Atomda elektronlarning pog‘onalar bo‘ylab joylashishi. Kvant sonlar
Atomdagi elektron qobiqlarni o‘rganish — kimyoning mu- him vazifalaridan birini tashkil qiladi. E. Rezerford tomonidan taklif qilingan atom tuzilishi modelida elektron- larni yadro atrofida tekislik bo‘ylab harakat qilayotgan zarra- cha deb qaraladi. Keyinchalik bunday farazning haqiqatga muvofiq kelmasligi isbot qilindi. Elektronlar harakatining eng asosiy xususiyati shundaki, ular atom ichida ikkilanish xususiyatini namoyon qiladi: ular bir vaqtning o‘zida ham zarracha, ham to‘lqin xossalariga ega bo‘ladi. Masalan, elektronlar oqimi difraksiya xususiyatiga ega. Elektron odatdagi moddalardan farqli o‘laroq, bir vaqtning o‘zida, uning atomda turgan joyini va harakatlanish tezligini katta aniqlikda bilib bo‘lmaydi (Geyzenbergning noaniqlik prinsipi, 1925- yil). Elektron atomning yadro yaqinidagi fazoning har qanday joyida bo‘lishi mumkin; lekin elektronning bu fazoning turli qismlarida bo‘lib turish ehtimolligi turlichadir.
Elektronning yadro atrofida bo‘lib turish ehtimolligi yetarli darajada katta bo‘lgan fazo — orbital deb ataladi.
Barcha sistemalardagi kabi, atomlar ham o‘z energiya- sini minimumga yetkazishga intiladi. Elektronlar ma’lum holatlarda bo‘lgandagina atomning energiyasi minimumga erisha oladi. Bu holatlarning o‘zi diskretlik xususiyatiga ega, ya’ni elektronlarning energiyasi bir holatdan ikkinchi holatga o‘tganida uzluksiz o‘zgarmasdan, sakrash bilan o‘zgaradi.
Atomning hozirgi zamon modellariga ko‘ra, atomda elektronning holati kvant sonlar, deb atalgan to‘rtta kattalik bilan aniqlanadi.
Bosh kvant son n — elektronning energiyasini, uning yadrodan uzoqlik darajasini, ya’ni elektron harakat qilib turgan qavatni xarakterlaydi. Bosh kvant son birdan boshlab barcha butun sonlarga (n = 1, 2, 3 ¾) ega bo‘lishi mumkin (1.2- jadval).
Yonaki (orbital) kvant son l — atom orbitalining shaklini ko‘rsatadi. U 0 dan to (n — 1) ga qadar bo‘lgan barcha butun sonlar [l = 0, 1, 2 ¾ (n — 1)] ga ega bo‘la oladi. l = 0 bo‘lsa, atom orbital shar shakliga ega bo‘ladi (s- orbital); agar l = 1 bo‘lsa, atom orbital gantel shaklini oladi (p- orbital).
l ning qiymati yuqoriroq (2, 3 va 4) bo‘lsa, ancha murakkab orbitallarga ega bo‘lamiz (ularni d, f, g — orbitallar, deb yuritiladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |