2. Devoni lug’atit turkning manbalari tarkibi va tartibi.
Mahmud Qoshg’ariy men bu kitobni maxsus alifbo tartibida xikmatli so’zlar, sajlar, maqollar, qo’shiqlar, rajaz va nasl deb atalgan parchalar bilan bezalgan. Qattiq joylarini yumshattim, qiyin va qorong’u joylarini yoritdim so’zlarini o’z joyiga qo’yish kerakli so’zlarni osonlik bilan o’z joyini topish uchun bu ish bir necha yillar mashaqqat tortdim. Kitobni 8 asosiy bo’limda chekladim.
1. Hamzalik (alif, vov, yoy, bilan boshlanadigan so’zlar bo’limi).
2. Solim (alif, vov, yoy bo’lmagan so’zlar bo’limi).
3. Muzoaf bir harfi ikki marta takrorlangan so’zlar bo’lmagan.
4. Misol boshida yoy bo’lgan so’zlar bo’limi.
5. Uch xarfli so’zlar bo’limi.
6. To’rt xarfli so’zlar bo’limi.
7. G’unnaliylar bo’imi.
8. Ikki undosh qator kelgan so’zlar.
Har bir bo’limni otlar, ismlar va fe’llar tarzida ajratib berilgan. Otlarni oldin fe’llarni esa otdan keyin o’z sirasiga qarab boblarga ajratib o’z o’rniga oldinma keyin ko’rsatdi. Tushunilishi oson bo’lishi uchun assarda arabcha istilohlarni qo’lladim. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkning leksikasi so’z turkumlarini ajratishni xisobga olgan holda struktur alfabit prinsip asosida tuzilgan. Mahmud Qoshg’ariy Devoni lug’atit turkda fonetik morfologik sintaktik kuzatishlar bexisob bo’lib ular hamisha qiyosiy planda berilgan.
III. Xulosa
Xulosa qilib aytganda Mahmud Qoshg’ariyning Devoni lug’ati turk asari turk tili rivojlanishiga muhim hissa qo’shgan manba hisoblanadi. Devoni lug’atit turk asarida turk gramatikasi uning fonetik xususiyatlari leksikasi haqida fikr yuritilagan. Bu asarda faqatgina turk tiliga oid ma’lumotlar emas balki boshqa fanlar tarix va aniq fanlar to’g’risida tushunchalar o’z aksini topgan. Devoni lug’atit turk asarining tarbiyaviy ahamiyati ham katta. Bu asarda tilgan olingan qabilalar tili urf odatlari madaniy qadriyatlari haqida ham umumiy tushuncha bergan. Shuning uchun ham bu asar xozirgacha o’z qadr qimmatini yo’qotmay yosh avlod qalbida joy olib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |