Maxkamova Gulmira Mavzu: O'zbekistonda ko'ppartiyaviylikning shakllanishi va uning ahamiyati
partiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i
Download 1.02 Mb.
|
Maxkamova Gulmira1
Ko’ppartiyaviylik tizimini yanada mustahkamlash va partiyalararo raqobatni rivojlantirish uchun partiya o’z elektoratiga ega bo’lmog’i, “davlat va jamiyat qurilishining asosiy masalalari, mamlakatda yuritilayotgan ichki va tashqi siyosat bo’yicha aniq-ravshan pozisiyasi bilan, saylovda mazkur partiya uchun ovoz beradigan odamlar manfaatlarini qat’iy himoya qilishga qodirligi bilan saylovchilar o’rtasida obro” qozonmog’i eng muhim shartlardan hisoblanadi.
Har bir partiya uchun tegishli ijtimoiy birlashmalarning manfaatlarini himoya qilish vakolati juda muhimdir. Ushbu funksiyaning mazmunini mazkur manfaatlarni ifodalashning siyosiy vositalarini ta’minlash, ularni maqsadlar va ideallar shaklida bayon qilish hamda siyosatning boshqa subyektlari bilan o’zaro ta’sir jarayonida himoya qilish tashkil etadi. Manfaatlarni ifoda etish vakolati funksiyasi turli qatlamlar va guruhlarning o’ziga xos manfaatlarini muvofiqlashtirish asosida ijtimoiy birliklarning umumiy manfaatlarini jamlash yo’li bilan hamda davlat organlarini egallash va ular ustidan nazorat o’rnatish yoki siyosiy qarorlar qabul qilish va amalda hukmronlik qilish jarayonida ushbu organlarga tazyiq o’tkazishning turli shakllari vositasida amalga oshiriladi.
Download 1.02 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling