyurtmachi tomonidan ta’lim
xizmati sifati to'g'risida yozma ravishda e'tiroz kelib tushmagan bo'lsa, ijrochi tomonidan
xizmatlar to'g'ri va to'liq taqdim etilgan deb hisoblanadi;
10.2. Ushbu shartnomada qayd etilmagan boshqa barcha holatlarda tomonlar O'zbekiston
Respublikasining amaldagi qonunchiligi qoidalari va normalarini qo'llaydilar;
10.3. Tomonlar yuzaga keladigan kelishmovchiliklarni faqat muzokaralar yo'li bilan bartaraf
etish uchun barcha sa'y-harakatlarini amalga oshiradilar. Agar kelishmovchiliklarni
muzokaralar yo'li bilan hal qilishning iloji bo'lmasa, tomonlar nizo haqida ijrochining
joylashgan joyidagi sudga murojaat qiladilar;
10.4. Ushbu shartnoma, tomonlarning har biri uchun 1 (bir) nusxada tuzilgan. Barcha
nusxalar bir xil kuchga ega.


11. TARAFLARNING MANZILLARI VA REKVIZITLARI
IJROCHI: «Najot Ta’lim» MCHJ
Buyurtmachi (F.I.SH.)
Manzil: Toshkent shahar, Olmazor
tumani, Kichik halqa yo’li, 72A uy.
Maxammadsoliyev Umidbek Sherzod O'g'li
(Pasport seriyasi, qachon va kim
tomonidan berilgan)
H/R: 20208000300908346001
“O‘zsanoatqurilishbank” ATB Toshkent
Shahar filiali
AC0424536
MFO: 00440
INN: 305672632
OKED: 85590
Tel: +998 78 888 98 88
Andijon viloyati
MANZIL:
Shaxrixon tumani Yangi maxalla
MFY
Ma’sul shaxs:
Izztullayeva Nodira
M.O’.
TEL./E-mail:
+998914847970
Mas’ul shaxs (F.I.SH.)
Meliboyeva Maxfuzaxon
TEL./E-mail:
998900223538
Shartnoma bilan tanishib chiqdim, bir nusxasini o’zimga oldim.
Shartnoma shartlarini
to'liqligicha qabul qildim ________________
Maxammadsoliyev Umidbek
Sherzod O'g'li
(imzo)
(F.I.SH)

Download 285.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling