Maxsus, kasb-hunar ta’limi


yog‘larni katalizatorlar ishtirokida gidrolizlash


Download 1.22 Mb.
bet125/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

yog‘larni katalizatorlar ishtirokida gidrolizlash. Yog‘lar sanoatda kislota xususiyatiga ega bo‘lgan katalizatorlar (neft mahsulotini sulfat kislota bilan qayta ishlash natijasida olin- gan sulfokislotalar aralashmasi) ishtirokida suv bilan gid- rolizlanadi. Bunday katalizatorlar yog‘larning suvda eruv- chanligini biroz oshiradi, ya’ni ularni emulsiyalanadigan qilib qo‘yadi.

O O


H2C—O—C—R H2C—OH HO—C—R
O O


HC—O—C—R + 3HOH  HC—OH + HO—C—R O O
H2C—O—C—R H2C—OH HO—C—R

  1. katalizatorlarsiz suv bilan gidrolizlash. Yog‘lar kataliza- torlarsiz ham suv bilan gidrolizlanadi. Bu usul bilan gidroliz- lanish yuqori temperatura hamda yuqori bosim ostida olib boriladi. Natijada, yuqori molekular alifatik kislotalar aralash- masi va glitserin hosil bo‘ladi;

  1. o‘yuvchi ishqorlar yordamida gidrolizlash. Yog‘lar o‘yuvchi ishqorlar bilan oson gidrolizlanib, glitserin va sovunga aylanadi:

O O
H2C—O—C—R H2C—OH Na—O—C—R O O
HC—O—C—R + 3NaOH  HC—OH + Na—O—C—R O O
H2C—O—C—R H2C—OH Na—O—C—R
glitserin sovun
Gidrolizni tezlashtirish uchun ba’zan bu jarayon spirtli muhitda olib boriladi;

  1. fermentlar yordamida gidrolizlash. Hayvon va o‘sim- liklar a’zolarida yog‘lar lipaza deb ataluvchi fermentlar yorda- mida gidrolizlanadi. Yog‘larni fermentlar yordamida gidrolizlash usuli sanoatda ham qo‘llanilmoqda. Buning uchun kanakunjut o‘simligi urug‘ida ko‘p miqdorda bo‘ladigan va qoramolning qorin osti bezida bo‘ladigan lipazadan foydalanilmoqda.

  1. Yog‘larning taxirlanishi. Yog‘lar uzoq muddat saqlan- ganda yorug‘lik nuri, havo kislorodi va namlik ta’sirida buzi- ladi, ya’ni ta’mi, hidi o‘zgaradi. Bu jarayon yog‘larning ta- xirlanishi deyiladi. Moylarning taxirlanishi asosida ikkita jarayon — gidrolizlanish va oksidlanish jarayonlari yotadi. Avvalo, moylar uzoq saqlanganda namlik ishtirokida gidroliz-

lanadi. Tabiiy triasilglitserinlar tarkibida yuqori molekular kar- bon kislotalar bilan bir qatorda oz miqdorda bo‘lsa ham, qisqa zanjirli kislotalar bo‘lgani uchun gidroliz natijasida ular erkin holda ajralib chiqadi va yog‘ga yoqimsiz hid va maza beradi. Masalan, gidrolizlanish natijasida hosil bo‘lgan moy kislota taxirlangan sariyog‘ning o‘tkir hidi va yoqimsiz mazasini belgilaydi.
Ishlatilishi. Oziq-ovqat mahsulotlari orasida eng katta ener- giya zaxirasiga ega bo‘lgani yog‘lar hisoblanadi. Jumladan, 1 gr qand iste’mol qilinganda a’zolarga 17,7 kJ energiya ajralsa, 1 gr yog‘ning hazm bo‘lishida 39,33 kJ energiya ajraladi. Yog‘lar tirik organizm va o‘simlik a’zolarida zaxira modda vazifasini o‘taydi. Shuningdek, yog‘lar sanoatda keng ishlatiladi. Quriydigan moylar (tarkibida ko‘p qo‘shbog‘ saqlaydigan moylar), masa- lan, zig‘ir moyi yupqa qavat qilib surtilsa, ular yupqa qattiq parda holida qotib qoladi. Uning bu xossasidan foydalanib alif va moy bo‘yoqlar tayyorlanadi. Moylarning qotishini tezlash- tirish uchun ularga sikkativlar deb ataluvchi katalizatorlar qo‘shiladi. Sikkativlar sifatida qo‘rg‘oshin birikmalari (surik —
Pb3O4) hamda marganesning ayrim tuzlari ishlatiladi.
Tibbiyotda ayrim yog‘lar, surkov moylar (masalan, cho‘ch- qa yog‘i — Axungia poreina), shuningdek, linimentlar (kun- gaboqar moyi—Oleum Helianthi) tayyorlashda qo‘llanadi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   121   122   123   124   125   126   127   128   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling