Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet117/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Oksidlovchilar ta’siriga karbon kislotalari nisbatan turg‘un hisoblanadi (chumoli kislotadan tashqari). Chumoli kislotani ham aldegid
O O

HO—C—H ham kislota H—C—OH deb qarash mumkin. Shu sababli u oson oksidlanadi va karbonat kislotaga ayla- nadi:

O O
HO—C—H + O  HO—C—OH
(H2CO3)
Karbon kislotalarning qaynash temperaturasining yuqori bo‘lishi bu molekulalar orasida vodorod bog‘lanishlar hosil bo‘lishi bilan bog‘liq hisoblanadi:
¾O = C—OH ¾ O = C—OH ¾ O = C—OH ¾ R R R
Chumoli kislota HCOOH — o‘tkir hidli, rangsiz suyuq-
lik, 101 °C da qaynaydi. Suvda istalgan miqdorda eriydi. Terini kuydiradi. U chumoli bezlaridan ajralib chiqadigan suyuqlik tarkibida, shuningdek, ba’zi o‘simliklarda (masalan, qichitqi o‘t barglarida) bo‘ladi.
Olinishi. Ilgari chumolilarni suvga bo‘ktirib, so‘ngra erit- mani haydash yo‘li bilan chumoli kislota olinar edi. Hozirgi vaqtda u bir asosli karbon kislotalar olishning yuqorida ko‘rsatilgan umumiy usullaridan biri bilan sintez qilish mumkin. Laboratoriyada chumoli kislota quyidagi usullar bilan olinadi:

  1. Xloroformga o‘yuvchi natriy eritmasini ta’sir ettirish yo‘li bilan:

O HCCl3 + 3NaOH  3NaCl + HC(OH)3  HC + H2O
OH

  1. Sianid kislotani gidrolizlash natijasida:

HCN + 2H2O  HCOOH + NH3

  1. Metall gidridiga karbonat angidrid ta’sir ettirish bilan kislota tuzi olinib, uni kislota ta’sirida parchalab chumoli kislota olish mumkin:

KH + CO2  HCOOK
Sanoatda chumoli kislota olish uchun o‘yuvchi natriyga 125 — 150°C temperaturada va 5—10 atm ostida uglerod oksid biriktiriladi:

CO + NaOH  H—C


O



ONa

Hosil bo‘lgan natriyli tuz suyultirilgan sulfat kislota ishti- rokida parchalanganda chumoli kislotaga aylanadi:
O O
2H—C—ONa + H2SO4  Na2SO4 + 2H—C — OH
Chumoli kislota o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik, qaynash temperaturasi 100,5°C, suv bilan har qanday nisbatda arala- shadi va azeotrop aralashma (77,5% kislota va 22,5% suv) hosil qiladi. Azeotrop aralashmaning qaynash temperaturasi 107°C. Chumoli kislota teriga tegsa kuydiradi, shu sababli o‘yuvchi kislota ham deyiladi.
Chumoli kislota tuzilishi jihatidan bir asosli boshqa kar- bon kislotalardan farqlanadi, ya’ni uning molekulasida kar- boksil gruppa boshqa kislotalardagi kabi radikal bilan emas, balki vodorod atomi bilan bog‘langan. Shu sababli chumoli kislotaning o‘ziga xos xususiyatlari ham bor.
Bir asosli karbon kislotalardan chumoli kislota eng kuchli kislota hisoblanadi. Kimyoviy xossalari bilan boshqa karbon kislotalardan farq qiladi.

  1. Chumoli kislotaning karboksil gruppasi bevosita vodorod bilan bog‘langanligi tufayli uni bir vaqtning o‘zida ham kislota, ham aldegid deb qarash mumkin. U aldegidlarga xos

„kumush ko‘zgu“ reaksiyasiga kirishadi:
O O

HO — C + Ag2O
NH H O

3, 2

H—O—C + 2Ag

H O—H
karbonat kislota

  1. Chumoli kislota va uning tuzlari konsentrlangan sulfat kislota bilan qizdirilganda suv ajralib chiqadi va uglerod (II) oksid hosil bo‘ladi:

O
H—C

H SO ,t



2 4
 H2O + CO

O—H

Bu reaksiyadan ba’zan laboratoriyada uglerod (II) oksid olishda foydalaniladi.

  1. Natriy formiat 400°C gacha tez qizdirilganda vodorod ajralib chiqadi va natriy oksalat hosil bo‘ladi:

2HCOONa  H2 + (COONa)2

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   113   114   115   116   117   118   119   120   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling