Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Sovunlar. Yuqori molekular alifatik kislotalarning tuzlari sovunlar deyiladi. Natriyli va kaliyli sovunlar suvda yaxshi erisa, magniyli, kalsiyli, qo‘rg‘oshinli sovunlar suvda erimay- di. Sovunlar qattiq hamda suyuq holda bo‘lishi mumkin. Natriyli sovunlar qattiq, kaliyli sovunlar esa suyuq bo‘ladi. Sovunlarning yuvuvchi ta’siri murakkab fizik-kimyoviy jarayon bo‘lib, hozirgi vaqtga qadar to‘liq o‘rganilmagan. Ammo shunday bo‘lsa ham, sovunlarning yuvuvchi ta’sirini quyidagi ikki faktor bilan tushuntirish mumkin. Birinchidan, kuchli ishqor va kuchsiz kislota tuzi bo‘lgan sovunlarning
suvda erishi—gidrolizlanishi natijasida ishqor hosil bo‘ladi. R—C—ONa + HOH Ä R—C—OH + NaOH O O Hosil bo‘lgan ishqor molekulalari esa kirdagi yog‘larni emulsiyalanishiga, ya’ni ularni mayda tomchilar holida suvda suzib yurishiga imkon beradi. Sovunlarning yuvuvchi ta’sirining ikkinchi va asosiy sa- babi sovun molekulalarining yog‘ va suv fazasi oralig‘ida ma’lum bir yo‘nalishda joylanishidir. Ma’lumki, sovun molekulasi ikki —qutbli va qutbsiz qismlardan iborat bo‘lib, uning karboksil gruppa saqlagan tomoni (gidrofil qismi) suv fazasiga, uglevodorod radikali tutgan tomoni (gidrofob qismi) esa yog‘lar tomon yo‘nalgan bo‘ladi. Bir qancha molekulalar bir xil yo‘nalishda joylashib, qavat (parda) hosil qiladi. Mole- kulalarning ana shunday ma’lum tartibda yo‘nalishi, kirdagi yog‘ tomchilari atrofini yupqa parda bilan o‘rab, turg‘un emulsiyani vujudga keltiradi. Natijada kirdagi yog‘ suv bilan oson yuviladi. Olinishi. Sovunni yog‘larni ishqorlar ishtirokida gidrolizlab olish mumkin: CH2—O—CO—C17H35 CH2OH CH—O—CO—C17H35 + 3NaOH CHOH + 3C17H35COONa CH2—O—CO—C17H35 CH2OH stearin kislotaning triglitseridi glitserin natriy stearat (tristearin) (sovun) Ana shuning uchun ham eterifikatsiyaga teskari reaksiya sovunlanish reaksiyasi deb ataladi. Keyingi yillarda sovun olish uchun yog‘lar yuqori temperatura va bosim ostida, maxsus katalizatorlar ishtirokida suv bilan gidrolizlanadi. Gidroliz natijasida hosil bo‘lgan sof kislotalar soda ta’sirida sovunga aylantiriladi. C3H5(—O—C—C15H31)3 + 3HOH C3H5(OH)3 + 3C15H31COOH O 2C15H31COOH + Na2CO3 2C15H31COONa + H2O + CO2 Hozirgi vaqtda ko‘proq parafinlarni oksidlash natijasida hosil qilingan yuqori molekular alifatik kislotalarni neytrallash orqali ham olinmoqda: C17H35COOH + NaOH C17H35COONa + H2O Tibbiyotda ko‘pincha tibbiyot sovuni deb ataladigan suyuq sovun ishlatiladi. Tibbiyot sovuni metilen sinkasi bilan bo‘yab qo‘yilgani uchun yashil tusga ega bo‘ladi va yashil sovun deb ham yuritiladi. Uglevodlar tabiatda keng tarqalgan bo‘lib, inson hayotida muhim ahamiyatga ega. Ular oziq-ovqat tarkibiga kiradi. Insonning energiyaga bo‘lgan ehtiyoji ovqatlanishda ko‘p miqdorda uglevodlar qabul qilish hisobiga qondiriladi. Uglevodlarning ayrim turlari o‘simlik hujayralari qobig‘i tarkibiga kiradi va mexanik tayanch vazifasini bajaradi. Bu turdagi uglevodlardan kimyoviy qayta ishlash yo‘li bilan sun’iy ipak, portlovchi modda va boshqalar olinadi. Sanoatda uglevodlardan biokimyoviy usul bilan spirtlar, kislotalar, oksikislotalar va boshqa mahsulotlar olinadi. Ba’zi bir uglevodlar va ularning hosilalari dorivor moddalar bo‘lib, tibbiyotda qo‘llaniladi. Uglevodlarning bizga ma’lum bo‘lgan namoyandasi — glukoza o‘simlik sharbatlarida, mevalarda va, ayniqsa, uzumda (uzum shakari nomi shundan kelib chiqqan) keng tarqalgan. Glukoza inson va hayvonlar qonida hamda to‘qimalarida doimo mavjud bo‘ladi va hujayrada boradigan reaksiyalar uchun bevosita energiya manbayi bo‘lib xizmat qiladi. Sog‘lom inson qonida glukoza miqdori 0,08—0,11% ni tashkil qiladi. Ba’zi bir patologik hollarda, masalan, qandli diabetda, glukoza siydik bilan tashqariga chiqarilib tashlanadi. Uglevodlar o‘simliklarda fotosintez jarayonida hosil bo‘ladi. Fotosintez jarayonini umumiy ko‘rinishda quyidagicha ifodalash mumkin: quyosh energiyasi nCO2 + mH2O Cn(H2O)m + nO2 „Uglevodlar“ degan nom, bu sinf birikmalarining ko‘pini kimyoviy tarkibi Cn(H2O)m umumiy formula bilan ifodalan-Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling