Maxsus fanlarni o’qitish metodikasining predmeti, maqsadi va vazifalari


Download 257.98 Kb.
bet7/8
Sana18.06.2023
Hajmi257.98 Kb.
#1598230
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
MAXSUS FANLARNI O’QITISH METODIKASINING PREDMETI, MAQSADI VA

Pedagogik so’rov usuli- tadqiqotchining boshqa kishilardan pedagogik tajribaning biror tomoni yoki hodisalar haqida axborot olish jarayoni bu usulning asosini tashkil qiladi. So’rash usulida savollarning mantiqiy o’ylangan tizimini, uning aniq foydalanishini, nisbatan kamchiligi (3-5 ta) nazarda tutiladi. Shuningdek, qat’iy shakldagi javobni (“ha”,”yo’q”) ham taqazo etish ko‘zda tutiladi. .


Test savollari- yoki anketa usuli ilmiy farazning yangiligini aniqlash, yakka yoki guruh holdagi ta’lim oluvchilar fikrlarini, qarashlarini, qanday kasblarga qiziqishlarini, kelajak orzu-istaklarini bilish va tegishli xulosalar chiqarish, tavsiyalar berish maqsadida o’tkaziladi. Test savollaridan ko’zlangan maqsad oz vaqt ichida takabalarning bilimlarini yoppasiga baholash.

Test yordamida bilimlarni baholashning pedagogic nuqtaviy nazaridan yutuqlari va kamchiliklari keltirilgan va baholash jarayononi EHM yordamida avtomatlashtirish mumkinligi takidlangan. Test savollari va masalalarning aniqligiga sabab, uning qisqa va lo’ndaligi, umumiy javoblar ivhida to’g’ri javobning borligi va ularning talabalarga ko’rsatma bo’lib xizmat qilishi, uning topishmoqli o’yingga o’xshashligi va javobni topishda xotira, ichki tuyg’u va topqirliklar qo’l kelishidir.


Tajriba-sinov, eksperiment usuli-ushbu tajriba ta’lim-tarbiya jarayoniga aloqador ilmiy faraz yoki amaliy ishlarning tatbiqiy jarayonlarini tekshirish, aniqlash maqsadida o’tkaziladi.
Statistik ma’lumotlarni tahlil qilish usuli – ta’lim sohasidagi, jumladan, ta’lim oluvchilarni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari, OTM uchun ajratilgan mablag’larning o‘zgarib borishi, darslik va o’quv qo’llanmalar, ko’rgazmali vositalar, o’qituvchi kadrlar tayyorlash va ularning salohiyati, ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasi, innovatsion loyihalar va ulardan tushayotgan mablag’lar va boshqalar statistika usuli orqali aniqlanib, tahlil qilinadi.
Matematik va kibernetik usullar – o’qitish nazariyasi amaliyotida axborot texnologiyalari yordamida ma’lumotlarni to‘plash, ularga mattemaik ishlov berish, bir tildan ikkinchi tilga tarjima qilish, elektron dasturli ta’lim va uni kompyuter orqali boshqarish, masofaviy o’qitish, baholash orqali ta’lim-tarbiya samaradorligini oshirish, tabaqalashgan va individual ta’lim berish kabi jarayonlardir.

Download 257.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling