Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet34/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Molyar konsentratsiya. Bir litr eritmadagi erigan modda- ning mollar soni bilan o‘lchanadigan qiymati molyar kon- sentratsiya deb aytiladi, u Cm harfi bilan belgilanadi:

C nerigan modda ,
m veritma


mol / kl

Molyal konsentratsiya (B) — bu erigan modda mollar sonining erituvchi massasiga bo‘lgan nisbatidir:

B nerigan modda ,
òeritma


mol / kg

Eritmalarni titrlab miqdoriy tarkibini aniqlaganda erit- mada erigan modda miqdorining massa konsentratsiyasi T va molyar ekvivalent konsentratsiyasi (normallik) N bilan bel- gilanadi.
Massa konsentratsiyasi — bu eritmada erigan moddaning og‘irligini eritmaning hajmiga bo‘lgan nisbatidir.

T m erigan modda ,
V eritma


g / ml

Molyar ekvivalent konsentratsiya — bu erigan modda ekvivalent miqdorining eritma umumiy hajmiga (litrda) nisba- tidir:



CN
nekv V eritma


, mol / l


56
Moddaning ekvivalent miqdori modda massasining shu moddaning ekvivalent massasiga bo‘linganiga tengdir.










    1. Elektrolitik dissotsilanish


Ba’zi moddalar erigan va suyuqlangan holatda elektr to- kini o‘tkazishi, boshqalari esa o‘sha sharoitda tok o‘tkazmasligi yaxshi ma’lum.


Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajraladigan va shu sababli elektr tokini o‘tkazadigan moddalar elektrolitlar deyi- ladi.
Eritmalar yoki suyuqlanmalarda ionlarga ajralmaydigan va elektr tokini o‘tkazmaydigan moddalar noelektrolitlar deyiladi. Elektrolitlarga kislotalar, asoslar va deyarli barcha tuzlar, noelektrolitlarga — organik birikmalarning ko‘pchiligi, shu- ningdek, molekulalarida faqat qutbsiz kovalent, kovalent va
qutbsiz bog‘lanishga ega bo‘lgan moddalar kiradi.
Elektrolitlar ikkinchi tur o‘tkazgichlardir. Ular eritmada yoki suyuqlanmada ionlarga ajraladi, shu tufayli ham tok o‘tkazadi. Eritmada ionlar qancha ko‘p bo‘lsa, u elektr tokini shuncha yaxshi o‘tkazadi.
Elektrolitlar suvdagi eritmalarning o‘ziga xos xususiyat- larini tushuntirish uchun shved olimi S. Arrenius 1887-yilda elektrolitik dissotsilanish nazariyasini taklif etdi. Keyinchalik bu nazariyani atomlarning tuzilishi va kimyoviy bog‘lanish haqidagi ta’limot asosida ko‘pgina olimlar rivojlantirdilar. Bu nazariyaning hozirgi mazmunini quyidagi uchta qoidadan iborat deyish mumkin:

  1. Elektrolitlar suvda eriganda musbat va manfiy ionlarga ajraladi (dissotsilanadi).

Ionlarning elektron qobig‘ining barqarorligi atomlarnikiga qaraganda ancha yuqori bo‘ladi. Ionlar bitta atomdan (bular oddiy ionlar: Na+, Mg2+, A13+ va h.k.) yoki bir necha atomdan tarkib topgan bo‘lishi mumkin (bular murakkab ionlar NO3, SO42–, PO43– va h.k.). Ko‘pchilik ionlar rangli
bo‘ladi. Masalan, MnO4 ioni—pushti rangli, CrO42– ioni —
sariq, Na+ va Cl ionlari—rangsiz bo‘ladi. „Ion“ so‘zining o‘zi grekchadan tarjima qilinganda, „kezib yuradigan“ degan ma’noni bildiradi.
Eritmada ionlar turli yo‘nalishlarda tartibsiz harakat qiladi.
Elektrolitlarning suvda eriganda ionlarga ajralishi elektro- litik dissotsilanish deyiladi.
Masalan, natriy xlorid NaCl suvda eriganda natriy ionlari Na+ bilan xlorid ionlari Cl ga to‘liq ajraladi. Suv vodorod ionlari H+ bilan gidroksid ionlari OH ni juda oz miqdorda- gina hosil qiladi.

  1. Elektr toki ta’sirida ionlar bir yo‘nalishda harakat- lanadi: musbat zaryadlangan ionlar katodga, manfiy zaryad- langanlari — anodga tomon harakatlanadi. Shu sababli musbat zaryadlangan ionlar kationlar, manfiy zaryadlanganlari — anionlar deyiladi.

Ionlarning bir yo‘nalishda harakat qilishiga sabab, ular- ning qarama-qarshi zaryadli elektrodlar tomonidan tortili- shidir.

  1. Dissotsilanish — qaytar jarayon: molekulalarning ion- larga ajralishi (dissotsilanishi) bilan bir vaqtda ionlarning biri- kish jarayoni (assotsilanish) ham sodir bo‘ladi.

Shu sababli elektrolitik dissotsilanish tenglamalarida tenglik ishorasi o‘rniga qaytarlik ishorasi qo‘yiladi. Masalan, KA elektrolitik molekulaning kation K+ bilan anion A ga dissotsilanish tenglamasi umumiy holda quyidagicha yoziladi:
KA Ä K+ + A

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling