Maxsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlari hisobi. Maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish io


Download 80.53 Kb.
Sana15.12.2020
Hajmi80.53 Kb.
#167880
Bog'liq
Maxsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlari hisobi

Maxsulot ishlab chiqarish va sotish harajatlari hisobi. Maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish.

io

Reja

  • Maxsulot ishlab chiqarish hamda sotish harajatlari va ularning turkumlasnishi.
  • Ishlab chiqarish harajatlari hisobi.
  • Yordamchi ishlab chiqarishning hisobi.
  • Umum ishlab chiqarish harajatlari hisobi.

Maxsulot ishlab chiqarish harajatlari hisobini tashkil etishning asosiga quydagi asosiy tamoyillar qo’yiladi.

  • Buxgalteriya hisobida harajatlarni iqtisodiy hihatdan va moddalar bo’yicha, maxsulot turlari va korxona bo’linmalari bo’yicha guruhlashtirish.
  • Maxsulot ishlab chiqarish va uning tannarxi kalkulyatsiyalashga doir harajatlar hisobining qabul qilingan uslubiyati yil davomida o’zgarmasligi.
  • Harajatlar hisobi obyektlarini maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish obyektlari bilan muvofiqlashtirishi.
  • Daromad va harajatlar hisobot davriga to’g’ri kiritilishi
  • Hisobda ishlab chiqarilishning joriy harajatlari va kapital qo’yilmalari bilan bog’liq harajatlarni ajratish
  • O’zbekiston Respublikasining Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 5 Fevralda 54-sonli qarori bilan tasdiqlangan ,, Maxsulot ( ishlar, xizmatlar) ni ishlab chiqarish va sotish bo’yicha harajatlar tarkibi hamda moliyaviy natijalarni shakillantirish tartibi haqidagi Nizom’’ ishlab chiqildi

Ishlab chiqarish harajatlari tarkibi to’g’risidagi Nizomga asosan barcha harajatlar quydagi guruhlarga ajratiladi.

  • Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi kiritiladigan harajatlar.
  • Asosiy faoliyatdan kelgan foydani aniqlash vaqtida harajatlar tarkibiga kiritiladigan ammo maxsulotning ishlab chiqarish tannarxiga kiritilmaydigan davr harajatlari.
  • Korxona umumxo’jalik faoliyati bo’yicha olingan foyda yoki zararni hisoblash paytida inobatga olinadigan korxona moliyaviy faoliyati bo’yicha harajatlar.
  • Foyda yoki daromad solog’ini to’lashdan oldingi foyda yoki zararni hisoblash vaqtida inobatga olinadigan favqulotda zararlar.

Shu sababli harajatlar moddalarini guruxlash quydagi ko’rinishda bo’ladi.

1.Maxsulotning ishlab chiqarish tannarxi.

  • bevosita va bilvosita moddiy harajatlar.
  • bevosita va bilvosita moddiy sarflar.
  • ishlab chiqarishga taluqli boshqa bevosita va bilvosita harajatlar, shu jumladan qo’shimcha harajatlar.
  • 2.Davr harajatlari.

  • sotish bo’yicha harajatlar.
  • boshqarish harajatlari
  • boshqa operatsiyalarga oid harajatlar va zararlar
  • kelgusida soliqqa tortiladigan bazadan chiqariladigan hisobot davri harajatlari.

Shu sababli harajatlar moddalarini guruxlash quydagi ko’rinishda bo’ladi.

3.Moliyaviy faoliyat bo’yicha harajatlar.

  • foiz bo’yicha sarflar.
  • chet el valyutasining kursi o’zgarishidan ko’riladigan zararlar.
  • qimmatli qog’ozlarga qo’yilgan mablag’larni qayta baholash.
  • 4.Moliyaviy faoliyat bo’yicha boshqa sarf-harajatlar

Maxsulot tannarxiga qo’shilish uslubiga qarab ishlab chiqarish harajatlari 2 guruhga bo’linadi. Bevosita(to’g’ri) harajatlar, bilvosita(egri) harajatlarga.

Bevosita(to’g’ri) harajatlar deb tegishli kalkulyatsiya obyektining tannarxiga to’ppa to’g’ri ya’ni bevosita o’tkaziladigan harajatlarga aytiladi. Masalan. Texnologik maqsadda sarflanadigan hom-ashyo va asosiy materiallar, ishlab chiqarishda band bo’lgan ishchilarning asosiy ish haqi va hokozo.

Bilvosita(egri) harajatlarga- bir necha hil maxsulotni tayyorlash bilan bog’liq( quvvat, suv, bug’ va hokozo) shuning uchun ular mazkur maxsulot turlari o’rtasida taqsimotning aniq bazalariga mutanosib ravishda taqsimlanadi.

Maxsulot (ishlab chiqarish)ning ishlab chiqarish tannarxiga bevosita maxsulot ishlab chiqarish bilan bog’liq, ishlab chiqarish texnologiyasi va tashkil etilishi shartlangan harajatlar kiritiladi. Ularga quydagilar kiritiladi.

  • materiallarga doir bevosita harajatlar
  • mehnatga doir bevosita harajatlar
  • bilvosita harajatlash, shu jumladan ishlab chiqarish ahamiyatidagi ustama harajatlar.

Yordamchi ishlab chiqarishning hisobi

Turlari va vazifalari bo’yicha yordamchi ishlab chiqarishni quydagi guruhlarga ajratish mumkin.

  • -asbobsizlik
  • -ta’mirlash
  • -energetika
  • -transport
  • -idish
  • -tosh shag’am qum va boshqa noruda materiallarini qazib olish
  • -qishloq xo’jaligi maxsulotlarini tuzatish, kiritish va konservatsiyalash va boshqalar

Asosiy ishlab chiqarishga hizmat ko’rsatadigan yordamchi ishlab chiqarishlar bo’yicha harajatlarni hisobga olish uchun , yordamchi ishlab chiqarishning har bir turi bo’yicha alohida hisob yuritiladidigan 2310 aktiv kalkulyatsiya hisobvarag’I qo’llaniladi.

2310,, Yordamchi ishlab chiqarish’’ hisobvarag’ining debitida hisob davri moboynida maxsulot ishlab chiqarish, xizmatlar ko’rsatish, yordamchi sexlar bo’yicha ishlarni bajarish bilan bevosita, shuningdek yordamchi ishlab chiqarishga xizmat ko’rsatish va boshqarish bilan bilvosita boshqa bo’lgan harajatlar jamlanadi.

Yordamchi ishlab chiqarish maxsulotlari tannarxining hisobi va kalkulyatsiyasi, aniq bir tarmoq uchun uning xususiyatlarini hisobga olgan holda belgilangan harajatlar bandlarining nomenklaturasi bo’yicha amalga oshiriladi. Bunday bandlar quydagilar- sotib olinadigan buyumlar va yarim tayyor fabrikatlar, yoqilg’I, quvvat, ishlab chiqarish ishchilarining ish haqi, ish haqidan ijtimoiy sug’urta ajratmalari.

Umum ishlab chiqarish harajatlari hisobi.

Ishlab chiqarishni boshqarish harajatlari salmoqdor bo’lgan korxonalarda umumishlab chiqarish harajatlari oy davomida 2510,, umum ishlab chiqarish harajatlari’’ hisobvaraqi debiti bo’yicha jamlanadi. ularga quydagilar kiradi.

  • boshqaruv apparati va boshqa sex xodimlarini saqlash
  • -ishlabchiqarish maqsadida asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar eskirishi
  • -ishlab chiqarish maqsadidagi uskunalar, binolar, inshoatlar va anjomlarni saqlash va ta’mirlash.
  • -mehnatni huhofaza qilish xavfsizlik tehnikasi harajatlari.
  • -sinovlar,tajribalar, tadqiqotlar, rasionalizatorlik va ixtirochilik
  • -invertar va xo’jalik ashyolari bo’yicha sarf harajatlar,
  • -moddiy boyliklar va ishlab chiqarilishi tugallanmagan maxsulotlar kamomadi.

Umum ishlab chiqarish harajatlari hisobi

Umum ishlab chiqarish harajatlarining jamlama hisobi 2510 ,, Umum ishlab chiqarish harajatlari’’ aktiv yig’ish-taqsimlash hisobvaraqlar quydagi hisobvaraqlar bo’yicha yuritiladi.

  • 2510 ,, Moddiy harajatlar’’
  • 2511 ,,Mehnatga haq to’lash harajatlari’’
  • 2512 ,, Ijtimoiy ajratma harajatlari’’
  • 2513 ,, Asosiy vositalar va nomoddiy aktivlar amortizatsiyasi’’
  • 2514 ,,Boshqa harajatlar’’

Download 80.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling