Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari


Download 1.22 Mb.
bet33/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Eritmalar konsentratsiyasini ifodalash usullari


O‘zgaruvchan tarkibli, bir jinsli sistemalar eritmalar deb ataladi. Bir eritma hajmining barcha qismidagi kimyoviy tarkibi va fizik xossalari bir xil bo‘ladi. Eritmalar qattiq, suyuq va gazsimon (bug‘simon) holatda bo‘lishi mumkin. Qattiq eritmalarga metallarning ba’zi qotishmalari, masalan, oltin bilan mis qotishmasi, gazsimon holatdagiga esa havo misol bo‘la oladi.


Eritmaning konsentratsiyasi deb, eritmaning aniq massa miqdorida yoki aniq hajmida erigan moddaning massa miqdoriga aytiladi. Kimyoda ko‘proq quyidagi eritma kon- sentratsiyalari ishlatiladi: massa ulushi, hajm ulushi, massa konsentratsiyasi, molyar konsentratsiya (molyarlik), molyal konsentratsiya (molyallik), molyar ekvivalent konsentratsiya va boshqalar.
Massa ulushi — bu erigan modda massasining eritmaning umumiy massasiga bo‘lgan nisbatidir. Eritmaning massasi, o‘z navbatida, erigan modda va erituvchi massalarining yig‘indisi- ga teng. Massa ulushi o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, ulush yoki foizlarda ifodalanadi. Ilgari bu konsentratsiya foiz konsentra- tsiyasi deb yuritilar edi:
m erigan modda
m ' eritma
Hajm ulushi — bu erigan modda hajmini eritmaning umumiy hajmiga bo‘lgan nisbatidir. Eritmaning yoki aralash- maning umumiy hajmi erigan modda va erituvchilar haj- mining yig‘indisiga teng bo‘ladi. Hajm ulushi o‘lchamsiz kattalik bo‘lib, ulush yoki foizlarda ifodalanadi:

φ Verigan modda
V ' eritma


yoki
φ Verigan modda 100%
V ' eritma

Molyar ulush. Erigan modda mollar miqdorining eritma mollar miqdoriga nisbati bilan o‘lchanadigan kattalik eritma- ning molyar ulushi deb aytiladi.


μ nerigan modda
n ' eritma
Mol — bu 0,012 kg (12 g) uglerod izotopi 12C tarkibi- dagi atomlar soniga teng bo‘lgan tarkibidagi zarrachalarni (molekula, atom, ion, elektron va boshqalar) tutuvchi mod- daning miqdori bo‘lib, u modda massasining shu moddaning molyar, ya’ni molekular massasiga bo‘lgan nisbatidan aniqla- nadi:





nerigan modda
merigan modda
M erigan modda


Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling