Maxsulot tovar (ish xizmat)lar va ularning hisobi Kirish


Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi


Download 53.19 Kb.
bet3/3
Sana15.02.2023
Hajmi53.19 Kb.
#1202328
1   2   3
Bog'liq
Maxsulot tovarlar hisobi.biloldin (2)

3.Tayyor mahsulotlarni sotishdan olingan tushum hisobi
Xaridor va buyurtmachilardan olingan avanslar hisobi. Tovarlarni sotishdan olingan tushum hisobi. Ishlarni bajarish va xizmatlarni ko‘rsatishdan tushum hisobi. Tovarlar eksporti bo‘yicha hisob-kitoblar hisobi.
Xaridorga mahsulot yuklab jo‘natishdan oldin ulardan mahsulot qiymatining eng kamida 15 % bo‘nak to‘lovlari tariqasida qabul qilinishi lozim.
Olingan bo‘naklarning sintetik hisobi 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyotida yuritiladi. Bu schyot moddiy qiymatliklarni yetkazib berish uchun yoki bajarilgan ishlar uchun olingan avanslar bo‘yicha, shuningdek buyurtmachilar uchun bajarilgan qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlarni to‘lash bo‘yicha olib boriladigan hisob – kitoblar to‘g‘risidagi axborotni umumlashtirish uchun tayinlangan.
Olingan bo‘naklar summasi, shuningdek qisman tayyor bo‘lgan ishlar va xizmatlar uchun olingan to‘lanmalar, pul mablag‘larini hisobga oladigan schyotlar (5010, 5110, 5210) ning debeti va 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyotining kreditida aks ettiriladi. Masalan, ishlab chiqarish tannarxi 560000 so‘m, sotish qiymati 800000 so‘m bo‘lgan mahsulot uchun hisobot yilining 15 aprelida 15 % miqdorda, yaʼni 120000 so‘m oldindan bo‘nak to‘lov qilindi. Mahsulot xaridorga 20 aprel kuni jo‘natildi. 15 aprel kuni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Debet 5110 Hisob-kitob schyoti – 1200000 so‘m
Kredit 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyoti- 120000 so‘m
Mahsulot yuklab jo‘natilganda xaridordan olingan bo‘nak to‘lovlari hisobga olinib, xaridordan olinadigan summa, yaʼni debitorlik qarzlari buxgalteriya o‘tkazmasida aks ettiriladi. Yuqoridagi misolda 20 aprel kuni ikkita buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi. Birinchi o‘tkazma yuklab jo‘natilgan Mahsulotning sotish qiymatiga beriladi:
Debet 4010 Olinadigan schyotlar – 680000
Debet 6310 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olingan bo‘naklar” schyoti - -120000so‘m
Kredit 9010 Mahsulot sotishdan tushum - 800000
Xaridorga yuklab jo‘natilgan mahsulotning ishlab chiqarish tannarxiga esa quyidagi o‘tkazma beriladi:
Dt 9110 -«Sotilgan tayyor mahsulotlarning tannarxi” schyoti - 560000
Kt 2810 -«Ombordagi tayyor mahsulotlar” schyoti – 560000
Ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va xaridorning o‘zaro kelishuviga binoan xaridor mahsulotning 100 % qiymati summasida oldindan to‘lov qilishi mumkin. Bunda daromadni tan olishning ikkinchi sharti, yaʼni pul tushish ehtimoli to‘liq bajarilgani bilan bevosita shartnoma hali bajarilmaganligi uchun daromad tan olinmaydi. Xaridordan tushgan mablag‘ esa “Muddati uzaytirilgan daromad” nomi bilan majburiyat, yaʼni qarz sifatida aks ettirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yuqorida keltirilgan misoldagi sotish jarayonida 100 % oldindan to‘lov bo‘ldi, deb faraz qilamiz. Bunda pul tushgan kuni quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 5110 Hisob-kitob schyoti – 800000
Kt 6230 Muddati uzaytirilgan daromad – 800000
Mahsulot yuklab jo‘natilgan kuni esa quyidagi buxgalteriya o‘tkazmasi beriladi:
Dt 6230 Muddati uzaytirilgan daromad – 800000
Kt 9010 Mahsulot sotishdan tushum yoki daromad - 800000
To‘la tayyor buyumlar, materiallar va bajarilgan ishlar uchun mol oluvchi (buyurtmachi)larga schyotlar taqdim etilganda, ushlab qolinadigan olingan bo‘nak summalari va qisman tayyor bo‘lgan mahsulot va ishlar bo‘yicha olingan to‘lanmalar 6310-schyotning debetida va 4010 «Xaridorlar va buyurtmachilardan olinadigan schyotlar” schyotining kreditida aks ettiriladi. 6310 - schyot bo‘yicha analitik hisob har bir kreditor bo‘yicha yuritiladi.
Mahsulotlarni sotish bir qancha xarajatlarni keltirib chiqaradi va ular sotish xarajatlari deyiladi. Sotish xarajatlari tarkibiga quyidagilar kiradi:
1. Mol yuboruvchi korxona hisobidan preyskurantlarga yoki shartnoma shartiga binoan qilingan idish va joylash (qadoqlash va o‘rash), (o‘rash qog‘ozlari, taxtachalar, kanoplar) xarajatlari.
2. Ulgurji baho franko – yuklab jo‘natish bekati usulida (yuklash, yetkazib berish, tushirish) belgilangan hollarda mol yuboruvchi hisobidan mahsulot sotish bo‘yicha qilinadigan transport xarajatlari.
3. Korxonaning moliyaviy rejasida nazarda tutilgan mahsulot sotish bo‘yicha boshqa xarajatlar (sotish bo‘yicha ish haqi va unga tenglashtirilgan xarajatlar, reklama, vositachilik uchun xarajatlar kabilar).
Tayyor mahsulotlar omborga qabul qilingandan keyin qadoqlangan va o‘ralgan (upakovka) hollarda, idish xarajatlari sotish xarajatlariga kiritiladi.
Agar qadoqlash sexlarida mahsulotlarni omborga topshirishga qadar bajarilgan bo‘lsa, idishlar qiymati mahsulotlarni ishlab chiqarish tannarxiga kiritiladi. Nizom binoan bu xarajatlar 9410 «Sotish xarajatlari” schyotida hisobga olinadi . Bu schyot tranzit bo‘lib, aktiv schyotlarga mansub, oy boshiga unda qoldiq bo‘lmaydi; debet oboroti mahsulotni jo‘natish bilan bog‘liq bo‘lgan xarajatlarni ko‘rsatadi, kredit oboroti esa hisobot oyida foydani kamaytirishga o‘tkazilgan summalarni ko‘rsatadi. 9410- schyoti bo‘yicha ochilgan schyotlarning analitik hisobi debet va kredit oborotlari bo‘yicha hisobot oyi va yil boshidan jamlanib keluvchi xarajat summalarini moddalari bo‘yicha ko‘rsatgan tegishli qaydnomada yuritiladi. Bu, o‘z navbatida, mahsulot sotish xarajatlarini tahlil qilish va hisobot tuzishni osonlashtiradi.
Noishlab chiqarish xarajatlar har oyda to‘liq summada quyidagi yozuv bilan moliyaviy natijalarga o‘tkaziladi:
Dt 9910 «Yakuniy moliyaviy natija”
Kt 9410- «Sotish xarajatlari” schyoti.

Xulosa.
Mustaqil ish mavzusi orqali korhona va tashkilotlar ish faoliyatida maxsulot tovar, ish xizmatlarni sotish jarayonida ularni hisobga olish, baholash ishlari qay tartibda amalga oshirilishi bo'yicha bir qancha masalalar ko'rib chiqildi
Maxsulot ishlab chiqarish harajatlari hisobini tashkil etishning asosiga quydagi asosiy tamoyillar qo’yiladi.
Buxgalteriya hisobida harajatlarni iqtisodiy hihatdan va moddalar bo’yicha, maxsulot turlari va korxona bo’linmalari bo’yicha guruhlashtirish.
Maxsulot ishlab chiqarish va uning tannarxi kalkulyatsiyalashga doir harajatlar hisobining qabul qilingan uslubiyati yil davomida o’zgarmasligi.
Harajatlar hisobi obyektlarini maxsulot tannarxini kalkulyatsiya qilish obyektlari bilan muvofiqlashtirishi.
Daromad va harajatlar hisobot davriga to’g’ri kiritilishi
Hisobda ishlab chiqarilishning joriy harajatlari va kapital qo’yilmalari bilan bog’liq harajatlarni ajratishlar xisoblanadi.
Oy davomida ombordan yuklab jo‘natilgan mahsulotlarning assortimenti va qiymati bo‘yicha miqdori; transport xarajatlari summasi; qo‘shilgan qiymat solig‘i summasi; schyot – to‘lov hujjatlari bo‘yicha olishga tegishli summa; xaridorlar bilan hisob – kitoblar holati; mahsulot uchun hisobot oyida tushgan summalar to‘g‘risidagi maʼlumotlar va transport xarajatlarini qoplanishi va boshqa maʼlumotlar. Qaydnomada to‘langan, hisobdan chiqarilgan, to‘lanmagan va hisobdan chiqarilmagan summalar to‘g‘risidagi yig‘ma maʼlumotlar aks ettiriladi
Ayrim hollarda mahsulot ishlab chiqaruvchi va xaridorning o‘zaro kelishuviga binoan xaridor mahsulotning 100 % qiymati summasida oldindan to‘lov qilishi mumkin. Bunda daromadni tan olishning ikkinchi sharti, yaʼni pul tushish ehtimoli to‘liq bajarilgani bilan bevosita shartnoma hali bajarilmaganligi uchun daromad tan olinmaydi. Xaridordan tushgan mablag‘ esa “Muddati uzaytirilgan daromad” nomi bilan majburiyat, yaʼni qarz sifatida aks ettirilishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Foydalanilgan adabiyotlar
D.Xolboyev, U.N.Ibragimov "Moliyaviy hisob". O'quv qoʻllanma. -T-2016
I.K.Ochilov, J.E.Qurbonboyev “Moliyaviy hisob”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2007-y.
A.Ibragimov va boshqalar “Moliyaviy va boshqaruv hisobi”. O`quv qo`llanma. –T.: “IQTISOD -MOLIYA”, 2008-y.
O‘zbekiston Respublikasi buxgalteriya hisobining milliy standarti (4-sonli BHMS) “Tovar-moddiy zaxiralar”
Internet dayitlar
www.uz.unitial.com;
www.wikipedia.uz
www.hozir.org
www.lex.uz.
Download 53.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling