Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asetilen gomologlariga suv ta’sir ettirib olish. Ikki
- 11.4.1. Karbonil gruppa reaksiyalari
- 11.5. Karbon kislotalar
Karbon kislotalardan olish. Karbon kislotalarini yuqori
haroratda (400—500°C) bug‘lantirib, katalizatorlar ba’zi metall oksidlari (TnO2, MnO, CaO, ZnO) ustidan o‘tkazil- ganda ketonlar hosil bo‘ladi. 2R—COOH R—CO—R+CO2+H2O R—COOH+R—COOH R—CO—R+CO2+H2O Asetilen gomologlariga suv ta’sir ettirib olish. Ikkivalentli simob tuzlari ishtirokida asetilen gomologlariga suv ta’sir ettirilganda ketonlar hosil bo‘ladi. CÍ3—C CÍ + ÍÎÍ CÍ3—CΗCÍ3 R–C CH +HOH HgCl2 R–CO–CH3 Karbon kislota xlorangidridlaridan olish. Bu usul bilan 13 — Kimyo 193 ketonlar olish uchun karbon kislota xlorangidridlariga kadmiy organik birikmalar ta’sir ettiriladi: R—CΗC1 + C Í CdÂr R—CΗC Í + CdClÂr 2 5 2 5 2 5 2 2 5 2 2R—CΗC1 + Cd(C Í ) 2R—CΗC Í + CdC1 Fizik xossalari. Ketonlar tegishli spirtlarga nisbatan past haroratda qaynaydi (11.1- jadval). Masalan, aseton 56,10°C da qaynasa, tarkibida uchta uglerod atomi bo‘lgan propil spirt 97,8°C da qaynaydi. Ketonlarning spirtlarga nisbatan past haroratda qaynashi ularning molekulalari spirt molekulalariga qaraganda kamroq assotsilanganligini ko‘rsatadi. 11.1-jadval Ba’zi ketonlarning fizik xossalari
Aseton rangsiz, tiniq suyuqlik bo‘lib, suvdan yengil; suv bilan har qanday nisbatda aralashadi. Uning o‘ziga xos o‘tkir hidi bor. Aseton eng yaxshi erituvchilardan biri bo‘lib, bir qancha organik moddalarni (masalan, nitroselluloza, kimyoviy tolalar, laklar va boshqalarni) eritadi, shuning uchun ham sanoatda (tutunsiz porox, sun’iy ipak ishlab chiqarishda) keng ko‘lamda ishlatiladi. Aseton xloroform, yodoform, bromoform, sulfonal, sintetik kauchuk (poliizo- pren), „karbinol yelim“, organik shisha va boshqa modda- larni olish uchun xomashyo bo‘lib xizmat qiladi. Kimyoviy xossalari. Ketonlar kimyoviy reaksiyalarga oson kirishadigan organik birikmalardir. Ular ko‘pchilik reaksiya- larga oddiy sharoitda ham bemalol kirishaveradi. Ularning kimyoviy ancha faolligiga sabab, molekulalarida karbonil gruppa borligidir. Karbonil gruppa uglerod atomlari orasidagi qo‘shbog‘ (C = C) kabi hamda bog‘lardan tashkil topgan bo‘ladi. Ammo karbonil guruhidagi kislorod atomi uglerod atomiga nisbatan elektromanfiy zaryadlangandir. Shuning uchun ham elektronlarning zichligi kislorodda ko‘proq bo‘lib qoladi va karbonil gruppa qutblanadi. Natijada karbonil gruppa qutblangan tuzilishga ega bo‘lib, dipol moment vujudga keladi. Ketonlar turli xil kimyoviy reaksiyalarga faqatgina karbonil gruppa hisobiga emas, balki karbonil gruppaga birikkan radi- kallar bilan ham kirishadilar. 11.4.1. Karbonil gruppa reaksiyalariBirikish reaksiyalari. Ketonlarning karbonil gruppaga turli xil birikmalar birikishi mumkin. Karbonil gruppaga birikmalar- ning birikishi uglerod kislorod bog‘ining uzilishi hisobiga boradi. 1. Ketonlar qaytarilish reaksiyasiga kirishadi, ya’ni ularga vodorod biriktirilganda karbonil gruppaning qo‘shbog‘i uziladi, ikkilamchi spirtlar hosil bo‘ladi: R—CΗR + 2Í R — CÍ(ÎÍ)—R Almashinish reaksiyalari. Ketonlarning karbonil gruppasi faqatgina birikish reaksiyasiga emas, almashinish reaksiyasiga ham kirishadi. Ular almashinish reaksiyasiga kirishgan vaqtda karbonil gruppaning kislorod atomi ugleroddan butunlay uzi- ladi va uning o‘rniga boshqa radikallar yoki atomlar kelib birikadi. Galogenlar bilan o‘rin almashinishi. Ketonlarga fosfor (V) xlorid yoki fosfor (V) bromid ta’sir ettirilganda, karbonil gruppaning kislorod atomi ikkita galogen atomiga almashinadi va to‘yingan uglevodorodlarning digalogeni hosil bo‘ladi: Cl R2C=O+PCl5 R2C + POCl3 Cl Gidroksilamin qoldig‘i bilan o‘rin almashinishi. Ketonlarga gidroksilamin (NH4OH) ta’sir ettirilganda suv ajralib chi- qadi. R2C = Î + NÍ4ÎÍ R2C = NÎÍ + Í2Î Oksidlanish reaksiyalari. Ketonlar oksidlanganda ham kislotalar hosil bo‘lib, ularning molekulasidagi uglerod atom- lar soni dastlabki ketondagiga nisbatan kam bo‘ladi. Karbon kislotalar hosil qilishi. Ketonlar kuchli oksidlov- chilar (masalan, kaliy permanganat) ta’sir ettirilganda zanjir- ning uzilishi tufayli oksidlanadi. Ketonlar oksidlanganda zanjir karbonil gruppaning har ikkala tomonida ham uzilishi mumkin. Bu qoidani A.N. Popov topganligi sababli Popov qoidasi deb yuritiladi. Masalan, etilbutil keton oksidlanganda to‘rtta kislota hosil bo‘lishi mumkin: ...... ...... Î CH2—CH2 — C — CH2—CH2—CH2—CH3 CH3—COOH; CH3—CH2—CH2—CH2—COOH CH3—CH2—COOH; CH3—CH2—CH2—COOH Ketonlar oksidlanganda bu kislotalardan tashqari boshqa birikmalar ham hosil bo‘lishi mumkin. Bu esa ularning tuzi- lishini aniqlashda qiyinchilik tug‘diradi. Ammo shunday bo‘lishiga qaramasdan, ularning tuzilishi oksidlanish natijasida hosil bo‘lgan kislotalarga qarab aniqla- nadi. 11.5. Karbon kislotalarMolekulasida funksional karboksil gruppasiO (–C–OH) saqlaydigan organik birikmalarga karbon kislotalar deyiladi. Karboksil degan nom karbonil va gidroksid so‘zlaridan kelib chiqqan. Karbon kislotalar molekulasidagi karboksil gruppaning soniga ko‘ra bir asosli, ikki asosli va ko‘p asosliga, radikalning tabiatiga ko‘ra to‘yingan, to‘yinmagan va aromatik xillariga farqlanadi. Bir asosli to‘yingan karbon kislotalarga shunday ta’rif berish mumkin: molekulalarida to‘yingan uglevodorod radikali yoki vodorod atomi bilan birikkan bitta karboksil gruppasi bo‘lgan organik moddalar bir asosli to‘yingan karbon kislotalari deb ataladi. Ularni umumiy holda O CnH2n–1 –C–OH formula bilan ifodalash mumkin (chumoli kislota bundan mustasno). Nomenklaturasi. Ko‘pincha kislotalarning tarixiy trivial nomlari ishlatiladi: H — COOH — chumoli kislota; CH3 — COOH — sirka kislota; CH3 — CH2 — COOH — propion kislota; CH3 — CH2 — CH2 — COOH — moy kislota; CH3 — CH2 — CH2 — CH2 — COOH — valerian kislota. Ratsional nomenklaturaga muvofiq bir asosli karbon kislotalarni nomlashda karboksil gruppa bilan birikkan radikalga mos keladigan uglevodorod nomiga „karbon kislota“ so‘zlari qo‘shiladi. Masalan: sirka kislota CH3COOH — metan karbon kislota; propion kislota CH3CH2COOH — etan karbon kislota; moy kislota CH3CH2CH2COOH — propan karbon kislota deb ataladi va hokazo. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling