Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet116/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Kimyoviy xossalari. Karbon kislotalarning gidroksil grup- pasidagi vodorod atomi spirtlar molekulalaridagiga nisbatan ancha harakatchan. Shuning uchun suvda eriydigan karbon kislotalar vodorod ionlarini chiqaradi va lakmusni qizartiradi:
O O
R — C  R — C + H+ OH O
Karbon kislotalar orasida chumoli kislota eng kuchli kislota
hisoblanadi. Karbon kislotalarning kuchi karboksil gruppasiga birikkan atomga yoki atomlar gruppasiga bog‘liq. Karboksil gruppaga birikkan radikallarning kattalashishi kislotalarning kuchini kamaytiradi.
Karbon kislotalarni kimyoviy xossalariga xos reaksiyalarni, asosan, quyidagi gruppalarga bo‘lish mumkin: Kislota kar- boksil gruppasidagi vodorod atomiga xos reaksiyalar. Karboksil gruppasining gidroksiliga xos reaksiyalar. Kislota karbonil gruppasiga xos reaksiyalar. Kislota radikalidagi vodorodning almashinishi bilan boradigan reaksiyalar. Oksidlanish reak- siyalari.

  1. Kislotaning karboksil gruppasidagi vodorod atomi me- tallar, metall oksidlari va ishqorlar bilan reaksiyaga kirishadi.

Karbon kislotalarning metallar bilan reaksiyasi:


2R—C—OH + 2Na  2R—C—ONa + H2
O O

Metall oksidlari bilan reaksiyasi:


2R—COOH + MgO  (R—COO)2Mg + H2O
Ishqorlar bilan reaksiyasi:
R—COOH + NaOH  R—COONa + H2O
Kuchsiz va uchuvchan kislotalarning tuzlari bilan reak- siyaga kirishadi:
2CH3COOH + CaCO3  (CH3COO)2Ca + CO2 + H2O
kalsiy asetat

  1. Karboksil gruppasidagi gidroksilga xos bo‘lgan reaksiya- larga kislota galogenangidridlari, kislota angidridlari, kislota amidlari va murakkab efirlarining hosil bo‘lish reaksiyalarini misol keltirish mumkin.

Karbon kislotalarga fosforning galogenli birikmalari PCl5, PCl3 yoki tionil xlorid ta’sir qildirilganda kislotaning galogen angidridlari hosil bo‘ladi:
R—C = O + PCl5  R—C = O + POCl3 + HCl OH Cl
kislota galogen angidridi


Cl
R—C = O + O = S  R—C = O + SO2 + HCl
Cl
OH Cl
tionil xlorid

Galogenangidridlar juda beqaror moddalar hisoblanib, ular suv ta’sirida vodorod xlorid va tegishli kislotaga parcha- lanadi:


O R—C = O + HOH  R— C + HCl
Cl OH
Gidroksil gruppaning aminogruppa NH2 bilan alma- shinishi natijasida kislota amidi hosil bo‘ladi:
O O
R—C  R—C
OH NH2
Karboksildagi gidroksilning spirt qoldig‘i bilan almashi- nishi murakkab efirlar hosil bo‘lishiga olib keladi. Murakkab
efirlar hosil bo‘lishining eng oddiy usuli kislotalarni spirt bilan suv tortib oluvchi modda (H2SO4,HCl va b.) lar ishtirokida qizdirishdir:
O O
CH3—C + HO—C2H5  H2O + CH3—C
OH OC2H5
sirka kislota sirka etil efiri



  1. Kislota karbonil gruppasiga xos reaksiyalarga misol qilib vodorodning birikish reaksiyasini keltirish mumkin:

OH
O O
R—C + H2  R—C—OH  R—C + H2  R—CH2OH

OH Í
–H2O
H

Bu reaksiya maxsus katalizatorlar ishtirokida yuqori tem- peraturada boradi.

  1. Kislota radikalidagi vodorodning almashinishi bilan boradigan reaksiyalarga quyosh nuri, yod kristallari yoki fos- for katalizatorligida galogen ta’sirlashishini keltirish mumkin. Bunda radikaldagi bir yoki bir necha vodorod atomi galogenga almashingan kislota hosilasi vujudga keladi:

k a t .
CH3CH2—COOH + Br2  CH3CH—COOH + HBr
propion kislota
Br
- brompropion kislota
Xuddi aldegid va ketonlardagi kabi karboksil gruppada - holatdagi vodorod atomlari ancha harakatchan hisoblanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   112   113   114   115   116   117   118   119   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling