Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet110/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Formaldegid, ya’ni metanal CH2O — o‘tkir bo‘g‘uvchi hidli, rangsiz, suvda yaxshi eriydigan zaharli gaz, –21°C da qay- naydi. Uning 40% li eritmasi formalin nomi bilan yuritiladi.
Formaldegid aldegidlar gomologik qatorining birinchi vakili bo‘lib, aldegidlarning umumiy formulasidagi (R—C = O)
H
radikalining o‘rnida vodorod atomi joylashgan, ya’ni:
O
H — C
H
Sanoatda formaldegid, asosan, ikki xil usulda — metan va uning gomologlarini chala oksidlash hamda metil spirtni havo kislorodi ta’sirida katalitik (mis, platina) oksidlash yoki de- gidrogenlash usullari bilan olinadi. Metanolni oksidlash ham, degidrogenlash ham yuqori temperaturada (500 — 700°C) olib boriladi.

CH3OH + 1/2O2


O

2
 H — C + H O
H



O

3 2
CH OH  H + H — C
H
Kimyoviy xossalari jihatidan formaldegid — ancha reak- siyaga kirishuvchi modda. Unga oksidlanish va biriktirib olish, shu jumladan, polikondensatlanish reaksiyalari xos.
H+
(CH ) N + 6H O  6CH O + 4NH
2 6 4 2 2 3
Geksametilentetraamin (urotropin) ga nitrat kislota ta’sir etti- rilganda, geksogen deb ataladigan kuchli portlovchi modda olinadi.

Urotropin plastmassa sanoatida, ayniqsa, fenolformaldegid smolalar tayyorlashda qotiruvchi modda, tibbiyotda esa antiseptik sifatida keng ko‘lamda ishlatiladi. Urotropin yonadi, shu sababli uni presslab „qattiq spirt“ deb ataladigan tutunsiz yonilg‘i tayyorlanadi.
Formaldegid ishqoriy muhitda (masalan, Ca(OH)2 ishti- rokida) aldol kondensatlanishga uchraydi. Aldol kondensat- langan formaldegid oraliq mahsulot — oksialdegidlar hosil qilib — uglevodlarga aylanadi:
CH2O 3CH2O
CH O + CH O CH OH—CHO  CH OH—CHOH—CHO 
2 2 2 2
Natijada — geksoza hosil bo‘ladi: CH2OH—(CHOH)4 —CHO Formalin tibbiyot amaliyotida keng qo‘llaniladi. Formalin- dan suv bug‘latib yuborilsa yoki uzoq vaqt past temperaturada saqlansa, u polimerlanib paraform deb ataluvchi oq cho‘kma
hosil qiladi:
nHCHO Ä (HCHO)n
paraform
Paraform molekulalari uchtadan to sakkiztagacha formal- degid molekulalarini saqlaydi. Past haroratda formaldegid poli- merlanishi tufayli uni dorixonalarda 10 — 12°C dan past haroratda saqlamaslik kerak.
Formaldegidning tibbiyotda qo‘llanishi uning oqsilni ivitish xususiyatiga asoslangan. Formaldegid ta’sirida bakteriyalarning oqsil moddalari iviydi, bu hatto ularning o‘limiga ham olib keladi. Formaldegid tibbiyotda, asosan, dezinfeksiyalash maq- sadida, ya’ni kasallik qo‘zg‘atuvchi mikroorganizmlarni yo‘qo- tishda qo‘llaniladi. Formalin bug‘lari bilan (formalinni qayna- tilganda) dezinfeksiya qilinuvchi xonalar bug‘lanadi; for- maldegid eritmasi bilan jarrohlar qo‘li, jarrohlik asboblari dezinfeksiyalantiriladi va hokazo. Shuningdek, formaldegid eritmasi anatomik preparatlarni buzilishidan saqlash (konser- valash) maqsadida glitserin, nitro- va aminospirtlar olishda ishlatiladi.
Formaldegidning ko‘p miqdori fenolformaldegid smolalar olishda ishlatiladi. U formaldegidning fenol bilan reaksiyaga kirishuvidan hosil bo‘ladi. Bu smola turli plastmassalar ishlab chiqarish uchun zarur.
Formaldegidning karbamid CO(NH2)2 bilan reaksiyaga kirishuvidan karbamid smola, undan esa aminoplastlar olinadi. Bu plastmassalardan elektrotexnika ehtiyojlari uchun mikro- g‘ovak materiallar tayyorlanadi. Formaldegid ba’zi bir dori moddalar va bo‘yoqlar ishlab chiqarishda ham ishlatiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   106   107   108   109   110   111   112   113   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling