Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Reaksiyaning tezligiga ta’sir etuvchi omillar


Download 1.22 Mb.
bet49/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Reaksiyaning tezligiga ta’sir etuvchi omillar


Kimyoviy reaksiyaning tezligi, asosan, quyidagilarga bog‘- liq bo‘ladi:



  • reaksiyaga kirishayotgan moddalarning tabiatiga;

  • reaksiyada ishtirok etuvchi moddalarning konsentratsiya- lariga;

  • temperaturaga;

  • katalizatorlarning ishtirok etishiga;

  • gazlarda bo‘ladigan reaksiyalarda — bosimga;

  • qattiq moddalarning reaksiyalarida — maydalanganlik darajasiga;

  • radioaktiv nur ta’siriga.

Reaksiya tezligining kimyoviy reaksiyaga kirishuvchi mod- dalar tabiatiga bog‘liqligi. Ta’sirlashayotgan moddalar qancha bir-biriga moyil bo‘lsa va yangi kimyoviy moddalar hosil bo‘li- shi bilan tugaydigan to‘qnashishlar foizi qancha ko‘p bo‘lsa, reaksiya tezligi shuncha katta bo‘ladi.
Masalan:
H2 + F2 = 2HF H2 + Br2 = 2HBr
Birinchi reaksiya 200 °C da ham portlash bilan borsa, ikkinchisi esa qizdirilganda ham sekin boradi. Bunga sabab vodorodning ftorga nisbatan kimyoviy moyilligi bromga qara- ganda kattaligida (ftorning elektrmanfiyligi bromnikiga nisbatan yuqori).
Reaksiya tezligining konsentratsiyaga bog‘liqligi. A va B moddalar o‘zaro kimyoviy reaksiyaga kirishishi uchun ular- ning molekulalari bir-biri bilan to‘qnashishi kerak. To‘q- nashuvlar qancha ko‘p bo‘lsa, reaksiya shuncha tez ketadi. Reaksiyaga kirishuvchi moddalarning konsentratsiyasi qancha yuqori bo‘lsa, to‘qnashuvlar soni shuncha ko‘p bo‘ladi.
Yuqoridagilardan kelib chiqib va ko‘p sonli tajribalarga asos- langan holda 1867-yili norvegiyalik olimlar: K.M. Guldberg va
P. Vaagelar tomonidan kimyoviy kinetikaning asosiy qonuni massalar ta’siri qonuni kashf etildi. Bu qonunga ko‘ra: kimyoviy reaksiya tezligi reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari ko‘paytmasiga proporsional va reaksiya tenglamasidagi modda formulasi oldidagi koeffitsiyent kon- sentratsiya darajasiga qo‘yiladi. Masalan, ammiak hosil bo‘lish reaksiyasi uchun to‘g‘ri va teskari reaksiya tezliklari quyida- gicha ifodalanadi:
N2 + 3H2 Ä 2NH3
V1 = k [N2] [H2]3; V2 = k2 [NH3]2
bu formulalarda: [N2] [H2] va [NH3] lar tegishlicha N2 va NH3 larning molyar konsentratsiyalari; k1 va k2 lar proporsionallik koeffitsiyentlari bo‘lib, reaksiyaning tezlik doimiysi deb ataladi. Har bir reaksiya uchun ma’lum haroratda k ning qiymati doimiydir. Tezlik doimiysini fizik ma’nosini aniqlash qiyin emas: yuqoridagi misolda [N2] va [H2]larni 1 mol/l ga teng deb olsak, V1 = k1 ifoda kelib chiqadi. Demak, tezlik doimiysi (K1) reaksiyaga kirishayotgan moddalar konsentratsiyalari 1 mol/l bo‘lgandagi tezlikni ifoda etar ekan. Tezlik doimiysi reaksiyada qatnashuvchi moddalar
tabiatiga, temperaturaga, katalizatorlarning bor-yo‘qligiga bog‘liq, lekin konsentratsiyaga bog‘liq bo‘lmaydi.
Geterogen reaksiyalarning tezligi reaksiyaga kirishuvchi moddalarning bir-biriga tegib turadigan sirtqi kattaligiga proporsionaldir.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling