Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Elektrolitik dissotsilanish mexanizmi. Dissotsilanish darajasi va doimiysi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Elektrolitik dissotsilanish mexanizmi. Dissotsilanish darajasi va doimiysiElektrolitlar nima uchun ionlarga dissotsilanadi-yu, no- elektrolitlar dissotsilanmaydi, degan savolga quyidagicha javob bersa bo‘ladi. Suv molekulalari qutbli bo‘ladi, ya’ni ular dipollardir. Biror tuzning, masalan, kaliy xloridning kristali suvga tushganda uning sirtidagi ionlar suvning qutbli mole- kulalarini o‘ziga tortadi (4.1-rasm). Kaliy ionlariga suv mole- kulalari o‘zining manfiy qutbi bilan, xlor ionlariga esa musbat qutbi bilan tortiladi. 4.1- rasm. Kaliy xloridning suvdagi eritmasida elektrolitik dissotsilanish sxemasi. Agar ionlar suv molekulalarini o‘ziga tortadigan bo‘lsa, suv molekulalari ham shunday kuch bilan ionlarni o‘ziga tortadi. Ayni vaqtda suvning tortilib turgan molekulalarini hara- katda bo‘lgan boshqa molekulalar tortib turadi. Ionlarning kristalldan ajralishi va eritmaga o‘tishi uchun bu turtkilar kifoya qiladi. Ionlarning birinchi qavatidan keyin ikkinchi qa- vati eritmaga o‘tadi va shu tariqa kristall asta-sekin erib boradi. Eritmaga o‘tgan ionlar suv molekulalari bilan bog‘lanib qolishi mumkin, u vaqtda bular ionlarning gidratlarini hosil qiladi. Ana shunday gidratlangan ionlarning borligi ko‘pgina hollarda aniq isbot etilgan. Masalan, vodorod ioni eritmada hamisha suvning bir molekulasi bilan bog‘lanib, gidroksoniy ioni H3O+ ni hosil qiladi. Ko‘pgina metall ionlari ham xuddi shunday gidratlangan holda bo‘ladi. Shunday qilib, dissotsilanish natijasida asl ionlar emas, balki ionlarning erituvchi molekulalari bilan bog‘langan birik- malari — gidratlangan ionlari hosil bo‘ladi. Biroq, dissotsila- nish tenglamasini yozishda, uni soddalashtirish uchun, ion gidratlari (yoki solvatlari) formulasi yozilmay, ko‘pincha ion formulalarining o‘zigina yoziladi, buning ustiga ionlarning gidratlanish darajasi, ya’ni ionlar bilan bog‘langan suv mo- lekulalarining soni ba’zan noma’lum bo‘ladi va eritmaning konsentratsiyasiga hamda boshqa sharoitlarga qarab o‘zgaradi. Ionlar yoki ularning gidratlari eritmada tartibsiz ravishda to‘xtovsiz harakat qilib turadi. Ular bir-biri bilan to‘qnashib, birikishi va molekulalar hosil qilishi mumkin. Bu molekulalar ham qaytadan ionlarga parchalana oladi. Eritma konsentratsiyasi qancha ko‘p bo‘lsa, ionlar ham shuncha tez-tez to‘qnashib turadi. Kristall panjarasi ionlardan hosil bo‘lgan moddalargina emas, balki qutbli molekulalardan tuzilgan ko‘pgina moddalar ham suvdagi eritmalarda ionlarga parchalanadi. 3 Qutbli molekulalarning dissotsilanish sxemasi 4.2- rasmda ko‘rsatilgan. Qutbli molekula bilan bog‘langan suv moleku- lalari qutbli molekulani go‘yo cho‘zib, uning qutblarini bir- biridan qochiradi, buning natijasida molekula ayrim ionlarga parchalanadi. Ayni vaqtda musbat ion proton (ya’ni vodorod yadrosi) bo‘lsa, u gidroksoniy ioni (H O+) tarzida suv molekulasi bilan mahkam bog‘lanadi. Masalan, vodorod xlorid suvda eriganda quyidagi kimyoviy reaksiya boradi: 2 3 H O + HCl Ä H O+ + Cl– 3 Bu reaksiyada vodorod bilan xlor atomlari o‘rtasidagi qutbli kovalent bog‘ uziladi, bunda elektronlar jufti xlor Cl– ionlarida qoladi, proton esa suv molekulasidagi kislorod atomi bilan bog‘lanib, gidroksoniy ioni H O+ ni hosil qiladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling