Maxsus drenaj


Download 48.63 Kb.
Sana02.11.2023
Hajmi48.63 Kb.
#1741239
Bog'liq
Amaliyot hisoboti


Amaliyot O’tagan Korxona :Buxoro Maxsus Drenaj MCHJ

Amaliyotchi: Sadullayeva Zilola Alisher Qizi


Mundarija:

Kirish

1.”MAXSUS DRENAJ” tarixi

2. “MAXSUS DRENAJ” marketing va buxgalteriya bo’limi faoliyati


3. Korxonada o’tkazilgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar


Xulosa



Foydalanilgan adabiyotlar

  1. Mamlakatimizda olib borilgan arxeologik qazishmalar natijalari shundan dalolat beradiki, bundan 3000-3200 yil avval bronza davrida irrigatsiya ishlari rivojlangan, suv inshootlari qurilgan. Zarafshon daryosidan suv olib, bundan ikki yarim ming yil avval faqat qo‘l mehnati bilan qurilgan Darg‘om kanalini qazishda gidrotexniklar yerning relefini katta aniqlik bilan hisobga olingan. Yirik savdo karvonlari yo‘llari ustida har 35-45km masofada sardobalar qurilgan. XX asrning boshiga kelib, O‘zbekiston hududida 1.6-1.8 million gektar sug‘oriladigan maydon mavjudligi o‘lkamizda azaldan murakkab sug‘orish tizimlari va ulardagi gidrotexnika inshootlari mavjud bo‘lganligini ko‘rsatadi

Oʻzbekistonda Suv xoʻjaligi sistemasi 20-a. ning 20y. laridan boshlab eski sugʻorish tarmoklarini tiklash, yangilarini qurish, sugʻoriladigan yangi yerlarni oʻzlashtirish (Mirzachoʻl, Dalvarzin, Qumqoʻrgʻon dashtlari, Jizzax choʻli, Qizilqum chekkasi) va uning suv taʼminoti, xoʻjaliklararo sugʻorish va kollektordrenaj tarmoklarini qurish va b. bilan bogʻliq holda shakllanadi (q. Kanal, Melioratsiya). Q. x. sugʻorma dehqonchilikka asoslangan Oʻzbekistonda suvni isteʼmolchilarga oʻz vaqtida va kerakli miqsorda yetkazib berish maqsadida koʻplab kanal, gidrouzel, gidrotexnika inshootlari, suv omborlari, doimiy nasos stansiyalari, kollektordrenaj tarmoqlari qurildi. Respublika S. x. da 4,3 mln. ga sugʻoriladigan yerlar va 19,5 mln. ga suv chiqarilgan yaylovlarni suv bilan taʼminlash uchun umumiy suv sarfi 2500 m3/sek boʻlgan 75 ta yirik kanal, umumiy hajmi 18,6 mlrd. m3 boʻlgan 53 suv ombori va 25 sel ombori, 32,4 ming km xoʻjaliklararo va 176,4 ming km xoʻjalik sugʻorish tarmoqlari, 5000 ga yaqin nasos agregatlari oʻrnatilgan 1479 doimiy nasos st-yalari va b. inshootlar qurilgan. Suv xoʻjaligi oʻz qurilish industriyasi va mexanizatsiyalashgan suv qurilish tashkilotlariga ega. Suv xoʻjaligi tizimida i. t. intlari, oliy va oʻrta maxsus oʻquv yurtlari (Oʻrta Osiyo irrigatsiya i. t. inti, «Suvloyiha» birlashmasi, Toshkent irrigatsiya va melioratsiya inti, kollejlar), loyihaizlanuv muassasalari faoliyat koʻrsatadi. Suv xoʻjaligiga umumiy rahbarlikni Respublika Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi olib boradi. Vazirlikning viloyatlar boshqarmalari hamda irrigatsiya tizimlari gidrouzellar, kanallar, nasos st-yalari ishlarini boshqaradi. Gidrometriya xizmati joylarda suv taqsimotini hisobga oladi va nazorat qiladi.
1920 - 1930-yillarda asosan qoʻl kuchiga asoslangan gidrotexnik inshootlar qurilishi 1950 - 1960-yillardan keyin mexanizatsiyalash yoʻli bilan keng miqyosda amalga oshirildi. Hozirda respublikamizda “O‘zbekiston Respublikasi suv xo‘jaligini rivojlantirishning 2020 - 2030 yillarga mo‘ljallangan konsepsiyasi” qabul qilingan bo‘lib, hukumat Suv xo‘jaligi vazirligiga Konsepsiyada belgilangan ustuvor yo‘nalishlarni amalga oshirish orqali 2030 yilga qadar quyidagi ko‘rsatkichlarga erishishni ta’minlash yuklatilgan [9]: sug‘orish tizimlarining foydali ish koeffitsiyentini 0,63 dan 0,73 gacha oshirish; suv ta’minoti past darajada bo‘lgan sug‘oriladigan yer maydonlarini 560 ming gektardan 190 ming gektargacha kamaytirish; sho‘rlangan sug‘oriladigan yer maydonlarini 226 ming gektarga kamaytirish; Suv xo‘jaligi vazirligi tizimidagi nasos stansiyalarining yillik elektr energiyasi iste’molini 25 foizga kamaytirish; barcha irrigatsiya tizimi obektlariga «Smart Water» («Aqlli suv») suv o‘lchash va nazorat qilish qurilmalari o‘rnatilib, suv hisobini yuritishda raqamli texnologiyalarni joriy etish; 100 ta yirik suv xo‘jaligi obektlarida suvni boshqarish jarayonlarini avtomatlashtirish; qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘orishda suvni tejaydigan texnologiyalar bilan qamrab olingan yerlarning umumiy maydonini 2 mln gektargacha, shu jumladan tomchilab sug‘orish texnologiyasini 600 ming gektargacha yetkazish; suv xo‘jaligida davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida 50 ta loyihani amalga oshirish. Shu о‘rinda shuni ta’kidlash zarurki aholining suvni qanday mashaqqat va sarf xarajat bilan yetkazib berilayotganligi tо‘g‘risida yetarli tushunchaga ega emasligi suvni tejashni tashkil qilishda katta tо‘siq bо‘lib hisoblanadi. Mamlakatimizda ishlab chiqarilayotgan 55-60 milliard kilovat soat elektr energiyasidan 8,0 milliardini suv resurslarini nasos stansiyalari orqali yetkazib berish uchun ishlatilayotganligini kо‘pchilik oddiy aholi bilmaydi. Yopiq gorizontal (tor transheyali, transheyasiz va tirqishli) drenaj, ularni oʻrnatish va tozalash uchun mashinalar, vertikal, keyinroq esa — kombinatsiyalangan drenaj, kanallarga qoplamalar qoʻyishning barcha turlari, lotokli va trubkali taqsimlagichlar — ana shularning barchasi avval Oʻzbekistonda ishlab chiqarishga keng joriy etilib, ­keyinchalik boshqa ittifoqdosh respublikalarning sugʻoriladigan yerlariga ­tarqatilgan. Oʻzbekiston Suv xoʻjaligi vazirligi suv xoʻjaligi tarmoqlaridan sanoat maqsadlarida foydalanishga oʻtish ishiga asos solgan, bu tizim mustahkam industrial bazaga ega boʻlib, faqat tarmoq yoki inshootda avariya sodir boʻlganda emas, balki reja boʻyicha doimiy profilaktik texnik xizmat koʻrsatishga moʻljallangan. Oʻz vaqtida yuqori baho va eʼtirofga sazovor boʻlgan yerlarni kompleks oʻzlashtirish va sugʻorish tadbirlari ham aynan Oʻzbekistonda yoʻlga ­qoʻyilgan. Gidrogeolik-meliorativ ekspeditsiyalar boʻyicha materiallar baholashning haqiqiyligini koʻtarishi va melioratsiya ishlarini qatʼiy loyihalar asosida olib borishning ilmiy asoslangan das­turini tashkil etishi lozim. Ilgari melioratorlar yopiq drenaj taʼmirini oʻz vaqtida bajarish va meʼyorlarga amal qilishga doimiy eʼtibor berar edi. Bu meʼyorlarga muvofiq har yili drenajlarning yetti foizi yuvilishi, kollektorlar esa — har uch-toʻrt yilda bir marta tozalanishi kerak. Oʻz vaqtida Suv xoʻjaligi vazirligi va “Glavsredazirsovxozstroy” ixtiyorida boʻlgan quvvatlar yordamida yiliga 4,5 ming kilometr drenajni yuvish mumkin boʻlgan boʻlsa, keyinchalik, 2015-yilgacha yuvish mashinalari va vositalari yoʻqligi sababli har yili 10-marta kam drenaj tozalandi. Bu esa loyqalanishga va drenajlarning toʻliq ishdan chiqishiga olib keldi. Hozirgi kunda yuvish quvvatlari yiliga ikki ming kilometrgacha yetkazilayotgan boʻlsa-da, bu qilinishi zarur ishlarning faqat yarmini ­tashkil etadi. Eng asosiysi, sohada keyingi bir necha yilga moʻljallangan istiqbol haqida aniq tasavvur shakllangan. “Sredazgiprovodxlopok” va “Uzgiprovodxoz” kabi loyiha tashkilotlarida yuqori malakali mutaxassislar suv resurslaridan kompleks foydalanish boʻyicha sxemalarda respublikaning iqtisodiy taraqqiyoti, suv va yerga boʻlgan ehtiyojni taʼminlash masalalarini ham aks ettirganlar. Tizim cheklangan suv limitini hisobga olish bilan bir qatorda, boshqa tarmoqlarning ham, jumladan, sugʻorma dehqonchilikning ham rivojini koʻzda tutishi kerak edi. Bu esa, rahbariyatdan suv taqsimoti va melioratsiyada samarali ­boshqaruv, iqtisodiyotda suvdan tejamkorlik bilan foydalanish masalalarini aniq yoʻlga qoʻyishni talab etdi. Shunisi diqqatga sazovorki, Oʻzbekistonda ishlab chiqilib, oʻzlashtirilgan texnik va texnologik yechim va yangiliklar keyinchalik butun sobiq Ittifoq hududiga tarqalgan. Soʻzimiz oxirida butun meliorativ tizimning yuqori samaradorligini suv xoʻjaligi industriyasining mavjud inshootlari faoliyatini tiklamasdan turib taʼminlash mumkin emasligini ham taʼkidlash lozim. Bular jumlasiga lotoklar, temir-beton quvurlar, turli (polietilen, polipropilen, epoksid qatron asosidagi) polimerlar ishlab chiqarish, toʻsuvchi armaturalar, klapanlar va boshqa zarur ­qismlar tayyorlash kiradi. Gap yangi yerlarni keng miqyosda oʻzlashtirish davrida suv xoʻjaligini zarur ashyolar bilan taʼminlab turgan ulkan korxonalar haqida ketmayapti. Lekin suv xoʻjaligi turli in­shootlar, sugʻorish tarmoqlari, lotoklar, drenajlarning ishdan chiqqan qismlarini doimiy almashtirib turish imkoniyatiga ega boʻlishi kerak. Shu bilan bir qatorda, biz tarmoqning texnik, loyihaviy va ilmiy salohiyatini tiklash, samaradorlik va foydali ish koeffitsiyentini oshiruvchi kompleks tizimni yaratish, suv va yerdan foydalanish natijadorligini oshirishga qaratilgan dasturni ishlab chiqish ishlarini ham birinchi galdagi vazifalar, deb bilamiz.


2. Buxgalteriya bo‘limining shtat birliklari tarkibi quyidagicha taqsimlanadi:
Bosh xisobchi filialning tarkibiy tuzilmasiga muvofik bosh hisobchi bevosita filial direktori va ishlar boshqarmasi boshlig‘iga bo‘ysunadi, buxgalteriya hisobini yuritish, hisobotlarni tuzish va taqdim qilish masalalari bo‘yicha esa, O‘zbekistan Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus talim vazirligining bosh hisobchisiga ham bo‘ysunadi hamda tashkilotda buxgalteriya hisobini yuritilishiga, moliyaviy hisobotlarni o‘z vaqtida va to‘liq topshirilishiga hamda normativ-hukukiy hujjatlarda belgilangan vazifalarni bajarilishiga javobgar bo‘ladi.
Bosh hisobchi muovini yuridik va jismoniy shahslar bilan hizmat ko‘rsatish hamda haridlarni amalga oshirish yuzasidan bajarilgan ishlar xisobini yuritadi.
Bosh hisobchi muovini auditor – kassa intizomini nazorat qiladi, debitor va kreditor karzdorliklarni bartaraf etish, hodimlarga ish haki va talabalarga stipendiya hisoblash va to‘lash yuzasidan muntazam nazorat ishini olib boradi.
Ish xakini hisoblash bo‘linmasi – hodimlarga tabel asosida ish haki hisoblash, ularga bank orkali plastik kartochka ochish, shahsiy jamgarib boriladigan pensiya badallari o‘tkazilishini ta’minlaydi.
Moddiy boyliklar bo‘linmasi – filial ombori, moddiy javobgar shahslar zimmasidagi tovar-moddiy boyliklar kirim-chiqimi hisobini yuritadi, tovar-moddiy boyliklarni hisobdan chiqarishda qatnashadi.
G‘azna – ish haki va unga tenglashtirilgan to‘lovlarga olingan nakd pul tarqatilishini amalga oshiradi.

Bоʻlimlаr FunktsiyаlаrBuxgаlteriyа bоʻlimi Boshlаngʻich buxgаlteriyа hisobi xujjаtlаri, moliyаviy hisob, soliqlаr hisobi vа hisobotlаrni yuritish vа tuzish Iqtisodiy rejаlаshtirish bоʻlimi Tаriflаrni shаkllаntirish, chorаklik vа yillik stаtistik hisobotlаrni tuzishMijozlаrgа xizmаt kоʻrsаtish bоʻlimlаri. Xizmаtkоʻrsаtish vа tоʻlovlаrni qаbul qilish hаmdа hisob-kitoblаrni аmаlgа oshirish1- jаdvаl vа nаmunаviy tаshkiliy tuzilmаning tаhlili funktsiyаlаrning qаtor kаmchiliklаri vа vаzifаlаri аyrim hollаrdа аniq belgilаnmаgаnligi, funktsiyаlаrning tаkrorlаnishi yoki оʻxshаshligi bоʻlishi mumkinligi аniqlаndi. Bundаn tаshqаri, uzoq muddаtli moliyаviy rejаlаshtirish, byudjetlаshtirish vа byudjet nаzorаtigа eʻtibor berilmаydi.
Bo‘limning huquq va majburiyatlari
Bo‘lim quyidagi xuquqlarga ega:
– bo‘lim vakolatlariga kirgan zaruriy ishlarni amalga oshirish uchun filialning tegishli bo‘linmalaridan (fakultetlar, kafedralar va bo‘limlar) axborotlar taqdim kilishni talab kilish;
– filialning tegishli tarkibiy bo‘linmalariga buxgalteriya masalalari bo‘yicha ko‘rsatmalar berish va topshiriqlarning ijrosini talab qilish;
– bo‘lim faoliyatiga oid masalalar bo‘yicha yozishmalar olib borish;
– amaldagi me’yoriy xujjatlarga asoslanib filialning byudjetdan tashqari mablaglaridan foydalanish va ularni shakllantirish bo‘yicha filial Kengashiga takliflar kiritish;
– bo‘lim xodimlarini ish faoliyati natijalariga ko‘ra o‘rnatilgan tartibda rag‘batlantirish yoki choralar ko‘rish buyicha filial rahbariyatiga takliflar kiritish;
– qonunchilik xujjatlariga muvofiq boshqa xuquqlarga xam ega bo‘lishi mumkin.
Quyidagilar bo‘limning majburiyatlari bo‘lib hisoblanadi:
– qonunchilik xujjatlariga muvofiq filialning kalendar yiliga mo‘ljallangan xarajatlar smetasini xamda byudjetdan tashqari mablaglar daromadlari va xarajatlarini amalga oshirish;
– filialda xarajatlar smetasi doirasida mablag‘lar sarfini nazorat qilish;
– o‘rnatilgan tartibda xamda muddatda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, statistika va soliq idoralariga xisobotlarni taqdim etilishini ta’minlash;
– qonun hujjatlariga muvofiq bo‘lim zimmasiga boshqa majburiyatlar xam yuklanishi mumkin. Har qanday marketing strategiyasida birinchi qadam kelgusi yil uchun ko'rsatkichlarni aniqlashdir. Marketing rejasi ikki xil maqsadlarni o'z ichiga olishi kerak: biznes maqsadlari va marketing maqsadlari. Biznes maqsadlari mahsulotning bozordagi mavqei (raqobatchilar orasidagi ulushi yoki o'rni), sotish darajasi, foyda va rentabellik kabi masalalarga tegishli. Marketing maqsadlari yangi mijozlarni jalb qilish, mavjud mijozlarni ushlab turish, mahsulotdan foydalanish chastotasi va davomiyligini oshirish kabi masalalarni hal qiladi. O'rtacha, yuqori sifatli marketing rejasini tuzish 1-3 oyni tashkil qilishi mumkin (biznes hajmiga va kompaniya portfelidagi mahsulotlar guruhlari soniga bog'liq). Agar siz joriy muammolarni hal qilishda marketingni rejalashtirish bilan shug'ullanayotgan bo'lsangiz, unda ushbu jarayon uchun kamida 2-4 oy vaqt ajrating. Bu vaqtning 50% ma'lumot to'plashga, 40% alternativalarni tahlil qilishga va ko'rib chiqishga, atigi 10% marketing rejasini tuzishga sarflanadi.

Korxonada o’tkazilgan ma’daniy ma’rifiy tadbirlar


Xulosa
Men malakaviy amaliyotni “Buxoro Maxsus Drenaj” MCHJ korxonasida o’tadim Xulosa qilib aytadigan bolsam Korxonaning ichki siyosat va qoidalariga kora korxona jamoasida o’zaro hamkorlik,hurmat va majburiy mehnatdan holi muhit joriy qilingan. Korxonadagi sharoitlar,mutaxasislarning barchasi o’z ishining ustasi ekanligi,umuman olganda korxonadagi muhit juda ajoyib edi. Iqtisodiy amaliyot haqida xulosam shuki, o‘gangn bilim va ko‘nikmalarni amaliyotda sinamasdan biror kasb egasi bo‘lish qiyin. Bunday tajriba oshirish uchun yillar davomida harakat qilinar ekan. Buning uchun esa 4 yil o‘qishning o‘zi kamlik qiladi. Bo`lajak iqtisodchi xodim uchun eng kerakli narsa ish jarayonini nazorat qila olish. Bunda bizga eng kerakli xislatlar mutaxassislik fanlarimizning barchasi hamda nutq madaniyati, metodikasi kabi fanlarni mukammal bilishni taqazo etadi.


Meningf ikrimcha, Oliy ta’limni bitirib maktab ostonasiga ilk qadam qo`yayotgan Iqtisodchi uchun bir oylik amaliyot kamlik qilarkan.
Download 48.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling