Suvda eriydigan asoslar ishqorlar deyiladi. Bular ishqoriy va ishqoriy-yer metallarning asoslaridir: LiOH, NaOH, KOH, RbOH, CsOH, Ca(OH)2, Sn(OH)2, Ba(OH)2,
Ra(OH)2, shuningdek, NH4OH. Asoslarning ko‘pchiligi suvda
kam eriydi.
Asoslarning kislotaliligi ularning gidroksil gruppalari (gid- roksogruppalari) soni bilan aniqlanadi. Masalan, NH4OH — bir kislotali asos, Ca(OH)2 — ikki kislotali, Fe(OH)3 — uch kislotali va hokazo. Ikki va undan ko‘p kislotali asoslar bosqich bilan dissotsilanadi:
Ca(OH)2 Ä Ca(OH)+ + OH– (birinchi bosqich) Ca(OH)+ Ä Ca2+ + OH– (ikkinchi bosqich)
Lekin dissotsilanganda bir vaqtning o‘zida vodorod kationlari va gidroksid-ionlarni hosil qiladigan elektrolitlar ham bor. Bunday elektrolitlar amfoter elektrolit yoki qisqacha amfolitlar deyiladi. Ularga suv, rux, aluminiy, xrom gidrok- sidlari va ko‘pgina boshqa moddalar kiradi. Masalan, suv H+ va OH– ionlarga dissotsilanadi (oz miqdorda):
H2O Ä H+ + OH–
Demak, suvda vodorod kationlari H+ borligi tufayli kislota xossalari va OH– ionlari borligi tufayli asos xossalari bir xil darajada ifodalangan.
Amfoter rux gidroksid Zn(OH)2 ning dissotsilanishini ushbu tenglama bilan ifodalash mumkin:
2 2 2 4
2OH–+Zn2++2H O Ä Zn(OH) +2H O Ä [Zn(OH) ]2- + 2H+
4
Dissotsilanganida metallarning kationlari (shuningdek, ammoniy kationi NH +) va kislota qoldiqlarining anionlari hosil bo‘ladigan elektrolitlar tuzlar deyiladi. Masalan:
4 2 4 4 4 3 4 4
(NH ) SO Ä 2NH + + SO 2–; Na PO Ä 3Na+ + PO 3–
O‘rta tuzlar ana shunday bosqichsiz dissotsilanadi. Nordon va asosli tuzlar bosqich bilan dissotsilanadi. Nordon tuzlarda dastlab metallarning ionlari, so‘ngra esa vodorod kationlari ajraladi. Masalan:
va so‘ngra
KHSO Ä K+ + HSO –
4 4
4 4
HSO – Ä H+ + SO 2–
va so‘ngra
Mg(OH)+ Ä Mg2+ + OH–
Do'stlaringiz bilan baham: |