Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Chin dispers sistema
- Kolloid dispers sistemada
- Dag‘al dispers sistema
Dispers sistemalar. „Dispers“ so‘zi lotincha bo‘lib, tarqalmoq ma’nosini bildiradi. Bir modda zarrachalarining ikkinchi modda zarrachalari orasida bir tekis tarqalishi dispers sistema deyiladi.
Dispers sistema eritma kabi ikki qismdan iborat. Eritmada ko‘p qismi erituvchi va kam qismi eruvchi, dispers sistema- larda esa ko‘p qismi dispers muhit, kam tarqalgan qismi dispers faza deb yuritiladi. (Masalan, tuproq zarrachalarining suvda tarqalib, loyqa suv hosil qilishi. Bunda suv — dispers muhit, tuproq zarrachalari — dispers faza hisoblanadi.) Dispers faza zarrachalarining katta-kichikligiga qarab, dispers sistemalar uch xil bo‘ladi. Chin dispers sistema — bunda faza zarrachalarining kat- taligi 1 nanometrdan kichik bo‘ladi (1 nm — 10-7 sm = 10-9 mm). Chin dispers sistema dispers fazani tashkil qiluvchi modda- larning xususiyatiga qarab ikkiga bo‘linadi: Agar faza elektrolitmas moddalar (mochevina, qand, glukoza, spirt va boshqalar) dan iborat bo‘lsa, molekular- dispers sistema deyiladi. Agar faza elektrolit moddalar (tuzlar, asoslar, kislotalar va boshqalar) dan iborat bo‘lsa, ionli-dispers sistema deb ataladi. Chin dispers sistema tiniq, filtrlanadigan, pergament qog‘ozdan o‘tadigan, gomogen, optik jihatdan bo‘sh, barqa- ror va eskirmaydigan xossalarga ega. Kolloid dispers sistemada dispers faza zarrachalarining o‘lchami 1 nm dan 100 nm gacha bo‘ladi (masalan, gummiarabik, jelatina, oltin, kumush va boshqa moddalar eritmalari). Kolloid dispers sistemalar — tiniq (tovlanadigan), filtr qog‘ozdan o‘tadigan, o‘simlik va hayvon membranalaridan va pergament qog‘ozdan o‘tmaydigan, geterogen, yorug‘lik o‘tganda Tindal konusini hosil qiladigan, nisbatan barqaror va vaqt o‘tishi bilan o‘zgaradi. Dag‘al dispers sistema — bunda dispers faza zarracha- larining o‘lchami 100 nm dan katta bo‘ladi. Dag‘al dispers sistemalarga emulsiya, ko‘pik, suspenziya, kukun va aerozol- lar kiradi. Bu sistema tiniqmas, filtrlanganda qog‘oz filtrdan va pergamentdan o‘tmaydigan, beqaror, geterogen, yorug‘- likni qaytarish va sindirish hamda o‘zgartirish xususiyatlariga ega. Emulsiya. Bir-birida erimaydigan suyuqliklar emulsiya hosil qiladi. Ko‘pincha emulsiyalar „suv“ va „moy“ deb nom- lanadigan suyuqlikdan iborat. Moy molekulalari suv mole- kulalariga qaraganda kam qutblanadi. Emulsiyalarning ikki tipi bo‘lishi mumkin: suvdagi moy (s/m) va moydagi suv (m/s). Suv va moydan iborat aralashma yaxshilab chayqatilsa, miqdori kam bo‘lgan komponent mayda-mayda tomchilarga parchalanib, butun hajm bo‘ylab tarqaladi. Bunda emulsiya hosil bo‘ladi. Odatda, sof suyuqliklar emulsiyalaridagi dis- pers fazaning konsentratsiyasi (stabilizatorlarsiz) 2% dan oshmaydi. Bunday emulsiyalar uncha turg‘un emas. Dispers faza tomchilarining o‘z-o‘zicha qo‘shilishi (koalessensiya hodisasi) va keyinchalik suyuqliklarning ajralib chiqishi yuz beradi. Tomchilar qancha kichik bo‘lsa, emulsiyalar shuncha barqaror bo‘ladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling