Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet120/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Olinish usullari. 1. Alkagolatlarga galogen alkinlar ta’sir ettirib olish. Bu usul laboratoriya usuli hisoblanadi va efirlar- ning tuzilishini isbotlashda foydalaniladi.
C3H7OK + CH3I = C3H7 — O — CH3 + KI

  1. Galogen alkillarga kumush oksid ta’sir ettirilganda ham osonlik bilan oddiy efirlar hosil bo‘ladi:

2CnH2n+1I + Ag2O = (CnH2n+1)2O + AgI

  1. Ikki molekula spirtdan bir xil molekula suv tortib olin- ganda ham oddiy efirlar hosil bo‘ladi. Bu usul laboratoriya hamda texnikada foydalaniladigan usul bo‘lib, suv tortib oluv-

chi modda sifatida konsentrlangan sulfat (H2SO4), fosfat (H3 PO4) va boshqa kislotalar ishlatiladi. Sanoatda oddiy efir- lar spirt bug‘larini katalizator ustidan yuqori haroratda o‘tka- zib olinadi. Masalan, etil efir olish uchun etil spirt bug‘i ustidan 250°C haroratda aluminiy oksid o‘tkaziladi:
CH3OH + CH3OH = CH3—O—CH3
Fizik xossalar. Oddiy efirlardan dimetil va metil efirlar oddiy sharoitda gaz bo‘lib, qolganlari esa oson harakatlanuvchi

rangsiz suyuqlikdir. (C17H35) 0 dan boshlab oddiy efirlar qattiq holatda bo‘ladi. Oddiy efirlar suvdan yengil va unda deyarli erimaydi. Organik erituvchilarda oson eriydi va o‘zi ham ko‘pincha organik moddalarni eritadi. Oddiy efirlarning qay- nash harorati ularni hosil qilgan spirtlarnikidan past. Masalan, dimetil efir — 23,6°C da, metil spirt esa + 65°C da qaynaydi. Kimyoviy xossalari. Oddiy efirlar kimyoviy jihatdan barqa-


ror moddalar bo‘lib, juda qiyin gidrolizlanadi. Shuning uchun
ham oddiy efirlar turli xil kimyoviy reaksiyalarda erituvchi sifatida ishlatiladi.
Konsentrlangan sulfat kislota oddiy efirlarni tegishli to‘la yoki nordon murakkab efirlar va spirtlarga aylantiradi. Ma- salan:

C2H5—O—C2H5
HOSO3H

H2SO4

C2H5—O—SO3H + C2H5OH
etilsufat kislota



C2H5—O—SO2—O—C2H5+H2O

yoki
SO3
dietil sulfat

Konsentrlangan iodid kislota oddiy efirlarni parchalab, ga- logen alkil va spirt hosil qilinadi. Masalan:
C2H5—O—C2H5 + HI = C2H5I + C2H5OH
Ushbu reaksiya qizdirish bilan olib borilsa, u holda spirt- ning o‘rniga ham galogen alkil hosil bo‘ladi, ya’ni ikki mole- kula galogen alkil olinadi:
C2H5—O—C2H5 + 2H I = 2C2H5I + H2O
Analitik kimyoda bu reaksiyadan foydalanib metoksil — OCH3, etoksil -OC2H5 gruppalarining miqdori aniqlanadi (Seyzel usuli).
Natriy metali oddiy sharoitda efirlarga ta’sir qilmaydi. Yuqori haroratda oddiy efirlarni (ayniqsa, yuqori gomologlarini) par- chalaydi va alkagolat hamda metallorganik birikmalar hosil qiladi. Masalan:
R—O—R + 2Na = R—O—Na + R—Na
Reaksiyaga oddiy efir ortiqcha olinganda metallorganik birik- ma bilan yana reaksiyaga kirishib uglevodorodlar hosil qiladi:

C2H5—Na + (C2H5)2O = C2H5—O—Na + C2H4 + C2H6
Oddiy efirlarda oksidlanish xususiyati bor. Efirlar yorug‘lik ta’sirida uzoq muddat turib qolganda havo kislorodi bilan oksidlanadi va peroksidlar hosil qiladi. Masalan, dietil efir oksidlanganda peroksid hosil bo‘ladi:
CH3—CH2—O—CH2—CH3+3OCH3—CH3—CH—O—O—CH—CH3
OH OH
oksietil peroksid
Oksietil peroksid zaharli modda bo‘lib, portlovchi xossaga ega. U ozroq nam ta’sirida parchalanadi va gidroperoksid hamda sirka aldegid hosil qiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   116   117   118   119   120   121   122   123   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling