Maxmudova yoqutxon toxirjon qizining
Bitiruv malakaviy ishining predmeti va ob‘yekti
Download 3.6 Mb.
|
BMI reja chiqariladi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Bitiruv malakaviy ish mavzusining ilmiy ahamiyati
- Bitiruv malakaviy ishi
- Bitiruv malakaviy ishini o’rganish darajasining qiyosiy taxlili Bitiruv malakaviy ishi tadqiqotning ilmiy yangiligi
Bitiruv malakaviy ishining predmeti va ob‘yekti: O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlaridan biri, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinflarida informatika fanining o’qitilishi DTS asosida va o’quvchilarning bilim, malaka, ko’nikmalarini shakllantishda masofaviy ta’lim,elektron darsliklar, roliklar, innovatsion pedagogik texnologiya, metodlarning hamda moodle tizimining o’rni.
Bitiruv malakaviy ish mavzusining ilmiy ahamiyati: O’zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim tizimining bosqichlaridan biri, umumiy o’rta ta’lim maktablarining 9-sinflarida informatika fanini moodle tizimi orqali o’qitishda o’quvchilarni erkin fikrlash,mulohaza qilish amaliy ko’nikmalarga ega bo’lishlarida yordam beradi. Bitiruv malakaviy ishi kirish, 2 ta bob, 6 ta paragraf, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar va ilovalardan iborat bo’lib, internet ma’lumotlardan foydalanilgan. Bitiruv malakaviy ishining vazifasi Mazkur BMI ning vazifasi ta’lim tizimida mamlakatimizda, umuman pedagoglarni, xususan, xalq ta’limi muassasalari pedagog xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning samarali tizimini yaratish ishlari bo’yicha yangi metodlarni qo’llash va ularni ommaga tatbiq etish. Maktab yoshidagi o’quvchilar o’rtasida ta’lim samaradorligini yanada oshirishdan iborat hisoblanadi. Bitiruv malakaviy ishini o’rganish darajasining qiyosiy taxlili Bitiruv malakaviy ishi tadqiqotning ilmiy yangiligi Bitiruv malakaviy ishining predmeti va obyekti Bitiruv malakaviy ishining ilmiy axamiyati Mazkur diplom ishida maktab darsliklarini masofaviylashtirish yani buning uchun moddle tizimida qo’llash to’g’risida fikr yuritamiz darslikdagi mavzularni moddle tizimida qo’llash haqida gapirib o’tamiz. Hozirgi kunda umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarini masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tashkil qilish bo‘yicha bir qator izlanishlar, tadbirlar, loyihalar amalga oshirilmoqda. Jumladan Osiyo Taraqqiyot Bankining moliyaviy ko‘magi bilan amalga oshirilgan O‘ZB-1961 raqamli “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” loyihasini ko‘rsatish mumkin. Mazkur loyiha, jumladan, O‘zbekistonda o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimini barpo etishga ko‘maklashdi. Bunday tizim faoliyatidan ko‘zlangan maqsad, umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilarining mavjud qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimiga masofadan o‘qitishni joriy qilish va o‘qitishning yangi zamonaviy usul va uslublarini qo‘llash orqali qayta tayyorlash va malaka oshirishning imkon va vositalarini kengaytirish, uning sifat va samaradorligini oshirish, shuningdek pedagogik kadrlar tayyorlash sifatini oshirishda universitetlar va pedagogika institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yishdan iborat. Hozirgi kunda viloyatimizda 37 ming atrofida o‘qituvchilar faoliyat ko‘rsatishadi. Ularni har 3 yilda bir marta malaka oshirishdan o‘tishlari belgilangan. Ma’lumki, maktab o‘qituvchilarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish bilan viloyatimizda Farg‘ona viloyati pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari shug‘ullanishadi. Institutning ba’zi ob’ektiv (institutning quvvati etishmasligi) va sub’ektiv (oilaviy sharoit, nogironlik, chekka hududlardan kelishning qiyinligi) sabablarga ko‘ra o‘qituvchilar kontingentining 30-35% atrofdagisi malaka oshirish bilan qamrab olishning imkoni bo‘lmagan. Bu holat va 1-bob Masofaviy o’qitishning nazariy asoslari va amaliy ahamiyati. Moodle tizimida ishlash texnologiyasi. Masofaviy ta’lim haqida umumiy ma’lumot O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Osiyo taraqqiyot banki” ishtirokidagi “Ta’lim sektorini rivojlantirish dasturi” O‘ZB 1961 loyihasining “B” komponenti doirasida mamlakatimizda o‘qituvchilarni masofadan malakasini oshirish tizimi barpo etildi va uni boshqaruv ishlari yo‘lga qo‘yildi. Ushbu faoliyatni tashkil etish quyidagi ikki asosiy maqsadni amalga oshirishga qaratilgan edi: - masofaviy ta’limda o‘qitishning yangi zamonaviy usullarini hamda axborot kommunikatsiya texnologiyalarini samarali qo‘llash orqali malaka oshirish va qayta tayyorlashning imkoniyatlari va vositalarini kengaytirish, shuningdek uning sifat va samaradorligini oshirish; - xalq ta’limi xodimlarini masofadan qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish tizimi faoliyatini tashkil etish va ta’minlash. Respublikamizda yuqorida qayd qilingan loyiha yordamida A.Avloniy nomidagi Xalq ta’limi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirish markaziy instituti (XTXQTMOMI) tarkibida Masofadan o‘qitishni rivojlantirsh markazi (MO‘RM), hududlardagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari (PKQTMOI) tarkibida Masofadan o‘qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazlari (MO‘HMM) va har bir hududda 5 tadan, respublika bo‘yicha jami 70 ta tanlab olingan maktablar qoshida Masofadan o‘qitishning ta’lim-resurs markazlari (MO‘TRM) kabi bo‘g’inlardan iborat o‘qituvchilarni masofadan qayta tayyorlash va malakasini oshirish tizimi barpo etildi. Bu jarayon o‘qituvchilar va trenerlarni internetga asoslangan qulay o‘quv muhiti bilan ta’minlaydi hamda kurslarni “MOODLE” nomli o‘qitishni boshqaruv tizimi (O‘BT)ning samarali vositalari orqali o‘tkazishga yordam beradi. “MOODLE” nomli internetga asoslangan o‘qitish muhiti: muayyan tartibga keltirilgan o‘quv mashqlari va o‘quv mazmuni bilan ta’minlaydi. O‘qitishni boshqaruv tizimi (O‘BT) esa: Kursning dizayni va o‘tkazilishini qo‘llab-quvvatlash (tyutorlik, monitoring) faoliyatini samarali tashkil etilishini ta’minlaydi. O‘rnatilgan “MOODLE” tizimi Avloniy nomidagi XTXQTMOMI va hududiy XTXQTMOI mahalliy tarmoqlarida yaxshi ishlayapti; Kurs XTV qoshidagi Ta’limda AKT mazmunini rivojlantirish markazi (TAKTRM) serverida www.mtk.uz manzilida o‘rnatilgan va bir vaqtning o‘zida 50 nafar foydalanuvchiga xizmat ko‘rsata oladi. O‘zbek tili paketi yaratildi, sinovdan o‘tdi va www.moodle.org ga integratsiya qilindi. “MOODLE” nomli o‘qitishni boshqaruv tizimida ishlash bo‘yicha foydalanuvchi qo‘llanmasi yaratildi. Pedagog xodimlarni o‘qitish uchun masofadan o‘qitish tajriba-sinov kursi o‘quv materiallari yaratildi va kurs modullari fanlar bo‘yicha kurs Ekspertlari tomonidan tahrirlanib, tizimga joylashtirildi. Masofadan o‘qitish tizimi imkoniyatlarining barqarorligi quyidagi uchta tashkiliy vazifalarini amalga oshirish bilan bog’liqdir: Masofadan o‘qitish kursi reja va o‘quv materiallarini ishlab chiqish: 11 ta fan (informatika, fizika, matematika, kimyo, biologiya, iqtisodiy bilim asoslari, geografiya, xorijiy tillar (ingliz, nemis, fransuz) va boshlang’ich ta’lim) bo’yicha umumta’lim maktablari o’qituvchilari uchun masofadan malaka oshirish kursining barcha o‘quv, o‘quv-uslubiy, didaktik materiallari Masofadan o‘qitishni rivojlantirish markazi (MO‘RM) mutaxassislari va xodimlari ishtiroki va rahbarligida tayyorlandi va markazning rasmiy www.mtk.uz saytiga joylashtirildi. 2. Kursni o‘tkazish va sertifikatlash: Bu vazifa viloyatlardagi o‘qituvchilarlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlari tarkibidagi (jami 14 nafar) masofadan o‘qitishni hududiy muvofiqlashtirish markazlari (MO‘HMM)da amalga oshiriladi. Bunday markazlarning har biri bevosita o‘ziga tegishli hudud o‘qituvchilarini masofadan malakasini oshirish bilan shug’ullanadi. Masofadan malaka oshirishdan o‘tadigan o‘qituvchilar kerakli o‘quv, o‘quv-uslubiy materiallarni Internet tarmog’idan yoki bevosita ushbu markazlardan (bunday materiallar audio, video vositalarda, shuningdek kompyuter disklarida yozilgan bo‘lishi ham nazarda tutiladi) olib sharoitlariga qarab uyda, o‘zi ishlaydigan maktabda, yashaydigan joyiga yaqin klaster maktabda yoki bevosita ushbu markazlarda, ularning sharoit va imkoniyatlaridan foydalangan holda o‘z malakalarini oshiradilar. Xalq ta’limi vazirligi o‘zining 2009 yil 7 maydagi 120- sonli “Fanlarni o‘qitishda yangi zamonaviy usullarni qo‘llash bo‘yicha o‘qituvchilarni masofadan o‘qitish orqali malakasini oshirish kursi sinov moduli materiallarini yaratish hamda sinov moduli namoyish kursini tashkil etish va o‘tkazish to‘g’risida”gi buyrug’i bilan 11 ta fan yo‘nalishda “Fanlarni o‘qitishda yangi zamonaviy usullarni qo‘llash” masofadan malaka oshirish kurslarining 149 soatga mo‘ljallangan o‘quv rejasi” ni tasdiqlagan. Ushbu o‘quv reja asosida o‘quv materiallari yaratildi. Xalq talimi vazirligining 2009 yil 3 avgustdagi 202-sonli “Xalq talimi vazirligi tasarrufidagi pedagog kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish institutlarida masofaviy o‘qitish orqali malaka oshirishni tashkil etish haqida”gi buyrug’iga ko‘ra 2010 yilda tajriba tariqasida Farg’ona, Buxoro, Samarqanda viloyatlari va Toshkent shahar PKQTMOIlarda o‘qituvchilarni masofadan o‘qitish orqali malakasini oshirish kurslari tashkil etildi. 2011 yildan barcha hududiy PKQTMOI tarkibidagi Masofadan o’qitishning hududiy muvofiqlashtirish markazlari qoshida kurslar tashkil etilgan. Hozirgi kunga qadar Respublikamiz maktablarida faoliyat olib borayotgan o’qituvchilarning 3000 dan ortig’i masofadan o‘qish orqali malaka oshirdilar. Masofaviy ta’lim tizimi Virtual ta’lim tizimi Virtual ta’lim tizimi ochiq kodli MOODLE platformasida ishlab chiqilgan bo‘lib, masofaviy ta’limni tashkil etish va boshqarishga mo‘ljallangan. Virtual ta’lim portali 493ta tuzilmadan iborat. Har bir tuzilma bitta fan bo‘yicha o‘quv meyoriy hujjatlar bilan bir qatorda, ma’ruza matnlari, amaliy mashg‘ulotlarga uslubiy ko‘rsatmalar, atamalar, adabiyotlar ro‘yxati, test savollari, tarqatma materiallar, baholash mezonlari, ta’lim jarayonini tashkil etish va uni boshqarishga qo‘yilgan talablar va shu kabi axborotlar joylashgan. Hozirgi kunda universitetda o‘qitiladigan fanlarning 40tasidan tuzilmalar yaratilib, ulardan o‘quv jarayonidan foydalanib kelinmoqda. Virtual university masofaviy ta’lim tizimi Ushbu tizim talabalarni masofadan turib o‘qitish mo'ljallangan. Talabalar ushbu tizim orqali ixtiyoriy vaqtda ixtiyoriy joyda turib mavjud elektron resurslardan foydalanishi, o‘qishi, o‘qituvchidan vazifa va takliflar olishi mumkin. O‘qituvchi, doimiy ravshda resurslarni yangilab turishi va o‘quvchilarining tashrifi va bajarilayotgan vazifalarini nazorat qilib turishi mumkin. Vazifalar o‘qituvchi tuzigan testlar yordamida yoki laboratoriya ishlari turi bilan berilib boriladi. Plaformada ishlash sodda bo‘lib jaxon standarlariga javob beradi. Estudy masofaviy ta'lim tizimi Estudy masofaviy ta’lim tizimi akademik litsey va kollej o‘quvchilari, oliy ta’lim muassasi talabalariga masofadan turib of-layn rejimida ta’lim berish uchun yaratilgan tizimdir. Hozirda tizim orqali TATU talabalari va TATU qoshidagi akademik litseylar o'quvchilari uchun fizika va matematika fanlari interaktiv kurinishda olib borilmoqda. Masofaviy ta'lim tizimi – o`qitishning zamonaviy usuli Mamlakatimiz ta'lim tizimida sezilarli o‘zgarishlar ro‘y berayotganligi kun sayin yaqqol ko‘rinib bormoqda. Turli ta'lim shakllari qatori ayniqsa, masofadan o‘qitish (MO‘) keng qo‘llanilayotgatligi ham quvonchli hol. Ko`pchilik Intеrnеtdan faqatgina yangiliklar bilan tanishish, informatsiya qidirish, elеktron pochtadan foydalanish yoki gap sotish uchun foydalanishi sir emas. Intеrnеtning imkoniyatlari kundan - kunga oshib bormoqda. Intеrnеtdan foydalanishning yangi bosqichi boshlandi, ya'ni Intеrnеt turli sohalarga tadbiq qilindi. Intеrnеt tеxnologiyalar: masofadan o`qitish, elеktron kutubxonalar, tеlеmеditsina, tеlеmеtrologiya, elеktron tadbirkorlik, elеktron magazinlar va boshqalar. Quyida bu tеxnologiyalarning qisqacha, lеkin asosiy tavsiflarini kеltiramiz. Masofadan o`qitish tizimlari bugungi kunda taraqqiyot juda tеz rivojlanmoqda va juda tеz o`zgarmoqda. Dеyarli har daqiqada sayyoramizning turli burchaklarida o`zgarishlar, yangilanishlar va kutilmagan voqеa hodisalar sodir bo`moqda. Har bir kunimiz kuchli informatsiya oqimi ostida kеchmoqda. Informatsiya oqimi bizni uyda, ishxona va ta'tilda ta'qib etadi. Inson informatsiya ta'siridan xoli normal faoliyat yurita olmaydi. Hayotni anglash, uni o`rganish informatsiyalarni yig`ish va o`zlashtirish orqali kеchadi. Insonning bilimlilik darajasi ham ma'lum davr ichida shaxs tomonidan o`zlashtirilgan informatsiyalarning ko`p yoki ozligi bilan bеlgilanadi. Shuning uchun zamonaviy bilimlar sari kеng yo`l ochish ta'limotni takomillashtirishda yangi informatsiya tеxnologiyalardan unumli foydalanish bugungi kunning talabiga aylandi. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi hamda O`zbеkiston Rеspublikasining «Ta'lim to`g`risida» gi qonuni ham zimmamizga shu ma'suliyatni yuklaydi. Vaholanki ta'lim tizimida sеzilarli o`zgarishlar ro`y bеrmoqda. Ta'lim tizimida masofadan o`qitish uslubi shakllari qo`llanilmoqda. Masofadan o`qitish uslubi bu sirtqi o`qishning yangi shaklidir. Masofadan o`qitish bu mustaqil o`qishdir. Mustaqil o`qish insonning mustaqil fikrlash, holatni baholash, xulosa va bashorat qilish qobiliyatlarini rivojlantiradi. Masofadan o`qitishning yana bir afzalligi shundaki, unda o`quvchi o`ziga qulay vaqtda va hattoki ishdan ajralmagan holda o`qishi mumkin. Aynan shu afzalliklari tufayli bu uslub dunyoda hozirgi kunda kеng tarqalgan.Ko’pgina yirik korxonalar mutaxassislari malakasini oshirish yoki o`zgartirish uchun shu uslubdan foydalanib, yiliga millionlab dollarlarni tеjamoqdalar. Masofadan o`qitishning yana bir afzallik tomoni unda o`qish muddatini o`quvchi o`zi bеlgilaydi, ya'ni talaba ixtiyoriy paytda o`qishni boshlaydi, matеriallarni o`qituvchi nazoratida o`zlashtiradi. O`zlashtirish topshiriqlarni, tеstlarni bajarishiga qarab aniqlanadi. O`quvchi bеrilgan programmani qanchalik tеz o`zlashtirsa, shunchalik tеz o`qishni tugatadi va guvohnoma oladi. Programmani o`zlashtira olmasa, unga mustaqil ishlab, o`qishni davom ettirishga imkoniyat bеriladi. Ushbu uslubning ko‘plab afzallik tomonlari borligi ko‘pchilikka ayon. Barcha oliy o‘quv yurtlarida masofadan o‘qitish texnika va texnologiyasini amalga oshirish borasida qator ishlar olib borilmoqda. Axborot texnologiyalarni rivojlanishi masofadan o‘qitishni tashkil etishga yangicha yondashuvni taqozo etadi. Masofadan o‘qitishni tashkil etishni hozirgi zamon modellarining asosida kommunikatsiya va tarmoq texnologiyalari yotadi. MO‘ asosida ta'lim berish uchun o‘qish istagida bo‘lgan aholining muayyan qismini ta'lim muassasasi joylashgan yerga yig‘ish shart emas. Ikkinchidan, tinglovchi yoki o‘quvchi tomonidan ortiqcha sarf - xarajat qilish zarurati bo‘lmaydi. Uchinchidan, bu ta'lim turiga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilish mumkin. MO‘ ga jalb qilinuvchi kontingentni quyidagi ijtimoiy guruhlarga mansub bo‘lgan shaxslar tashkil qilishi mumkin: ikkinchi oliy yoki qo‘shimcha ma'lumot olish, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o‘tash istagida bo‘lganlar; mintaqaviy hokimiyat va boshqaruv rahbarlari ; an'anaviy ta'lim tizimining imkoniyatlari cheklanganligi sababli ma'lumot ola olmagan yoshlar; o‘z ma'lumot maqomini zamonaviy talablar darajasiga ko‘tarish istagida bo‘lgan firma va korxonalar xodimlari; ikkinchi parallel ma'lumot olishni xohlagan tinglovchilar; markazdan uzoqda, kam o‘zlashtirilgan mintaqalar aholisi; erkin ko‘chib yurishi cheklangan shaxslar; jismoniy nuqsonlari bo‘lgan shaxslar; harbiy xizmatda bo‘lgan shaxslar va boshqalar. O‘zbekiston sharoitida MO‘ni tashkil qilish katta samara beradi. Hozirgi davrda ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Masofaviy ta'lim modellari. Masofaviy ta'lim (MT) - bu o`qituvchi va o`quvchi bir biri bilan masofa yoki vaqt orqali ajratilgan sababli, informatsion texnologiyalardan fodalanilgan ta'lim turi. Bu ta'lim turini bir necha modellari mavjud, ular masofaviy ta'lim tashkil qilinishiga sabab bo`lgan vaziyatlari bilan farqlanadi: geografik sabablar (mamlakat maydoni, markazlardan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi), mamlakatni kompyuterlashtirish va informatsiyalashtirish darajasi, transport va kommunikatsiyalar rivojlanish darajasi, masofaviy ta'lim uchun mutaxassislar mavjudligi, ta'lim sohasida informatsion va kommunikatsion texnologiyalardan foydalanish darajasi, mamlakatning ta'lim sohasidagi odatlari. Birlamchi model. Ushbu model faqat masofaviy o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ularning har bittasi virtual o`qituvchiga biriktirilgan bo`lishadi. Konsultatsiyalar va yakuniy nazoratlarni topshirish uchun esa regional bo`limlar bo`lishi shart. Shunday o`quv kurslarda o`qituvchi va o`quvchilarga o`quv shaklini va formasini tanlashda katta imkoniyatlar va ozodliklar beriladi. Bu modelga misol qilib Buyuk Britaniyaning Ochiq Universitetidagi(http://www.ou.uk) ta'limni olish mumkin. Ikkilamchi model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim o`quvchilar bilan ishlash uchun yaratiladi. Ikkala guruhda bir xil o`quv dasturi va darslar jadvali, imtixonlar va ularni baxolash mezonlari mavjud. Shunday o`quv muassasalarda kunduzgi kurslarning soni masofaviylarga qaraganda ko`p. Ushbu masofaviy kurslar pedagogika va uslubiyotdagi yangi yo`nalishlarni izlanishlarida qo’llaniladi. Bu modelga misol qilib Yangi Angliya va Avstraliya Universitetidagi(http://www.une.edu.au) ta'limni olish mumkin. Aralashgan model. Ushbu model masofaviy va kunduzgi ta'lim turlarini integratsiyalashtirish uchun yaratiladi. O`quvchilar o`quv kursning bir qismini kunduzgi, boshqa qismini esa masofadan o`qiydi. Shu bilan birga bu ta'lim turiga virtual seminar, prezentatsiyalar va lektsiyalar o`tkazish ham kiradi. Bu modelga misol qilib Yangi Zelandiyadagi Massey Universitetidagi (http://www.massey.ac.nz) ta'limni olish mumkin. Konsortsium. Ushbu model ikkita universitetlarni bir biri bilan birlashini talab qiladi. Ushbu muassasalardan biri o`quv kurslarni tashkil qilib ishini ta'minlasa, ikinchisi esa ularni tasdiqlab, kurslarga o`quvchilarni ta'minlaydi. Shu bilan birga bu jarayonda butun universitet emas, balki bitta kafedra yoki markazi yoki universitet o`rnida ta'lim sohasida ishlaydigan korxonalar ham qatnashishi mumkin. Ushbu modelda o`quv kurslarni doimiy ravishda nazorat qilish va muallif xuquqlarini tekshirish zarur bo`ladi. Bu modelga misol qilib Kanadadagi Ochiq O`quv Agentligidagi(http://www.ola.bc.ca) ta'limni olish mumkin. Franchayzing. Ushbu model ikkita universitetlar bir biri bilan o’zlari yaratgan o`quv kurslar bilan almashishadi. Masofaviy ta'lim sohasida etakchi bo`lgan o`quv muassasa bu sohada ilk qadam qo’yadigan muassasaga o’zining o`quv kurslarni takdim qiladi. Ushbu modelda ikkala muassasa o`quvchilari bir xil ta'lim va diplomlar olishadi. Bu modelga misol qilib Ochiq Universitet Biznes maktabi va Sharqiy Evropa Universitetlari bilan bo`lgan hamkorligi bo`lishi mumkin. Validatsiya. Ushbu model universitet va uning filiallari bilan bo`lgan munosabatlariga o`xshash. Bu modelda bitta universitet o`quv kurs, diplomlarlarni kafolatlasa, qolgan bir nechta universitetlar o`quvchilarni ta'minlaydi. Uzoqlashgan auditoriyalar. Ushbu modelda informatsion va kommunikatsion imkoniyatlar keng foydalaniladi. Bitta o`quv muassasada bo`lib o’tgan o`quv kurslar videokonferentsiyalar, radiotranslyatsiyalar va telekomunakatsion kanallar orqali sinxron teleko`rsatuvlar ko’rinishida boshqa auditoriyalarga uzatiladi. Aralashgan model bilan farqi shundaki, bu modelda o`quvchilar kunduzgi ta'limda qatnashmaydi. Bu modelga misol qilib AQSHning Viskonsing Universitetidagi va Xitoyning markaziy radio va televidenie Universitetidagi ta'limni olish mumkin. Proektlar. Ushbu model davlat yoki ilmiy izlanish maqsadidagi dasturlarni bajarish uchun yaratiladi. Asosiy ish masofaviy ta'lim mutaxassislari va pedagoglar to’plangan ilmiy-metodik markazga tushadi. Ushbu modelda yaratilgan kurslar aholining katta qismiga namoyish qilinib o’z vazifasini bajargandan keyin to’xtatiladi. Bu modelga misol qilib Afrika, Osiyo va Lotin Amerikadagi rivojlanmagan mamlakatlarida o`tkazilgan qishloq xo’jaligi, soliqlar va ekologiya haqidagi o`tkazilgan har xil kurslar bo`lishi mumkin. Masofaviy ta'limning yutuqlari va kamchiliklari. Masofaviy ta'limning metodik, iqtisodiy, sotsial yutuqlar va afzalliklari, hamda kamchilik va salbiy tomonlari mavjud. Metodik yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Dars jadvalni qulayligi. O`quvchi o`ziga ma'qul bo`lgan vaqtda o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay foydalanish manzillari. O`quvchi internet kafe, uy, mexmonxona, ish joyida va boshqa joylardan o`quv jarayoniga qatnashishi mumkin. Qulay o`qish tempi. Ta'lim, o`quvchilar yangi bilimlarni tushunish tempida o`tkaziladi. Qulay o`quv reja. O`quv rejani talabalarga individual va davlat ta'lim talablariga mos holatda tashkil qilish mumkin. Ma'lumotlar bazasini to`planishi. Oldingi o`qigan talabalar bilimlarini to`plash va undan foydalanish imkoniyati. Kurgazmali qulayliklari. Multimediya imkoniyatlaridan to`lik foydalanish imkoniyati. Malakali o`qituvchilarni tanlab ta'lim jarayoniga jalb qilish. Iqtisodiy yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Cheksiz masofaga ta'lim berish. O`qituvchi va o`quvchilar o`rtasidagi masofa hech qanday ahamiyatga ega emas. Ish jarayoniga xalaqit bermasligi. O`quvchi ishdan ajralmas holatda ta'lim oladi. O`quvchilar sonini oshirilishi. Masofaviy ta'lim texnologiyalarni to`lik qullagan o`quv muassasa talabalar soni 2-3 barobar oshishi mumkin. Narxi. Masofaviy ta'lim kurslari 2 va 3 barobar oddiy kurslarga qaraganda arzon. Sotsial yutuqlar va afzalliklarga quyidagilarni kiritish mumkin: Ijtimoiy guruhlarga ajratish yo`qligi. Masofaviy ta'lim kursida ikkinchi oliy yoki qo`shimcha ma'lumot oluvchilar, malaka oshirish va qayta tayyorgarlik o`tash istagida bo`lganlar; ikkinchi paralel ma'lumot olishni xohlagan talabalar; markazdan uzoqda, kam o`zlashtirilgan mintaqalar aholisi; jismoniy nuqsonlari bo`lgan shaxslar; armiya xizmatida bo`lgan shaxslar; erkin ko`chib yurishi cheklangan shaxslar; va boshqalar qatnashishi mumkin. Yosh cheklanishlari yo`qligi. O`qishga jalb qilinuvchilarning yosh cheklanishlarini istisno qilinadi. Ammo masofaviy ta'limda salbiy tomonlari ham borligi haqida aytish lozim. Ularga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: Elektron holatdagi ta'lim va muloqot jarayonlarga ishonchsizlik. Ushbu sababdan talabalar asosan virtual holatdagi ta'lim turida emas, balki oddiy (kunduzgi va sirtqi) ta'lim turlarida o`qish istagida bo`lishadi. Davlat masofaviy ta'lim standartlari yo`qligi va natijada davlat nusxasidagi diplom berilmasligi. Shu sababdan ko`pgina masofaviy ta'lim kurslari bitiruvchilariga faqat ushbu kursni bitirganligi haqida sertifikat yoki guvoxnomalar berishadi. Virtual muhit va texnika ta'minot bilan bog`liqligi. Masofaviy ta'lim internet borligi, undan foydalanish narxi, tezligi va servislar mavjudligiga, maxsus kommunikatsion texnikalar mavjudligi va ular ishlashiga taalluqli. Masofaviy ta’limni tashkil etish texnologiyalari Masofaviy ta'limning texnologiyalari va unda qatnashuvchilari. Masofaviy ta'limning asosiy texnologiyalariga quyidagilarni kiritish mumkin: INTERAKTIV texnologiyalar: Internet masofaviy ta'lim portali. Video va audio konferentsiyalar. Elektron pochta orqali ta'lim. Internet orqali mustaqil ta'lim olish. Uzoqdan boshqarish sistemalar. Onlayn simulyator va o`quv dasturlar. Test topshirish sistemalari. INTERAKTIV bo`lmagan texnologiyalar: Video, audio va bosmaga chiqarilgan materiallar. Televizion va radio ko`rsatuvlar. Disklarda joylashgan dasturlar. Video va audio konferentsiyalar - bu Internet va boshqa telekomunikatsion aloqa kanallari yordamida ikkita, uzoqlashgan auditoriyalarni telekommunikatsion holatda bir biri bilan bog`lab ta'lim olish yo`li. Video va audio konferentsiyalar uchun katta hajmda maxsus texnika, yuqori tezlikga ega bo`lgan aloqa kanali va o`qitishni tashkil qilish uchun xizmat ko`rsatuvchi mutaxassislarni jalb etish kerak bo`ladi. Internet orqali mustaqil ta'lim olish - bu Internetda joylashgan ko`pgina saytlarda joylashgan katta hajmdagi ma'lumotlar ustidan mustaqil ravishda ishlash va yangi bilimlar olish yo`li. Elektron pochta orqali ta'lim esa eng ommaviy Internet xizmatlaridan foydalanib, o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida xatlar orqali muloqot o`rnatib ta'lim olish yo`li. U yordamida har xil test, vazifa, savol-javob va ko`rsatmalarni (matn, grafika, multimediya, dasturlar va boshqa ko`rinishida) jo`natib qabul qilishimiz mumkin. Uzoqdan boshqarish sistemalar - murakkab dastur, sistema va uskunalarni real holatda boshqarish va ularda ishlash imkoniyatlarini yaratuvchi maxsus sistemalar yordamida bilim olish yo`li. Uzoqdan boshqarish sistemalarning asosiy vazifasi o`quvchiga faqatgina amaliy bilimlarni berish. Simulyator, elektron darsliklar va o`quv dasturlar - bu asosan nazariy va amaliy bilimlarni kompyuter dasturlari orqali o`quvchilarga on-layn holatida olish yo`li. Simulyator va elektron dasrliklar hozirgi kunda ta'lim sohasida juda keng qo’llanilyapti. Test topshirish sistemalar - bu maxsus dasturlar yordamida o`quvchilarning amaliy va nazariy bilimlarni tekshirish uning asosiy vazifasi bu talabalar bilimlarini tekshirib ularni baholash. Internetning masofaviy ta'lim portali bu maxsus Internet saytlar (onlayn resurslar). Ushbu saytlarning asosiy vazifasi - ta'lim jarayonini tashkil qilish, yoki boshqa so’zlar bilan o`quvchi va o`qituvchi o`rtasida elektron on-layn muloqotni o`rnatish, o`qituvchilarga o`quv materiallarni joylashtirish va o`quvchilarga shu ma'lumotlar bilan ishlashga hamda boshqa masofaviy ta'lim servislardan foydalanishga imkoniyat yaratish. IDC (http://www.idc.com) kompaniyaning ilmiy izlanish natijalari bo`yicha, global onlayn-ta'lim bozori 2000 yilda 2,2 milliard AQSH $ ga teng bo`lsa, 2005 yilga kelib jahonda ta'lim sohasiga tegishli internet-dasturlar 18.5 milliard AQSH $ ga teng sotilishi kutilmoqda. Nielsen-NetRatings kompaniyaning izlanishlari natijasida, 2000 yil mart oyida Internet foydalanuvchilar soni 379 mln. ga teng bo`lgan bo`lsa ulardan 211 mln. internetning aktiv foydalanuvchilari. Ushbu kompaniya ma'lumotlariga ko`ra eng aktiv foydalanuvchilar Janubiy Koreyada joylashadilar - bir oyda 2164 veb saxifani ko`rib chiqishadi (dunyo bo`yicha o`rtacha 774 veb saxifa). Undan keyingi o’rinlarda Singapur, Germaniya, Yaponiya va Kanada mamlakatlari turishadi. AQSH esa 7 o’rinda. 2005 yilga Internet foydalanuvchilar soni 1 milliardga teng bo`lishi kutilmoqda. 135 million AQSH fuqorolari Internet xizmatlaridan doimiy foydalanmoqda bo`lib, 2002 yildagi har bir ishlatilgan dollarning yarimi Internet orqali ishlatilgan. Masofaviy ta'limni jarayonida quyidagilar qatnashishi shart, bular-masofaviy kurs avtori, metodist, o`qituvchi (tyutor, koordinator), ruxshunos, administrator, dokumentovod, telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi hamda o`quvchilar. Avtor - masofaviy kursni yaratuvchi, uni yangilatuvchi va taxrirlovchi shaxs. Metodist - masofaviy kurs avtoriga konsultatsiyalar beruvchi va kursni taxrirlovchi shaxs. O`qituvchi - o`quvchilar bilan o`qish jarayonida muloqotda bo`luvchi va ularga yordam beruvchi hamda ularning bilimlarini tekshiruvchi shaxs. Ruxshunos - o`qish jarayonining psixologik monitoringni tashkil qiluvchi shaxs. Administrator - o`quvchilarni qabul qilish va o`qishdan chetlash masalalarini echuvchi va malakali o`qituvchilarni jalb qiluvchi shaxs. Dokumentoved - hujjatlar bilan ishlovchi shaxs. Telekommunikatsiya va dasturiy ta'minot gruppasi -dasturlar va telekommunikatsiya resurslar ishini ta'minlovchi shaxslar. O`quvchilar - o`quv jarayonida qatnashuvchi shaxs. O`quv jarayoninin tashkil qilishda esa albatta quyidagi qadamlarni bajarishimiz zarur bo`ladi: Kurs maqsadlarini aniqlash. Qaysi bilimlarni (mavzular, fan va ...) va kimlar uchun o`qitish kerak. O`qish metodlarini tanlash. O`quv jarayoni davomida bilimlar va kunikmalar darajasini diagnostika hamda tekshirish manbalarini va usullarini aniqlash kerak. O`quv materialga metodik talablarini ishlab chiqarish. Yangi bilimlarni berish usullarini va hajmlarni aniqlash kerak. Darslar jadvalini ishlab chiqarish. Butun kursni bir nechta modullarga bo`lish, har bitta modul tugallashidan keyin o`quvchi tomonidan qanaqa bilimlarga ega bo`lishini aniqlash kerak. O`quv jarayonini monitoringni tashkil qilish. Tekshiruv jarayonlarni rejalashtirish. O`quvchilarning mustaqil ishlarini rejalashtirish. O`quv jarayoni natijalarini prognozlashtirish. Natijalarni aniqlash va taxlil qilish. O`zbekistonda masofaviy ta'limni rivojlanishi. O`zbekiston boshqa mustaqil davlatlar hamdo’stligi mamlakatlariga o`xshab o`zining ta'lim sohasini jahon standarlariga olib kelishda ko`p harakatlar qilmoqda. Mamlakatimizning maydoni kattaligi va markazdan geografik uzoqlashgan regionlar mavjudligi elektron ta'limni rivojlanishiga asosiy sabab bo`lib, unga katta ahamiyat berilishiga olib kelmoqda. Hozirgi moliyaviy tanqislik davrida, ta'limning bu turidan keng miqyosda foydalanish lozim. Mazkur ta'lim turini joriy qilish bilan bog`liq ayrim muammolarning kelib chiqishi tabiiy. Bular asosan mablag`lar, texnika ta'minoti va shu sohada malakali muhandis hamda pedagog kadrlar etishmovchiligi, lekin biz shu muammolarni imkoniyat darajasida hal qilishimiz zarur chunki, O’zbekiston sharoitida masofaviy ta'limni tashkil qilinish katta samara berishi aniq. Hozirgi kunda ta'lim va ishlab chiqarish sohasini kompterlashtirish va shu sohalarda informatsion texnologiyalarni rivojlantirish haqida ko`plab prezidentimiz farmonlari va Oliy majlis qarorlari chiqarilgan. Natijada oxirgi besh yil ichida Respublikamizda ko`plab ibratli ishlar qilindi. Masalan 2002 yilda Toshkent axborot texnologiyalar universiteti tashkil qilinib, shu yildan boshlab bu universitet kompyuter va kommunikatsiyalar, radiotelefon va axborot tarmoqlari, dasturiy ta'minot va elektron kommertsiya sohasiga zarur bo`lgan mutaxasislarni tayyorlamokda. Ushbu va boshqa oliy ta'lim muassasalari tomonidan ko`plab ta'lim sohasiga tegishli yangi dasturlar va elektron kitoblar yaratilmoqda. Shu bilan birga mamlakatimizda 2000 yildan o’z ishini olib borgan, AQSH Davlat Departamentining Ta'lim va Ma'daniyat masalalari bo`yicha byurosi (ECA) va Xalkaro Ilmiy Tadqiqotlar va Olimlarni Ayirboshlash Kengashi (IREX) tomonidan tashkil qilingan "Internetdan foydalanish va o`qitish programmasi" (http://www.iatp.uz) va "O`zbekiston maktablarida Internet" (http://www.connect.uz) programmalarini ham aytish lozim. Shu programmalarning asosiy vazifasi - bizning Respublikamizda Internet va uning xizmatlarini rivojlantirish va axoli ichida keng tadbiq qilish. Ushbu programmalar natijasi deb hozirgi kunda Respublikamizning 16-ta shahrida aholiga beminnat xizmat ko`rsatgan "Internetdan bepul foydalanish" markazlari hamda Respublikamizning 6 ta viloyatining 60 maktablarida tashkil qilingan Internet markazlarini aytish mumkin. Shu bilan birga O`zbek tilidagi Internetni rivojlanishi va undagi ta'lim sohasiga tegishli maxsus saytlarini paydo bo`lishini ham aytish lozim deb hisoblaymiz.2004 yilning birinchi kvartalining O`zida Internet foydalanuvchilar soni taxminan 511 000 ga etdi (2003 yil boshida 275 000 ta). Shu bilan birga 2003 yil boshiga nisbatdan internet provayder va operatorlar soni 263 (o’sish 94,8%), UZ zonadagi vebsaytlar soni esa 2600 dan oshdi (o’sish 188,4%), Internetga bog`langan davlat korxonalar soni 470 (o’sish 63,6%), hujalik sub'ektlar soni 8600 (o’sish 68,9%), internetdan ommaviy foydalanish punktlar soni 228 (o’sish 115,1%) ga teng bo`ldi. IATP programmasining internet grantlari natijasida tashkil qilingan va 2002 yildan faoliyat ko`rsatib kelgan "Masofaviy ta'lim portali"(http://dl.freenet.uz) yoki ko`plab Respublikamiz Universitet va Institutlari tomonidan o’zlarining veb sahifalarida tashkil qilingan "Masofaviy ta'lim kurslari"ni ham alohida aytishimiz zarur (masalan http://nuu.uz O`zbekiston Milliy Universiteti saytida tashkil qilingan kurslar). Ta'lim sohasiga tegishli ko`plab foydali va qizikarli veb saytlar yaratilmoqda, (http://www.bilim.uz,http://www.bilimdon.uz, http://www.ilm.uz, http://www.student.uz,http://www.study.uz va boshqalar). Eng quvonarli esa internetda nafaqat universitet, institut, kolledj va akademik litseylar balki maktablar ham o’zlarining veb sahifalariga ega bo’lishmoqdalar. Masofadan o‘qitish nima? Masofadan o‘qitish bu Internet tarmog’i orqali sizga qulay bo‘lgan vaqtda o‘qishdir. Masofadan o‘qitishning tarkibiy belgilari: o‘qituvchi, o‘quvchi, kommunikatsiyadir. Masofadan o‘qitish uslubiy materiallari quyidagilardir: • Darslik • Audio va video darsliklar • Onlayn darslar (Internet saxifa) • Elektron kutubxonalar • Testlar • Mulptimedia elektron darsliklar Xozirgi kunda respublikamizda xam masofadan o‘qitish uslubiy materiallari ayrim fanlarni o‘qitishda foydalanilmoqda va yaxshi natijalar bermokda. Elektron kutubxonalar, elektron darsliklar, onlayn darsliklar rasmga kirmoqda. Misol sifatida quyidagi darslik bilan tanishib chiqishingiz mumkin. Bu "Zamonaviy informatsion texnologiyalar" kursi bo‘lib, u bilan Internet orqali tanishib chiqish mumkin. Yani sizga qulay bo‘lgan paytda bu kursni o‘rganib chiqishingiz mumkin. Kursdan Toshkent Davlat Texnika Universiteti talabalari bir necha yillar davomida foydalanib kelmokda. Multimedia darslik o‘zida ko‘pgina maolumotlarni mujassamlash bilan birga, bu maolumotlarni ekranda namoyish etadi, xamda ovoz yordamida izo’laydi. Mulptimedia darslikning xususiyati u voqea va ma’lumotlarni yaqqol aks ettiradi. Yani mulptimedia voqea va ma’lumotlarni xayotiylashtiradi. Bu matn, videotasvir, multiplikatsiya, ovoz va musiqa yordamida amalga oshiriladi. Masofadan o‘qitishda virtual kutubxonalar, sputnik orqali videokonferensiyalar, darslar, Internet yordamida muloqot va informatsiya olish imkoniyatlari paydo bo‘ldi. Bu esa o‘quvchi uchun maxsus o‘qish doirasini berdi. O‘quvchining fanni o‘zlashtirish tezligi va sifati keskin yaxshilandi. Masofadan o‘qitish qanday amalga oshiriladi. Dunyoda ko‘pgina universitetlarda va o‘kuv markazlarida bu usul mavjud. Kerakli manzilni Internetdan topishingiz mumkin. Manzilga kirib bu o‘qish talabasi bo‘lish uchun maxsus shaklni to‘ldirishingiz zarur. Odatda avval kursning va o‘qish tartibi tavsifi bilan tanishib chiqish mumkin. Keyin shakldagi satrlarni to‘ldirib, kredit kartochkangiz raqamini kiritishingiz zarur. Kursga kirish tartibi turlicha, bu mutaxxassilikka bog’liq. O’qish tartibi quyidagicha: O‘qituvchi kurs bilan tanishtiradi va topshiriqlar beradi. Siz ko‘rsatilgan manbalar bilan ishlab topshiriqlarni bajarasiz va o‘qituvchiga yuborasiz. O‘qituvchi uni tekshirib, javobni sizga qaytaradi. Zarur xolda ko‘rsatmalar beradi. SHu tartibda kurs mavzulari o‘rganib chiqiladi. Muzokara asosan elektron pochta orqali amalga oshiriladi. Telefon tarmog’idan xam bazan foydalaniladi. Bosma o‘quv materiallari pochta orqali yuboriladi, o‘qish jarayonida talaba darsliklardan, elektron kutubxona va darslikardan, elektron forumlardan, vidoekonferensiyalardan foydalanadi. Bunda o‘qish individual shaklda olib boriladi va o‘qituvchi o‘quvchining qobiliyati va xususiyatlarini xisobga olgan xolda o‘qitadi. Bu individuallik o‘quvchida QiziQish uyotadi va uni o‘qishda aktivlikka rag’batlantiradi. Respublikamiz Oliy va O‘rta Maxsus bilim yurtlarida masofadan o‘qitishni tadbiq etishga jiddiy e’tibor berilmoqda. Masofadan o‘qitish uslubi xaqida batafsil www.dl.uz saxifada tanishishingiz mumkin. Keyingi vaqtlarda telemeditsina va uni sog’liqni saqlash tizimidagi o‘rni xaqidagi xabar va maqolalar ommaviy informatsiya vositalarida tez - tez paydo bo‘lib bormoqda. Xo‘sh, zamonoviy meditsinaning bunday ilg’or yo‘nalishlari rivojida informatsion texnologiya va internetning o‘rni qanday? Ma’lumki internet o‘zaro ma’lumotlar almashish imkonini beruvchi katta informatsion magistralp bo‘lib, u nafaqat raqamli ma’lumotlarni balki raqamlar majmuasiga aylantirilgan audio va video ma’lumotlarni xam uzatish, qabul qilish imkoniyatini beradi. SHundan foydalangan xolda, xamda maxsus programmalar asosida mulptimediya vositalari va kameralar bilan jihozlangan ikki yoki undan ortiq kompyuterlar yordamida meditsina markazlari o‘rtasida video konferensiyalar tashkil etish mumkin. Bunday imkoniyatga ega bo‘lgan vrach mutaxassis yuzlab, minglab kilometr masofadan turib internet orqali o‘z mijozining (bemorning) xolati xaqidagi video tasvirlarni olishi, operatsiya stolida yuz berayotgan jarayonni bevosita kuzatishi. rentgen, ultra tovush, endoskop va boshqa maxsus tashxis qurilmalaridan olingan ma’lumotlarni tahlil qilishi mumkin. Bu esa o‘z navbatida meditsina xizmati saviyasini oshirish, yuqori malakali mutahassislar maslahatlaridan markazdan uzoqdagi bemorlar xam foydalanish, masofadan turib tez tibbiy yordam ko‘rsatish imkoniyatlarini beradi. Bunday informatsion kompyuter tizimi vrach mutaxassislar o‘rtasida, meditsina xizmati ko‘rsatuvchi markazlar, bo‘limlar o‘rtasida o‘zaro videokonferensiyalar tashkil etish, bemor xolati xaqidagi videotasvirlarni masofaga uzatish imkoniyatlarini yaratib berish bilan bir qatorda, davolash jarayonini tashkil etish va uni boshqarish uchun zarur bo‘lgan yagona informatsion muhitni xam yaratib beradi. Ushbu tizimdan foydalanilgan xolda meditsina o‘quv yurtlari talabalari uchun o‘quv kurslarini tashkil etish, yirik mutaxasislarning noyob operatsion jarayonlarini namoyish etish, xamda o‘zga mamlakat va shaxarlarda faoliyat ko‘rsatuvchi mutaxasislarning maslahatlarini tashkil etish xam mumkin bo‘ladi. Elektron tadbirkorlik nima? Ko‘pchilik uchun bu yangi tushunchadir. Bu texnologiya O‘zbekistonga xam kirib keldi. Elektron tadbirkorlik bu Internet orqali sotish va sotib olishdir. Uning imkoniyatlari turli-tuman. Internet yordamida o‘zingizga zarur kitob, kiyim, yoki komppyuter va hattoki oziq - ovqat mahsulotlarini xarid qilishingiz mumkin. Korxonalar mahsulotni sotishi yoki zarur mahsulotni sotib olishi mumkin. Rossiyalik bir fermer Internet orqali xo‘jaligiga traktor sotib olibdi. Bu usul unga anchagina pulni tejaganligi sababli u avtomobilni xam Internet orqali xarid qilibdi. Xo‘sh bu qanday usul, uning afzalliklari qanday, va undan foydalanish tartiblari qanday? Bu texnologiya bir necha yillar davomida ravnaq topdi. AQSH da bu texnologiya juda taraqqiy etgan. Bu texnologiyadan Dell, Cisco, IBM, HR, Oracle, Microsoft va Sun kompaniyalari juda keng ko‘lamda foydalanishadi. Cisco kompaniyasi mahsulotlarni coram faoliyatini 80% ini Internet orqali amalga oshiradi. Elektron tadbirkorlik bu Internet tarmog’i yordamida virtual savdo rastasida yoki maydonida savdo sotiqni amalga oshirishdir. Unda sotuvchi va sotib oluvchi qatnasha di. Bu savdo sotiqning quyidagi ko‘rinishlari mavjud. Yani B2B (Business to business) va B2C (Bisiness to Customers). B2B korxonalar o‘rtasidagi savdo - sotiq muomalasi. B2C korxona va shaxs o‘rtasidagi savdo - sotiq muomalasi. Internet orqali elektron tadbirkorlik qanday amalga oshiriladi? Buni misol yordamida tavsiflaymiz. Masalan, kitob xarid qilmoqchisiz. Maxsus qidiruv tizimlar yordamida elektron kitob magazin adresini topasiz. Magazin bir zumda oldingizda paydo bo‘ladi. Elektron magazin bu mahsulotni sotayotgan magazin Internet saxifasidir. Unga kirib, javonlardan kitob qidirayotganingizni sezmay qolasiz. Saxifada kitoblar ro‘yxati beriladi. Do‘konma - do‘kon yurishga vaqt va asabni sarflamasdan, mahsulotni ko‘tarib uyga olib kelmasdan xarid qilish mumkin ekan. Bu mo‘jizani Internet amalga oshirishda yordamga keldi. Bu usulda turli - tuman ma’sulotlarni xarid qilishingiz mumkin. Bu oddiy ruchkadan tortib to avtomobil, yoki samolyot chiptasidan to dam olish chiptasigacha bo‘lishi mumkin. Biz B2C usuldagi muomala tavsifi bilan tanishib chiqdik. B2B muomala faqatgina muomala xajmi, takliflar va imkoniyatlar soni bilan farqlanadi. Faraz qilaylik, korxonangiz kompyuterlar sotib olmoqchi. Siz Internetdan kerakli manzilni topib, talablaringizga javob beruvchi kompyuterlarni sotuvchi korxonani bir zumda topasiz va muomalani amalga oshirasiz. Yoki talabnomangizni kiritishingiz va unga javobni bir zumda topishingiz mumkin. Bu texnologiya orqali muomalada qimmatli vaqt ni va mablag’ni tejaysiz. SHuning uchun hozirgi kunda bu texnologiya dunyoda keng tarqalgan. Rossiyada muomalalarda shu usuldan ko‘proq foydalanilmoqda. Bu muomala afzalliklari ko‘pgina, bunda ish safarlari soni, telefon va faksga, mutaxxasislar vaqti va soni xisobiga mablag’lar sezilarli darajada kamayadi. Eng asosiysi va muomala operativ ravishda bajariladi. Ba’zilar Internet dallollarni yo’qotadi degan fikrda. Lekin internetda elektron dallollar dallollik savdo maydonchalari (marketrlaces) paydo bo‘ldi. Ularda xar kuni muomalalar qizin amalga oshiriladi. Mutaxxassilar 2004 yilga borib elektron tadbirkorlikdan foyda 3 trillion dollarga etishini bashorat qilishmoqda.Hozirgi kunda Internetda 40 milliondan ko‘proq elektron rastalar mavjud. Elektron tadbirkorlik kelib chiqishiga 80 yilda Internet davlat byudjetining kattagina qismidan mahrum bo‘lganligi va o‘zini - o‘zi taminlashi zarurligi sababchi bo‘ldi. SHuning uchun Internetdan va uning resurslaridan tijorat maqsadida foydalanishga o‘tildi. Bunda daromadlar Internet xizmati va reklama, xamda Internet bilan taominlash xisobiga (Internet provayderlik) olina boshlandi. SHunday qilib, masofalarni yo’qotib dunyoni bir kiberolamga aylantirgan Internet tadbirkorlikni rivojlantirishda, kengaytirishda juda qo‘l kelmoqda. Respublikamizda bir necha elektron rastalari mavjud: NTTR://www.menatech.da.ru Menatek kompaniyasining elektron rastasi . Ushbu rastada kompyuter va kompyuter anjomlarini sotib olish mumkin. Buning uchun maxsus shaklni to‘ldirib, buyurtma berish lozim. NTTR://www.tashor.uz Komppyuter va komppyuter programmalarini xarid qilishingiz mumkin. NTTR://www.uzshor.uz STIV kompaniyasi elektron rastasi: kompyuter va ofis anjomlari. httr/www.irroex.com Irrodrom exrress rastasida turli asboblar, uskunalar va mahsulotlarni xarid qilishingiz mumkin. Internet ofislarni boshqarishda va ish yuritish borasida ko‘p imkoniyatlarni yaratdi. Global o‘zgarishlar ishlab chiqarishda yangi muhitni yaratdi. Endilikda eski boshqarish usullari, biznes jarayonlar, tashkiliy shakllar, ishlash usullari yangi global va o‘zgaruvchan muhitga to’g’ri kelmay qoldi. SHuning uchun korxonalar bu borada tezkor o‘zgartirishlar kiritib harajatlarni kamaytirishga kirishdilar. Natijada elektron ofislar yaratildi. Bu borada korxonalar informatsion texnologiyalarning yangi imkoniyatlaridan foydalana boshladi. Bunda mijozga xizmat ko‘rsatish shakli sifatiga e’tibor qaratildi. Elektron ofis korxona ishida ko‘pgina qulayliklar yaratdi. • Xujjatlar bilan ishlash qulayligi. • Korxona maolumotlar bazasining ochiq tizimi yaratilganligi, korxona ishchilari barcha yangiliklardan va jarayonlardan ixtiyoriy joyda: ofisda, uyda va safarda xabardor bo‘lish va kuzatish imkoniga egaligi. • Korxona mutaxasislari anjumanlarni, munozara va muzokaralarni tarmoq orqali amalga oshirishi mumkinligi • Korxona ishchilarining bir joyda bo‘lish zarurati a’amiyati yo‘qolganligi. • Yuqori tajribali mutaxxasislar guruxini tashkil qilish imkoniyati. • Mijozlar bilan ishlashning qulayligi. Buning natijasida qimmatli vaqt tejaladi va harajatlar iqtisod xisobiga kamayadi. Masalan, ko‘pgina kompaniyalar mutaxassislari dunyoning turli nuqtalaridan ofisiga Internet tarmog’i orqali bog’lanib, zarur xujjat va ma’lumotlar bilan ishlash imkoniyatiga egadirlar. Bu albatta ishni tezlashtiradi va daromadni oshiradi. Masalan, Cisco kompaniyasi shu usulda ishlaydi. Internetning ajoyib imkoniyatlaridan biri uning yordamida xam kasb, do‘st bilan tanishishdir. Umuman Internet katta bir virtual shaxarni eslatadi. Bu shaxar saxifalardan tashkil topadi. Saxifalar manzilga ega. Manzil orqali kerakli ma’lumot va shaxsni topish mumkin. Agar biror mutaxxassis bilan tanishish niyatingiz bulsa, unga xat yozishingiz mumkin. Agar Internetda do‘stlashmoqchi bo‘lsangiz, maxsus saxifalar mavjud. Bu: forum. chat, ICQ va boshqalardir. Forum Bu bir vaqtning o‘zida bir necha foydalanuvchining Internet orqali muloqotidir. Bunda foydalanuvchilar odatda yangiliklar bilan almashishadi, yoki biror mavzuni muhokama qilishadi. Mavzu forumning turiga bog’liq. Yani jiddiy mavzuga bag’ishlangan yoki ommabop qiziqarli mavzuga bag’ishlangan forumlar mavjud. Moodle tizimining interfeysi va uning asosiy tushunchalari. MOODLE bu-avstraliyalik professor Martin Dungiamos tomonidan ishlab chiqilgan bepul elektron o’rganish uchun sistema. Sistemaning rasmiy sayti-http://moodle.org/. Sistema bir necha tillarga o’girildgan, bo’lib dunyoning ko’pgina davlatlarida o’rganish uchun eng mashhur sistema hisoblanadi. MOODLE maktablarda,oliy o’quv yurtlarida sirtqi va kunduzgi,masofaviy o’qishda foydalaniladi. MOODLE PHP dasturlash tilida yozilgan bo’lib, kompyuterlarning Windows,Linux va boshqa opertsion sistemalarida ishlaydi. Shuningdek, sistemada ishlash uchun SUBD mavjudligi talab qilinadi.Ko’proq MySQL dan foydalaniladi. Yana shuningdek, PostgeSQL, MSSQL, Oracle va boshqalarda foydalanish mumkin. 2-savol. MOODLE kompyuterlarda qaysi texnik talablar asosida ishlashi kerak? MOODLE serverga o’rnatiladi, uning foydalanuvchilari serverga brauzerlar orqali kiradi. Jumladan, Internet Explorer, Mozilla FireFox, Opera va boshqalar. Sistema mijozlari uchun asosiy talab- bu brauzer ishlab turishi, internetga chiqish imkoni mavjud istalgan zamonaviy kompyuterlarda yaratilgan bo’lishi kerak. Barcha ma’lumotlarni qayta ishlash serverda amalga oshiriladi. Server uchun asosiy talablar ( http://docs.moodle.org/22/en/Installing_Moodle) quyidagilardan iborat: Disk hajmi: materiallarni saqlash uchun 160 mb bo’sh joy diskda, qo’shimcha ( kamida 5 Gb) bo’sh joy bo’lishi shart. Operativ xotirasi: eng kamida 256mb, ammo 1 Gb va undan ortiq tavsiya qilinadi. Har 10-20 bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilar uchun gigabayt operativ xotirasi talab qilinadi. Bir necha soniyalar ichida qandaydir harakatni bajaruvchilar bir vaqtda ishlovchi foydalanuvchilar hisoblanadi. Agar kimdir o’zining login paroli bilan sistemaga shunchaki kirsa, nazariy materiallari bilan sahifani ochsa va 5 daqiqa o’qisa u 5 daqiqa avval faol foydalanuvchi bo’lsa, sistema resurslari o’chib ketmaydi. Ushbu talablardan ko’rinib turibdiki, ishlash quvvatiga ega bo’lgan zamonaviy kompyuterlar moodle uchun ishlashga yetarli bo’ladi. Agar siz moodle ni internetga joylashtirmoqchi bo’lsangiz, unda hostingni xohishingiz bo’yicha batafsil ko’rib chiqishingizga to’g’ri keladi. 3-savol. Bir paytda qancha foydalanuvchilar Moodle ni o’rganishi mumkin? Aslida Moodle da foydalanuvchilar uchun cheklov mavjud emas. Odatda cheklov Moodle bilan ishlovchi harakteristik serverlarga yuklatiladi. 4-savol. Test topshirish, topshiriqlarni tekshirish, kurslar yaratish uchun Moodle ni har bir kompyuterga o’natish kerakmi? Shart emas. Moodle o’rnatilgan kompyuter serverga ulangan bo’lishi kifoya. 5-savol. Moodle bilan yaqinroq tanishish uchun demo-versiya mavjudmi? Demo-versiya bilan tanishish uchun http://demo.moodle.net/. saytiga kiring. 6-savol. Moodle kurslarida o’qiyotgan o’quvchilar maktab serveriga ulangan Moodle o’rnatilgan kompyuterlarda ishlashi mumkin. Uy sharoitidagi kompyuterlarda Moodle kurslari bilan ishlash mumkinmi? Agar Moodle o’rnatilgan server internetga ulangan va doimiy IP-adress yoki domen ismiga ega bo`lsa, unda o`quvchilar nafaqat lokal tarmoq orqali,balki, uydan turib internetga ulangan holda ishlashi mumkin. 7-savol. Moodle bizni to`liq qoniqtiradi,lekin bizga kerakli funksiyalar yetarli bo`lmasa nima qilish lozim? Moodle funksiyalarini qo`shimcha modullar orqali kengaytirish mumkin. Mavjud modullar bilan Moodle ning http://moodle.org/plugins/. rasmiy saytining tegishli bo`limida tanishishingiz mumkin. Shuningdek,mustaqil yozish (modul darturlash tilida PHP yoziladi) yoki buyurtma qilish mumkin. MOODLE ni o`rnatish va sozlash. 1-savol. Aytingchi, asosiy sahifada saytga kirish aks ettirish uchun nima qilish kerak. Bular qayerdan sozlanadi? Asosiy sahifada login-parol kirish formasini aks ettirish uchun Moodle ma’muriyati huquqi asosida kirish, “ Администрирование” blokida “ Безопасностъ” punktini va unda “ Политики сайта” ( ikkinchi versiyada “ Политики безопасности сайта”) ni tanlash kerak. Yuklanayotgan sahifada “ Принуждатъ полъзователей войти в систему” ni belgilash kerak. 2-savol. Sistemadan foydalanuvchilarning o’zi ro’yhatdan o’ta olishlari uchun nima qilish kerak? Sistemadan foydalanuvchilarning mustaqil ro’yhatdan o’ta olishlari uchun “ Настройка” blokidan “ Плагины => Аутентификация=> Настройки аутентификации” silkasiga o’tish va parametriga to’g’ri kelgan “ Самостоятелъная регистрация” ning “Самостоятелъная регистрация по электронной почте” punktini tanlash ko’zda tutiladi. 3-savol. Windows orqali Moodle da ishlash mumkinmi? Mumkin. Bu juda oddiy variant- http://download.moodle.org/windows/. rasmiy sahifasidan foydalaniladi. Shu orqali Moodle ni jiddiy muammolarsiz o’rnatish va sozlash mumkin. Bu Moodle ni tez o’rnatish masalan uyda o’rganish orqali yoki tayyorlov kurslarini o’rganish imkonini beradi. 4-savol. Moodle ni bir serverdan boshqa serverga qanday o’tkazish mumkin? Moodle ni to’liq o’tkazish quyidagi bosqichlardan iborat: Moodle va moodledata kataloglaridan nusxa olish. БД damp ga o’tkazish. Odatda damp yaratish va uni serverga o’rnatish phpmyadmin yoki mysqldump yordamida amalga oshiriladi. БД sozlash doirasini o’zgartirish va Moodle konfiguratsion fayllarida config.php. bilan amalga oshiriladi. БД fayllari va rasmlarini o’zgartirish yo’llari. http:// ваш_ сервер/admin/replace.php manzili bo’yicha ( silkaga o’tishdan oldin ma’muriy huquqlar tizimiga kirish lozim) yoki qo’l bilan. Boshqa muammolarni bartaraf etish. Bu ishni sistema prinsiplarini tushunadigan inson amalga oshirishi kerak, sababi jarayon paytida kutilmagan muammolar yuzaga kelishi mumkin.Balki, to’liq o’tkazish zaruriyati yo’qdir, yaxshisi to’liq o’tkazmasdan har bir kursni alohida quyida sxema yordamida bajarish kerak: Yangi serverda Moodle ni aynan o’sha versiyasini o’natish. Boshlang’ich serverda zaxiraviy nusxa olish vazifasi orqali kurs yordamida arxiv yaratish. Yangi serverga arxivni o’tkazish va u yerda kurs arxivini tiklash. 5-savol. Moodle ga o’tkazish jarayonida bir serverdan boshqa serverga rasm ko’chirish to’xtatildi va fayllarga silkalar ko’chirish imkoni mavjud bo’lmay qoldi. Moodle dagi barcha silkalar yuklangan fayllar( rasm, pdf-fayllar,hujjatlar,arxivlar va boshqalar) mutloq hisoblanadi, ya’ni fayl manziliga va server nomiga kiradi.Har qanday holatda fayl manzilini o’zgartirish talab etiladi. Buni ikkitadan bitta usulda bajariladi: Agar bir necha manzillar noto’g’ri bo’lsa, ularni qo’l bilan to’g’rilash mumkin, html-kodini tahrirlab yoki shunchaki rasmni va boshqa fayllarni qayta yuklash kerak. http:// ваш_ сервер/admin/replace.php manzili bo’yicha foydalanish kerak. Sahifaga o’tishdan oldin script bilan ma’muriy huquqlar tizimiga kirish kerak. Script bir qatordan boshqa barcha baza ma’lumotlarini almashtirish uchun yaratilgan. Eski ma’lumotlarni yangisiga o’zgartirish uchun o’sha sahifaga o’tish va birinchi maydonga eski server manzilini ikkinchisiga yangisini kiritish lozim. 6-savol. Yuqori hajmdagi yuklangan faylni qanday qilib kattalashtirish mumkin? Ko’p hollarda bu savol juda oddiy hal qilinadi,lekin ba’zan bunda aynan qaysi joyda cheklov o’rnatilganini aniqlash uchun aqlni ishlatishga to’g’ri keladi. Yuklangan fayllar uchun cheklov hajmi: 1.Moodle 2. PHP sozlovlarida 3. Web-server sozlovlarida o’rnatiladi, ya’ni Moodle o’rnatilmagan holatlarda php sozlovini, keyingi navbatda hech bo’lmaganda web-server sozlovlarini o’zgartirish lozim. Yuklangan fayl hajmini kattalashtirish zanjiri harakati (odatda muammo shundan iboratki, agar hajmni kichraytirish kerak bo’lsa- masalan, maktab o’quvchilari va talabalar juda katta hajmdagi fayllarni jo’natmasliklari uchun muammo tez hal qilinadi) quyidagi misollarda aks ettiriladi: Yuklangan fayllar hajmi alohida kurs elementlari- forumda, mashg’ulotda, ularning o’zlarida o’rnatilishi mumkin. Lekin yuklangan fayl sozlov kurslarida o’rnatilgan hajmdan oshib ketmasligi lozim. Eng yuqori hajmdagi fayl kurs yaratilayotganda o’rnatiladi, ushbu kurs sozlovlarida o’zgarish bo’lishi mumkin, lekin belgilangan hajmdan oshmasligi lozim. Moodle da yuqori hajmdagi faylni o’rnatish uchun ma’muriy huquqlar silkasidagi “ Безопасностъ => Политики сайта” blokida joylashgan “ Управление” ga kirish lozim. Bu yerda fayl hajmi sozlovlarida php belgilangan hajmdan oshmasligi kerak. Php da fayl hajmini o’zgartirish uchun upload_max_filesize parametri yordamida, Moodle katalogida joylashgan htaccess faylini o’zgartirish mumkin bo’lgan yoki php.ini. yangi hajmli fayl o`rnatilishi lozim. Masalan, htaccess faylidagi 50 mb hajmli Php_value upload_max_filesize 50 M yoki php.ini dagi upload_max_filesize 50M qatorlari yordamida o’rnatilishi mumkin. Shuningdek, e’tibor berish lozimki, agar uning post_max_size parametri oshib ketmasa yuqori hajmdagi post usulidagi fayldan upload_file_size parametri ishlamaydi. Apache web-serveri sozlovlarini o’zgartirish uchun LimitReqestBody parametrini o’zgartirish kerak. Moodle dasturining umumiy interfeysi quyidagicha. Moodle dasturiga kirish quyidagicha amalga oshiriladi. Moodle nomli papkaga kirib u yerdan xampp→Xampp control bandi tanlanib start bandi bosiladi. So’ng biror bir brauzer oynasiga kirib u yerga quyidagi jumla yoziladi so’ng moodle dasturi oynasi ochiladi oynaning umumiy ko’rinishi quyidagicha. Oynaning chap tomonida quyidagi menyular joylashgan. Main menu-bandida yangi sarlavhalar hosil qilib qo’shish mumkin. Masalan chat-habar almashish kursda qo’yilgan masalalar haqida habar almashish mumkin bandini va h-zolarni qo’yish mumkin. Navigation bo’limi-kurs yaratish yo’nalishini aniqlash. Uning quyidagi bandlari mavjud. My home-Mening uyim bandi bu bandda (). Site pages-Sayt sahifalari nomi to’liq ko’rsatiladi. My profile-Mening profilim. Courses- Yaratilgan kurslar. Permissions bo’limi- Ruxsat etilganlar bo’limi - Filtralash uchun ishlatiladi. -Rezerv nusha olish. -Tiklash Question bank bo’limi-Savollar banki(ombori). -Savollar -Kategoriyalar -Import Eksport-Eksport My profile settings bo’limi-Mening profilm bo’limi -Ma’lumotlarni tahrir qilish -Parolni o’zgartirish Roles bo’limi-Rollar -Foydalanuvchilar -Huquqlar -Tekshirishga ruxsat berish -Xabarlar almashuvi Blogs bo’limi-Bloglar -Sozlashlashlar -Tashqi bloglar -Tashqi blogni ro’yxatdan o’tkazish Site administration bo’limi-Sayt boshqaruvi bo’limi -Adminstratorga e’lon -Registration -rivojlangan qism Courses bo’limi-Kurslar bu bo’limda kurs,yaratish,kursga so’rov tashkil ewtish mumkin. Grades bo’limi-Baholar bo’limi.(baho kategoriyasi,baho punktlari,shkalalar,harflar). Location bo’limi-Joylashuv bo’limi(joylashuv sozlovlari,vaqt sohasini yangilash) Language bo’limi-Til bo’limi(til sozlovlari,til paketlari joylashgan). Plugins bo’limi-Modullar bo’limi Security bo’limi-Himoya bo’limi. Appearance bo’limi-Tashqi ko’rinish bo’limi. Front page bo’limi-Oldingi sahifa bo’limi. Server bo’limi-Server bo’limi Reports bo’limi-Hisobotlar bo’limi. Development bo’limi-Development bo’limi Moodle dasturi oynasining o’ng tomoni yuqori qismida quyidagilar joylashgan: - Kursni yopish (chiqish). Bu instrumentlarning pastki qismida quyidagi bo’lim joylashgan: -Oynanaing o’ng tomonida calendar joylashgan unda joriy sana vaqt,yilni ko’rishimiz mumkin. 2-bob 9- sinfda Informatika fanini Moodle tizimi orqali Masofaviy ta’limni tashkil etish asoslari 2.1. Moodle tizimida Informatika fani misolida o’quv jarayonini loyihalashtirish Hozirgi kunda o‘quv jarayonini tashkil etishda masofaviy ta’lim texnologiyalaridan keng foydalanilmoqda. Masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda tadbiq etish ta’lim samaradorligini yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega. O‘quv jarayoniga masofaviy texnologiyalarni tizimli tarzda joriy etish uchun eng avvalo, maqsad va vazifalarni aniqlash, kerakli usul va vositalarni tanlash, qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish hamda erishilgan natijalarni tahlil qilish va kamchiliklarni bartaraf etish bosqichlari amalga oshiriladi. Bu bosqichlarni Moodle tizimini o‘quv jarayoniga tatbiq etish misolida ko‘rib chiqamiz. Maqsad va vazifalarni aniqlashda eng avvalo, Moodle tizimining o‘quv jarayoniga quyidagi imkoniyatlarni berishini ta’kidlash zarur: Mustaqil ishlash. Ta’lim samaradorligini oshirishda mustaqil ishlashni tashkil etish muhim rol o‘ynaydi. Moodle tizimida mustaqil ishlashni tashkillashtirishning quyidagicha imkoniyatlari mavjud: Nazariy materiallar joylashtirilgan ma’ruzalar; O‘z ustida ishlash uchun mashq va treninglar; Qo‘shimcha savol-javoblar va kommentariylar. Baholash tizimini avtomatlashtirish. Moodle tizimida ikki xil baholash tizimini qo‘llash mumkin: Balli va reytingli baholash. Bunga avtomatlashgan testlashtirish tizimini misol qilish mumkin. Me’zonli baholash. Moodle tizimida har bir bo‘limni o‘zlashtirish darajasini aniqlash maqsadida qo‘llaniladigan “Seminar” elementi mavjud. O‘quv jarayonini xotiraga saqlash. O‘quv jarayoni qanchalik elektronlashtirilgan bo‘lsa, uning tarixi va natijalarini xotiraga saqlash ham shunchalik to‘liq amalga oshadi. Kerakli usul va vositalarni tanlash jarayoni tadbiq etilayotgan tizimning quyidagi jihatlarini e’tiborga olgan holda amalga oshiriladi: tizimning pedagogik imkoniyatlari: Moodle tizimida o‘quv jarayonini an’naviy pedagogik yondashuv asosida samarali tashkillashtirish mumkin. tizimning rivojlanish sur’ati: Moodle tizimi pedagogik tuzilishi jihatidan ham, boshqaruv jihatidan ham faol rivojlanib, mukammalashib bormoqda. tizimning keng tarqalganligi, qo‘llanilish sohasi va miqdori: hozirga kelib Moodle tizimidan 237 davlatda foydalanilmoqda, 86277 sayt ro‘yxatdan o‘tgan (http://moodle.org/stats/, http://moodle.org/sites/ ). hujjatlashtirish sifati va miqdori: Moodle tizimini to‘liq hujjatlashtirish ingliz tilida bo‘lib, interfeysi 50 dan ortiq tilga tarjima qilingan, shu jumladan o‘zbek tiliga ham. boshqa tizimlar bilan o‘zaro bog‘lana olish imkoniyati: Moodle tizimining tashqi tizimlardagi foydalanuvchilar uchun keng imkoniyatlari (tashqi MB, CAS server, FirstClass server, IMAP server, LDAP server, NNTP server, PAM, POP3 server, RADIUS server, Shibboleth, NTLM), ta’lim oluvchilarni ro‘yxatga olishning turli mexanizmlari (ichki registratsiya, Authorize.net Payment Gateway, IMS Enterprise, LDAP, Paypal) mavjud. Qo‘yilgan vazifalarni amalga oshirish jarayonida birinchi bosqichda aniqlangan vazifalar bajariladi va o‘zaro bog‘langan umumiy ma’lumotlar tizimi sifatida shakllantiriladi. Moodle platformasida mustaqil ishlash tizimi, avtomatlashtirilgan baholash tizimi, o‘quv jarayonini xotiraga saqlash tizimini o‘zaro bog‘langan umumiy tizim sifatida shakllantirish avtomatik tarzda amalga oshadi. Xulosa sifatida aytish mumkinki, Moodle tizimini o‘quv jarayoniga tizimli tadbiq etish ta’limni samaraliroq amalga oshirishga xizmat qiladi. Moodle tizimi hozirgi zamon pedagogikasi yutuqlari hamda ta’lim oluvchilar va o‘qituvchi o‘rtasidagi hamkorlikni e’tiborga olgan holda loyihalashtirilgan bo‘lib, o‘quv jarayonini tashkil etishda bir qancha vositalarga egaligi bilan boshqa dasturiy majmualardan ajralib turadi. Moodle tizimida informatika fanini loyihalashtirish quyidagicha amalga oshiriladi.Buning uchun biz eng avvalo 9-sinf darsligida kurs ochishimiz lozim bu jarayon quyidagicha amalga oshiriladi. Oynaning chap tomonida joylashgan Site administration menyusiga kirib→Courses bo’limining tanlanadi va undan bandi tanlanadi. Unga sichqonchaning chap tugmasini bir marta bosamiz va hosil bo’lgan oynadan bandi tanlanadi. Unga sichqonchaning chap tugmasini bossak quyidagi oyna hosil bo’ladi. Bu yerda -kategoriyasi har xil turga mansub hisoblanadi. -Kurs ning to’liq nomi -Kursning qisqa nomi -Kursning qisqacha mazmuni yoziladi -Kursning hajmi (bir haftalik hajmi) -Kurs boshlangan sana yoki kursning boshlanish sanasi. - Yangiliklar. -Baholarni ko’rsatish holati (ha xolatda tursa ko’rsatadi yo’q holatda aksincha). -Amallar bo’yicha hisobotni ko’rsatish (yo’q holatda ko’rsatmaydi). - Yuklanadigan fayl uchun maksimal hajm(2 Mbayt hisoblanadi). -bandida quyidagilar mavjud.(Haftalik taqvim format). -Haftadagi mavzular soni -Yashirin seksiyalarni aks ettirish. -Kursning joylashish, o’rnashish tartibi.(varoq qismlarida joylashadi). - da quyidagilar joylashgan. -Mexmon bo’lib kirishga ruxsat etish(yo’q) -Kalit so’z(Unmask maskadan qutilish). -da quyidagilar mavjud. - Birgalikda ishlatiladigan holat -Majburiy birgalikdagi holat(yo’q) -Gruppa majburiyatini bajarmaslik (Ruxsat etilganlik)-da quyidagilar mavjud. -Ruxsat etilganlar(kurs talabalar uchun ruxsat etilgan) (Til)-da quyidagilar mavjud. -Majburiy til (dastlabki holat majburiy emas) Bu bandlar to’dirilgach bandi tanlanadi va yaratilgan kurs saqlanadi. Download 3.6 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling