Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet131/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Fizik xossalari. Kraxmal — oq kukun, sovuq suvda eri- maydi, issiq suvda bo‘kib, kleyster hosil qiladi.
Kimyoviy xossalari. Kraxmal uchun xos reaksiya unga yodning ta’siridir. Agar sovitilgan kraxmal kleysteriga yod qo‘shilsa, ko‘krang paydo bo‘ladi. Kleyster qizdirilganda rang yo‘qoladi, sovitilganda yana qaytadan paydo bo‘ladi. Ovqat mahsulotlaridan kraxmalni aniqlashda kraxmalning shu xossa- sidan foydalaniladi. Masalan, kartoshkaning kesilgan joyiga yoki oq non ushog‘iga bir tomchi yod tomizilsa, ko‘krang paydo bo‘ladi.
Kraxmal birmuncha oson gidrolizlanadi:
H2SO4,t
(C6H10O5)n + nH2O  nC6H12O6
kraxmal glukoza
Kraxmal gidrolizi sharoitga ko‘ra bosqichli sodir bo‘lishi mumkin, bunda turli oraliq mahsulotlar hosil bo‘ladi:
(C6H10O5)n  (C6H10O5)m  x C12H22O11  C12H22O11
kraxmal dekstrinlar maltoza saxaroza
(saxaroza izomeri)



15 — Kimyo
225

Qo‘llanilishi. Kraxmal qimmatli oziq mahsulotdir. Uning hazm bo‘lishini yengillashtirish uchun kraxmalli mahsulotlar yuqori temperaturada qizdiriladi, ya’ni kartoshka pishiriladi, non yopiladi. Bu sharoitlarda kraxmal qisman gidrolizlanadi va suvda eruvchan dekstrinlar hosil bo‘ladi. Dekstrinlar ovqat hazm qilish traktida yana gidrolizlanib, hazm bo‘ladigan glu- kozaga aylanadi. Ortiqcha glukoza glikogenga (hayvon krax- maliga) aylanadi. Glikogenning tarkibi kraxmal bilan bir xil
(C6H10O5)n, lekin uning molekulalari ko‘proq tarmoqlangan. Glikogen, ayniqsa, jigarda ko‘p (10% gacha) bo‘ladi. A’zolarda glikogen zaxira modda hisoblanadi. Glukoza hujayralarda sarflangan sari glikogen glukozaga aylanib turadi. Kartoshkadagi va boshoqlilar donidagi kraxmaldan etil spirt olinadi. Kraxmaldan yelimlovchi vosita sifatida foydala- niladi. Gazlamalarga pardoz berishda, kiyim-kechakni krax- mallashda ishlatiladi. Tibbiyotda kraxmal asosida malham
dorilar, sepki dorilar va boshqalar tayyorlanadi.
Sanoatda kraxmalni gidrolizlab, patoka va glukozaga aylan- tiriladi. Buning uchun u suyultirilgan sulfat kislota bilan qizdi- riladi, so‘ngra ortiqcha kislota bo‘r bilan neytrallanadi. Hosil bo‘lgan kalsiy sulfat cho‘kmasi filtrlanadi, eritma bug‘latiladi va glukoza ajratib olinadi. Agar kraxmalning gidrolizi oxirigacha yetkazilmasa, dekstrinlarning glukoza bilan aralashmasi — patoka hosil bo‘ladi, u qandolatchilik sanoatida ishlatiladi. Kraxmaldan olinadigan dekstrinlar yelim sifatida, matolarga gul bosishda bo‘yoqlarni quyiltirish uchun ishlatiladi.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling