Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet118/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Ishlatilishi. Chumoli kislota kimyo sanoatida organik moddalarni sintez qilishda qaytaruvchi sifatida, shuningdek, oksalat kislota olish uchun oziq-ovqat sanoatida — dezinfek- siyalovchi va konservalovchi vosita sifatida; to‘qimachilik sanoatida — gazlamalarni bo‘yashda, tibbiyotda — bod kasalli- gini davolashda ishlatiladi. Keyingi yillarda chumoli kislotaning
O

hosilasi dimetilformamid
H–C–N(CH3 )2
sanoatning turli

sohalarida, ayniqsa, sintetik tolalar olishda eng yaxshi erituv- chi sifatida ishlatilmoqda. Dimetilformamid — rangsiz, qo‘lansa hidli suyuqlik, qaynash temperaturasi 153°C.
Chumoli kislotaning murakkab efirlari erituvchi va xush- bo‘y moddalar sifatida ishlatiladi.
Sirka kislota odatdagi temperaturada — o‘ziga xos o‘tkir hidli, rangsiz suyuqlik. U +16,6°C dan past temperaturada muzga o‘xshash kristallar holida qotadi, shu sababli u muz sirka kislota deyiladi. Sirka kislota suvda istalgan miqdorda eriydi, uning suvdagi 3—9% li eritmasi sirka deyiladi va ovqatga qo‘- shish uchun ishlatiladi. 70—80% li sirka kislota sirka essen- siyasi deyiladi.
Olinishi. Sirka kislota olishning hozirgi sintetik usuli sirka aldegidni oksidlashga asoslangan, bu aldegidning o‘zi esa aseti- lendan M.G.Kucherov reaksiyasi bo‘yicha olinadi (asetilen juda arzon xomashyodan — metandan olinadi):

O [ O ] O


2+
Hg
CH  CH + H2O  CH3—C  CH3—C
H OH
Sirka kislota olishning butanni oksidlashga asoslangan yangi usuli katta ahamiyatga ega:

O
2CH3—CH2—CH2—CH3 + 5O2  4CH3—C +2H2O
OH
Sirka kislotani metandan olish jarayoni ko‘p bosqichli bo‘lgani holda (metan — asetilen — sirka aldegid — sirka kislota) butanni oksidlab kislota olish bir bosqichlidir, bu esa katta iqtisodiy samara beradi.
Oziq-ovqat sanoatida ishlatiladigan sirka essensiyasi bio- kimyoviy usul bilan olingan sirka kislotadan tayyorlanadi. Bu usul spirtning havo kislorodi ta’siri ostida „sirka zamburug‘- lari“ ishtirokida oksidlanishiga asoslangan:
O
CH3 — CH2—OH + O2  CH3—C + H2O
OH
Ana shu jarayonning borishi tufayli uzum vinosi havoda ochiq qoldirilsa, oksidlanishi natijasida sirkaga aylanib qoladi. Kimyoviy xossalari. Kimyoviy xossalari jihatidan sirka kis- lota mineral kislotalarga o‘xshaydi. U suvdagi eritmada ionlarga
ajraladi:
CH3COOH  CH3COO + H+
Kislota qoldig‘i CH3COO asetat-ion deyiladi. Sirka kislota kuchsiz elektrolitlar qatoriga kirganligi sababli vodorod ionlari va asetat-ionlar kam hosil bo‘ladi.
Mineral kislotalar kabi sirka kislota ham asoslar, asosli oksidlar va tuzlar bilan reaksiyaga kirishadi, bu reaksiyalardan uning tuzlarini — asetatlarni olishda foydalaniladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling