Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Dispergirlash usuli. Bu usul yuqori o‘lchamli zarracha- larni kolloid sistema fazalari o‘lchamlari darajasigacha mayda- lashtirish (dispergirlash) ga asoslangan.
Kondensatsiya usuli. Bu usul yordamida kolloid eritma- lar molekular yoki ion tabiatli zarrachalarni yiriklashtirish (agregatsiyalashtirish) orqali olinadi. Bu usul oksidlanish- qaytarilish, gidroliz jarayonlari va erituvchi tabiatini o‘zgarti- rish hamda bug‘simon moddalarni kondensatsiya qilish orqali amalga oshirilishi mumkin. Kolloid zarrachalarning tuzilishi reaksiyada ortiqcha olin- gan moddaning, ya’ni stabilizatorning tuzilishiga ko‘ra har xil bo‘lishi mumkin. Masalan, kumush yodid mitsellasini yozish lozim bo‘lsin. Buning uchun oldin AgI ning olinish reaksiya- sini yozish kerak: AgNO3 + KI = AgI + KNO3 Faraz qilaylik, AgNO3 ortiqcha olingan, unda mitsellaning tuzilishi quyidagicha bo‘ladi. [(AgI)m nAg+ (n - x) NO-3]X+ xNO-3 yadro potensial adsorbsion diffuzion qavat qavat mitsella Agar KI ortiqcha bo‘lsa, mitsella quyidagicha tuzilishga ega bo‘ladi. m [(AgI) nJ– (n – x) K+]X– xK+ yadro potensial adsorbsion diffuzion qavat qavat mitsella Suspenziya. Dispers muhiti suyuqlik, dispers fazasi esa qattiq modda bo‘lgan dag‘al sistemalar suspenziyalar deb ataladi. Mineral zarrachalarning suvdagi suspenziyasi, suvdagi qurum va boshqalar suspenziyaga misol bo‘la oladi. Aerozollar. Dispers muhiti gazdan iborat bo‘lgan dag‘al dispers sistema aerozollar deyiladi. Aerozollarda disperslangan modda qattiq modda zarracha- lari (tutun va boshqalar), shuningdek, suyuqlik tomchilari (tuman va boshqalar) bo‘lishi mumkin. Aerozollar turg‘un- ligining boisi shundaki, ikkala fazaning sath chegarasida elektr zaryadi paydo bo‘ladi, bundan tashqari, qattiq yoki suyuq moddaning har bir zarrachasi o‘z sathida gazni yutishi, natijada hosil bo‘ladigan parda ularning birlashishiga va demak, tez cho‘kishiga to‘sqinlik qiladi. Aerozollar harbiy sohada (tutunli devor va boshqalar hosil qilishda), qishloq xo‘jaligida va xalq xo‘jaligining boshqa sohalarida keng qo‘llaniladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling