Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reak- siyasi eterifikatsiya (eter — efir) reaksiyasi deyiladi


Download 1.22 Mb.
bet122/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Kislota bilan spirtdan murakkab efir hosil bo‘lish reak- siyasi eterifikatsiya (eter — efir) reaksiyasi deyiladi.


Eterifikatsiya reaksiyasi qaytar reaksiyadir. Reaksiya bosh- langandan keyin ma’lum vaqt o‘tgach, muvozanat qaror to- padi. Reaksiya unumini oshirish uchun hosil bo‘lgan suv yoki efirni haydash bilan reaksiya sferasidan chiqarish yoki dastlab olingan moddalardan birini ortiqcha olish kerak.
Murakkab efir hosil bo‘lishida ajralib chiqadigan suvning kislorodi qaysi gidroksil gruppasidan (spirtdanmi yoki kislota- danmi) ajralib chiqadi, degan masalani hal qilish uchun
„nishonlangan atomlar“ (izotoplar) yordamida tajribalar o‘t- kazilgan.
Aniqlanishicha, organik kislota bilan spirt eterifikatsiya reaksiyasiga kirishganda organik kislotadan gidroksil gruppa, spirtdan esa vodorod atomi ajralib chiqar ekan.
Galogenvodorod kislotalarning, shuningdek, sulfat, nitrat kabi kuchli anorganik kislotalarning murakkab efirlari kislo- tadan vodorod, spirtdan esa gidroksil ajralishi bilan hosil bo‘ladi:


C2H5 OH + H O—NO2  C2H5—O—NO2 + H2O


etilnitrat o‘rta efiri
Fizik xossalari. Eng oddiy bir asosli kislota va spirtlarning murakkab efirlari — suvdan yengil suyuqliklar, uchuvchan va ko‘p hollarda xushbo‘y hidli moddalar. Masalan, sirka kislo- taning izopentil efiri (izopentilasetat) nok hidli, moy kislota- ning butil efiri — ananas hidli bo‘ladi.
Murakkab efirlarning qaynash va suyuqlanish tempera- turalari tegishli organik kislotalarnikidan past. Faqat molekula massalari nisbatan uncha katta bo‘lmagan murakkab efirlargina suvda eriydi.
Ko‘pchilik murakkab efirlardan xushbo‘y meva hidi keladi. Masalan, chumoli-amil efirdan — olcha hidi, chumoli-etil efirdan — rom, sirka-amil efirdan — banan, moy-etil efirdan — o‘rik, moy - butil efirdan — ananas, izovalerian-etil efirdan — olma hidi keladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling