Maxsulot tayyorlash texnologiyasi Mavzu rejasi


Download 1.17 Mb.
Sana04.04.2023
Hajmi1.17 Mb.
#1323192
Bog'liq
5-Mavzu. Mahsulot tayyorlash.


7-MAVZU: Yog’och materiali xomashyolarni yo’nish va qirqish texnologiyasi.
Maxsulot tayyorlash texnologiyasi

Mavzu rejasi: 1. Yog’och materiallarni yo’nishda ishlatiladigan qo’l asboblarini tuzilishi va ishlatish texnologik jarayonlari. 2. Yog’och materiallarini yo’nish stanoklar va elektr qurulmalari tuzilishi va ularni ishga sozlash texnologiyasi. 3. Yog’och materiallarini yo’nishda mehnat xavsizligi qoidalari..


Yogʻochga ishlov berish jihozlari — yogʻochga zarur shakl va oʻlcham berishda qoʻllaniladigan asbob hamda stanoklar Ularning yordamida yogʻochdan turli xil materiallar va yarim fabrikatlar (taxta, brus, faner, qipik, plitalar, yogʻoch plitalar va boshqalar), buyum hamda qurilmalarning detallari (mebel, vagon, kema va boshqalar yasash uchun); tayyor buyumlar (deraza, eshik, muzika asboblari, mebel va boshqalar) tayyorlanadi. Yogʻochga ishlov berish jihozlari bilan yogʻoch arralanadi, tilinadi, teshiladi, frezalanadi, silliklanadi, yoʻniladi, randalanadi, oʻyiladi, kesiladi va yoriladi. Ular dastaki va mexanik xillarga boʻlinadi. Dastaki asboblarga arralar, randalar, iskana, burgi, drellar (parmalar toʻplami bilan), jilvirlar va boshqalar kiradi. Ular ustaxonalarda, qurilish maydonlarida, ishlab chiqarish korxonalarida qoʻllaniladi. Mexanik yogʻochga ishlov berish jihozlari, asosan, stanokka yoki mashinaga oʻrnatib ishlatiladi. Bajaradigan ish turiga kura ular yogʻoch kesish, tilish, egish, yigish, yelimlash va pardozlash asbob hamda jihozlariga boʻlinadi. Yogʻoch detallarni yigʻish uchun dastaki, elektr va pnevmatik asboblardan foydalaniladi. Sanoatda yogʻoch kesish, tilish, randalash, egish, bukish stanoklari keng tarqalgan. Bu stanoklar bilan zarur oʻlcham va shakldagi yogʻoch zagotovka, detal hamda buyumlar tayyorlanadi.
Yogʻoch kesish va tilishda arra; frezalashda — freza; randalashda — randa; parmalashda — parma; oʻyishda — oʻygich; silliklashda — jilvir va boshqalardan foydalaniladi. Yogochdan chiqqan qipiq va payrahadan boshqa materiallar (masalan, plitalar) ishlab chiqarishda foydalanish mumkin (qarang Yoyuch plitalar). Yogʻochga ishlov berish stanoklari arrali stanoklar; ilgarilanmaqaytma harakatlanadigan yoki qoʻzgʻalmas pichoqli randalash stanogi; detallarga doiraviy keskich bilan ishlov beradigan frezalash stanogi; teshik yoki oʻyiqlar ochish uchun ishlatiladigan parmalash stanogi; fanerlar, gugurt choʻplari, gugurt qutilari va boshqalar tayyorlaydigan yoʻnish stanoklari; yumaloq shaklli detallar tayyorlaydigan tokarlik stanoklari; detallarni silliklash uchun ishlatiladigan jilvirlash stanoklaridan iborat. Egish stanoklari changʻilar, mebellar yasash uchun yogʻochni egib beradi. Yelimlab yigʻish stanoklariga yelim surkash, shchit yigʻish stanoklari, uzel va buyumlarni yigʻish qurilmalari, pardozlash stanoklari ga boʻyash, qoplama (himoya va bezak) qoplash va jilolash mashinalari kiradi. Koʻp qatlamli fanerlar, yogʻoch plitalar, yogʻoch plastinalar yasash uchun yogʻochni zichlashda presslar ishlatiladi (yana qarang: Duradgorlik asboblari)
Yog‘och tayyor qurilish materiali bo‘lib, u xalq xo‘jaligining turli sohalarida keng ko‘lamda ishlatiladi. Yog‘och duradgorlikda ishlatiladigan asosiy material hisoblanadi. Undan qurilish va inshootlarda avtomobilsozlik, vagonsozlik, kimyo va ko‘mir sanoatida, faner, mebel, sport inventarlari tayyorlash va boshqasohalarda foydalaniladi.
Yog‘ochning keng ko‘lamda ishlatilishiga sabab uning texnik xossalarining yuqoriligidir. Yog‘ochni ishlash oson, vazni yengil puxtaligi yuqori, issiqlik vaelektrni yomon o‘tkazadi, kislota va ishqorlar ta’sirida tez yemirilmaydi, ko‘pchilik yog‘ochlarning tashqi ko‘rinishi chiroyli bo‘lib, puxta yelimlanuvchan bo‘ladi vayaxshi pardozlanadi. Ammo yog‘ochning ayrim kamchiliklari ham bor:temperatura, namlik o‘zgarishi natijasida yog‘och qurib tob tashlaydi, namtortib shishadi, eshilib-toblanadi, yoriladi va hokozo. Yog‘ochning puxtaligi,qattiqligi va boshqa mexanik xossalari, metallardagi singari, turli yo‘nalishdaturlichadir, yog‘ochning mexanik xossalari nam ta’sirida keskin kamayadi.Yog‘och oson alangalanadi, chirishga, hasharotlarning emirishiga qarshilikko‘rsata olmaydi.
Hozirgi kunda yog‘och ishlash korxonalarida tabiiy yog‘och o‘rnini oladigan yangi tur materiallar ishlab chiqarilmoqda va ishlatilmoqda. Yog‘och ishlash korxonalarida hosil bo‘ladigan chiqindilardan: arra qipig‘i va payraxalaridan presslash yo‘li bilan tayyorlanadigan yog‘och tayyorlanayotgan yog‘och materiallar tabiiy yog‘ochlarda uchraydigan har xil nuqsonlardan, kamchiliklardan holi, puxtalik jihatidan ustun bo‘lib ayrimhollarda metall o‘rnini ham olmoqda.
Yog‘och deb daraxtning tanasi, butoqlari,novdalari va ildizlarining asosiy qismini hosilqiluvchi qismiga aytiladi. Daraxtningyog‘och hosil qiluvchi tanasi o‘zak, yog‘ochliktola, po‘stloqdan iborat bo‘ladi.
Parmalash stanoklari azaldan konstruktiv jihatdan katta o‘zgarishlarga ega bo‘lmay, oddiy teshik ochish uchun kichik gabaritli stol usti, katta gabaritli pol ustiga montaj qilinadigan, qo‘l yordamida ishlatiladigan stanoklar guruhida rivojlanib kelgan. Òeshiklarga ishlov berish operatsiyasini bajarish uchun texnologik tizimni yaratish zarur. Bunga stanok, zagotovka, moslama, instrument va yordamchi elementlar kiradi. Ma’lumki, instrumentlarga, metall yoki nometall zagotovkalarga, ya’ni ochiq va berk teshiklarga (1-rasm) ishlov berishda
Yog‟ochga ishlov berishda texnika xavfsizligi qoidalari. O‘quv muassasasi ustaxonalarida belgilangan ichki tartib-qoidalariga rioya qilish zarur. Mashg‘ulot boshlanishidan oldin ish kiyimini kiyish kerak. Ustaxonaga qo‘ng‘iroq chalinmasdan oldin kelish, har bir o‘quvchining qo‘lida o‘quv qurollaridan kundalik daftar, darslik, qalam, chizg‘ich, o‘chirg‘ich bo‘lishi shart. Mashg‘ulot boshlanishida har kim o‘zining ish o‘rnini ko‘zdan kechirishi va uni ishlash uchun taxt qilishi lozim. Ish o‘rni va yo‘laklarni material, namuna buyum yoki chiqitlar bilan to‘sib qo‘yishga ruxsat etilmaydi. Asboblar uskuna yonidagi saqlanishi mumkin bo‘lgan quti, shkaf, mashina konstruksiyasida ko‘zda tutilgan holda uning ichki qismida maxsus joyda saqlanishi kerak. Ish o‘rnida hamma vaqt namunali tartib bo‘lishi va u yerga faqat mazkur dars uchun kerakli asboblar qo‘yilishi lozim. Shuningdek, hamma o‘z ish o‘rnida ishlashi va o‘qituvchining ruxsatisiz hyech kim u yerdan ketmasligi kerak. Asboblar, moslamalar va uskunalarni ehtiyotlab saqlash, xomashyolardan tejamkorlik bilan foydalanish zarur. O‘qituvchining ko‘rsatmasi bilan ishni to‘xtatish va uning tushuntirishlarini diqqat-e‘tibor bilan tinglash kerak. Tanaffus vaqtida deraza darchalarini ochib qo‘yib, so‘ng usta-xonadan chiqish lozim. Tanaffusdan keyin har kim o‘zining ish o‘rniga keladi va ishlashni davom yettiradi. Ish tugagach asboblar, moslamalar, materiallar artib tozalanadi va joy-joyiga qo‘yiladi, ish o‘rni yig‘ishtiriladi, tayyorlangan buyum topshiriladi, kiyimlar tozalanadi va qo‘llar yuviladi. O‘qituvchi ruxsat berganidan keyingina ustaxonadan chiqish mumkin. Ustaxonada barcha mehnat topshiriqlarini bajarishda ish xavfsizligi qoidalarini yaxshi bilib olish va ularga to‘liq rioya etish lozim. Bu qoidalar quyidagilardan iborat: 1. Ish kiyimi to‘g‘ri kiyilganini tekshirish (xalatning qo‘l va old tugmalari qadalgan bo‘lishi kerak), bo‘yinbog‘ uchlarini qistirish;
Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha texnika xavfsizligi koidalarni kuyidagicha umumlashtirish mumkin. 1. Ish xonasiga faqat ukituvchi ruxsati bilan kiriladi. 215 2. Xar bir ukuvchi faqat o‘z ish joyida ishlaydi. Agarda ish jamoa ravishda kilinadigan bulsa,o‘quvchilaro‘z majburiyatlarini yaxshi biladilar. 3. Ish faqat ukituvchining ruxsati bilan boshlanadi. 4. Ishni boshlashdan oldin, ish joyingni tayyorla, asboblarni tugri va kulay joylashtirish: Ung kul bilan ushlanadigan asboblarni ung tomonga, chap kul bilan ushlanadiganini chap tomonga kuy, sanchiladigan, kesadigan asboblarni xech kachon ikkita asbob orasiga kuyma, ularni doimo o‘z joyiga, utkir tomonini narigi, dastasini o‘zing tomonga kilib kuy. Asboblarni uynama, ular uyinchok emas. 5. Ish vaqtida ish joyingni tartibli saqla. 6. Utmas yoki bo‘zuk asbob bilan ishlama. 7. Asbobni ishlatganda, uni ukituvchi kursatganidek ushla. 8. Asboblarni asra, ularni tugri, o‘z o‘rniga ishlat, ishlatgandan sung ularni tozalab, yuviladiganlarini yuvib, artadiganlarini artib quy. 9. Narsani, xar bir detalni oldingi safargidan yaxshirok, chiroylirok, tartiblirok qilishga xarakat qil. 10. Ishni tugatdingmi, ish joyingni tezda tozalab tartibli kilib quy. Turli asbob va uskunalardan foydalanishda xavfsizlik texnikasi koidalari: Qaychidan foydalanish koidalari.
1. Qaychini belgilangan joyda, belgilangan xolatda sakla. 2. Qaychini uchini yukoriga kilib ushlama. 3. Qaychini ochik xolda koldirma. 4. Qaychini yurib turganingda ishlatma. 5. Qaychini faqat yopilgan xolda uchidan ushlab urtoginga o‘zat. 6. Qaychini shlatayotganda kesilishning yunalishi va materialni ushlab turgan chap kul barmoklarini ko‘zatib tur. 7. Yaroksiz qaychini ishlatma, ukituvchiga topshir. Bigizdan foydalanish koidalari. 1. Bigizni urinsiz ishlatma. 2. Sirti sillik, sirganchik kattik predmetlarni bigiz bilan teshma. 3.Teshiladigan predmetni kulingda ushlama, uni stol, taglik ustiga quyib tesh. Pichok bilan ishlash koidalari. 1. Uchi yumaloq pichokdan foydalan. 2. Pichokni ukituvchi kursatganidek ishlat, kesganda kattik bosma. Nina bilan ishlash koidalari. 1. Ninani ishlatib bulgach, maxsus nina yostikchaga sanchib quy. 2. Ninanni xch kachon ogzingga olma. 3. Zapas ninalarni ignadonda kuruk xolatda saqla. 4. Ishdan oldin va ishdan keyin ninalarni sanab kur, yetishmagan ninalarni albatta top. 5. Kogoz va kartondan narsalarni yasaganda birinchi teshikni albatta bigiz bilan teshib ol. Ko‘rilgan choralarga йaramay mashg‘ulot vaqtida baxtsiz xodisa ruy bersa, ukituvchi birinchi yordamni kursatishi va vrachini chakirishi lozim. Ish xonasida yod, bint solingan aptechka bo‘lishi shart
Bunday papkalarning qulayligi shundaki, unda xar bir ukuvchi dars vaktida kerakli xamma narsalarga asbablar, materiallar, buyumlarga ega boladi. Papka ukuvchilarga mehnat madaniyati malakalarini singdirishda yordam beradi. SHunungdek, papka o‘quvchilarda o‘z ish joylarini va mehnat jarayonini uyushtirish, ko‘nikma xamda malakalarini shakllantirishga xam yordam beradi. Bunday eng oddiy mehnat malakalarini o‘quvchilarda birinchi sinfdagi dastlabki kul mehnati darslaridan boshlab shakllantira 215oorish va ularni asta-sekin takomillashtirish maksadga muvofikdir. NAZORAT SAVOLLARI: 1. Qul mehnatining usullari nima? 2. Ish xonalarida ishlash va asboblardan foydalanish buyicha qoidalari qanday? 3. Texnika xavfsizligi qoidalari nimalardan iborat? 4. Qaychi bilan ishlash qoidalari nechta?
Download 1.17 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling