Tabiatda tarqalishi. Chumoli kislota chumolida, qichitqi o‘t (krapiva)da va ignabargli archada bo‘ladi. Qichitqi o‘tning kuydirishi — chumoli kislotaning yallig‘lantirish ta’sirining
natijasidir. Moy kislota (propan kislota) achigan moy tarki- bida, valerian (butan) kislota esa valerian o‘simligi ildizida bo‘ladi.
Olinishi. 1. Karbon kislotalar laboratoriyada anorganik kislotalar kabi ularning tuzlariga sulfat kislota ta’sir ettirib qizdirish bilan olinishi mumkin:
O O
t
2CH3—C + H2SO4 Na2SO4 + 2CH3—C
O—Na O—H
natriy asetat sirka kislota
O O
t
2CH3—(CH2)16—C + H2SO4 Na2SO4 + 2CH3—(CH2)16—C
O— Na OH
natriy stearat stearin kislota
To‘yingan bir asosli karbon kislotalar, asosan, quyidagi usullar bilan olinadi:
Murakkab efirlarni gidrolizlash bilan olish mumkin:
R—C—O—R + HOH R—C—OH + R—OH
O O
Bu usul amalda yuqori molekular yog‘ kislotalarini yog‘lardan va moylardan olishda qo‘llaniladi.
Birlamchi spirtlarni oksidlash yo‘li bilan olish. Bunda avval aldegid, so‘ngra esa kislota hosil bo‘ladi:
+[O] +[O]
CH3CH2—OH CH3—C = O CH3—COOH
–H2O
H
Fizik xossalari. Karbon kislotalarning quyi vakillari odat- dagi sharoitda o‘tkir hidli, suv bilan har qanday nisbatda aralashadigan, harakatchan suyuqlik. Kislotalar sinfining o‘rta vakillari, ya’ni molekulasida uglerod atomlarining soni besh- tadan to‘qqiztagacha bo‘lgan kislotalar (izomoy kislota ham) moysimon suyuqliklar bo‘lib, suvda yomon eriydi.
Yuqori molekulali yog‘ kislotalar hidsiz, suvda erimay- digan qattiq moddalardir. Karbon kislotalarning deyarli ham- masi spirtda va efirda yaxshi eriydi.
Kislotalarning molekular og‘irligi ortishi bilan solishtirma og‘irligi kamayadi, qaynash temperaturasi esa ortadi. Normal tuzilishga ega bo‘lgan kislotalar tarmoqlangan zanjirli kislota- larga qaraganda yuqori temperaturada qaynaydi. Molekulasidagi uglerod atomlarining soni juft bo‘lgan kislotalar uglerod atomlari soni toq bo‘lgan kislotalarga qaraganda yuqori tempe- raturada suyuqlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |