Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nomenklatura va izometriyasi.
Ishlatilishi. Sirka kislota turli-tuman maqsadlarda ishlatiladi. U bo‘yoqlar (masalan, mis(II) asetat, indigo), dorilar (masa-
lan, CH3COOPb(OH), aspirin), murakkab efirlar, sirka angid- rid, monoxlorsirka kislota va hokazolarni sintez qilish uchun zarur. Uning ko‘p miqdori asetat tola, yonmaydigan kino- plyonkalar, ultrabinafsha nurlarni o‘tkazadigan organik shisha- lar ishlab chiqarishga sarflanadi. Uning tuzlari — asetatlar keng qo‘llaniladi. Qo‘rg‘oshin (II) asetat qo‘rg‘oshinli oq moy bo‘yoq, tibbiyotda ishlatiladigan qo‘rg‘oshinli primochkalar, temir (II) asetat va aluminiy asetatlar matolarni bo‘yashda tezob (bo‘yoqni mahkam tutib turadigan modda), mis (II) asetat o‘simlik zararkunandalariga qarshi kurashda, 3—9% li sirka kislotalarning suvdagi eritmasi ta’m beruvchi va konser- valovchi vosita sifatida ishlatiladi. 11.6. Oddiy va murakkab efirlarSpirt molekulasidagi gidroksil gruppaning vodorod atomi radikalga o‘rin almashinishidan hosil bo‘ladigan moddalar oddiy efirlar deb ataladi. R—OH + HOR = R — O — R + H2O Oddiy efirlar molekulasidagi radikallarning tuzilishiga qa- rab bir xil va har xil bo‘lishi mumkin. Bir xil oddiy efirlarda R—O—R, ya’ni CH3—O—CH3; C2H5—O—C2H5. Har xil od- diy efirlar aralash oddiy efirlar deb ham yuritiladi. Ularda radikallar har xil bo‘ladi. R—O—R, ya’ni C4H9—O—C3H7 Nomenklatura va izometriyasi. Oddiy efirlar, odatda, ra- tsional nomenklaturaga muvofiq, ya’ni radikallar nomiga efir so‘zi qo‘shib aytiladi, masalan: CH3—O—CH3 dimetil efir, metil efir C2H5—O—C2H5 dimetil efir, etil efir CH3—O—C2H5 metiletil efir CH3 aralash oddiy efirlar. CH3—O—CH metilizopropil efir CH3 Oddiy efirlarda radikallar bir xil bo‘lsa, ko‘pincha, di- old qo‘shimcha tushirib qoldiriladi. Oddiy efirlar Jeneva no- menklaturasiga muvofiq atalganda oddiy efirlar uglevodorod- larning (CnH2n+1—H) vodorod atomi alkoksi (R—O—) guruh bilan o‘rin almashgan hosilasi CnH2n+1—O—R deb qaraladi. Shuning uchun ham oddiy efirlarni Jeneva nomenklaturasiga muvofiq atashda alkoksi guruh nomiga uglevodorod nomi qo‘shib aytiladi. Masalan: CH3—O—CH3 metoksimetan CH3—O—CH2—CH3 metoksietan CH3—CH2—O—CH2—CH etoksietan Oddiy efirlarning, masalan, dimetil efirning CH3—O—CH3 radikalidagi vodorod atomi metil radikali bilan birin-ketin al- mashtirilganda gomologik qator hosil bo‘ladi: CH3—O—CH3; CH3—O—CH2—CH3; CH3—CH2—O—CH2—CH3 va hokazo. Oddiy efirlar izometriyasi radikallar izometriyasiga bog‘liq bo‘ladi. Oddiy efir izomerlarning har biri gomologik qator hosil qilishi mumkin. Shuning uchun ham oddiy efirlarda radi- kallar izometriyasidan tashqari metameriya deb ataluvchi izometriya turi ham uchraydi. Har xil radikallardan tashkil topgan, ammo molekular formulasi bir xil bo‘lgan birik- malar metamer birikmalar deyiladi. Masalan, dietil efir C2H5—O—C2H5 va metilpropil efir CH3—O—C3H7 o‘zaro metamerdir, chunki ulardan ikkalasining ham empirik for- mulasi bir xil C4H10O bo‘ladi, ammo ularda radikallar (metil va propil) bir-biridan farq qiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling