Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet130/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Tabiatda uchrashi. Saxaroza qandlavlagi sharbati (16 — 20%)
hamda shakarqamish (14 — 26%) tarkibiga kiradi. U ozroq miqdorda glukoza bilan birga ko‘p yashil o‘simliklarning meva- larida va barglarida bo‘ladi.
Saxaroza (odatdagi shakar) — oq kristall modda, gluko- zadan shirinroq, suvda yaxshi eriydi.
Kimyoviy xossalari. Saxarozaning eng muhim xossasi — mineral kislotalar ishtirokida va yuqori temperaturada gidro- lizga uchrashidir:

C H O


+ H O




H2SO4

C H O


+ C H O



12 22 11
2 
6 12 6
6 12 6

glukoza fruktoza
Gidroliz jarayonida hosil bo‘lgan glukozani „kumush ko‘zgu“ yoki uning mis (II) gidroksid bilan reaksiyalaridan bilish mumkin.
Saxaroza „kumush ko‘zgu“ reaksiyasini bermaydi va qaytaruvchi xossalariga ega emas. Shu bilan u glukozadan farq qiladi. Saxaroza molekulasi siklik shakldagi glukoza va fruktoza molekulalarining qoldiqlaridan tashkil topgan; ular bir-biri bilan kislorod atomi orqali bog‘langan.
Polisaxaridlar. Kraxmal. Kraxmal, shuningdek, selluloza (keyinroqqa qarang) uglevodlarning uchinchi gruppasiga — polisaxaridlarga kiradi.
Bu moddaning molekular massasi aniq topilmagan, lekin uning juda kattaligi ma’lum va har xil namunalarida turlicha bo‘lishi (1000000 gacha) mumkin. Shu sababli boshqa polisaxaridlar singari kraxmalning formulasi (C6H10O5)n
tarzida ifodalanadi. Har qaysi polisaxarid uchun n ning
qiymati turlicha bo‘ladi. Kraxmalning gidrolizi natijasida faqat glukoza hosil bo‘lgani uchun bu zvenolar glukoza molekulasi qoldiqlari degan xulosaga kelish mumkin.
Hozirgi kunda kraxmal makromolekulasi halqali - glukoza
molekulalari qoldiqlaridan tashkil topganligi isbotlandi. Kraxmal hosil bo‘lish jarayonini quyidagicha ifodalash mumkin:



Bundan tashqari, kraxmalni faqat chiziqli molekulalardan emas, balki tarmoqlangan tuzilishga ham ega ekanligi aniq- langan. Kraxmalning donador tuzilishi shu bilan tushun- tiriladi.
Kraxmal tabiatda keng tarqalgan. U turli xil o‘simliklar uchun zaxiradagi oziq material hisoblanadi va ularda kraxmal donachalari bo‘ladi. Quyidagi boshoqli o‘simliklar donlarida kraxmal eng ko‘p bo‘ladi: guruch (86% gacha), bug‘doy (75% gacha), jo‘xori (75% gacha), shuningdek, kartoshka tugu- naklari (24% gacha). Kartoshka tugunaklarida kraxmal donalari hujayra shirasida suzib yuradi, boshoqlilarda esa ular kley- kovina deyiladigan oqsil modda vositasida bir-biriga zich yopishgan bo‘ladi. Kraxmal fotosintez mahsulotlaridan biri hisoblanadi.
Olinishi. Kraxmal ko‘pincha kartoshkadan olinadi. Buning uchun kartoshka maydalanadi, suv bilan yuviladi va katta idishlarga solib tindiriladi. Hosil bo‘lgan kraxmal yana bir marta suv bilan yuviladi, tindiriladi va issiq havo oqimida quritiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling