Maxsus, kasb-hunar ta’limi


Download 1.22 Mb.
bet4/133
Sana18.06.2023
Hajmi1.22 Mb.
#1593065
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133
Bog'liq
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)

Kimyoviy elementlar. „Element“ so‘zi tarkibiy qism degan ma’noni bildiradi.
Kimyoviy element — bu atomlarning muayyan turidir.
Kislorod atomlari atomlarning bitta turini, bitta kimyoviy


oltingugurt atomlari temir atomlari


1.1- rasm, a
element — kislorod elementini, simob atomlari—atomlarning boshqa turini, kimyoviy element simobni tashkil etadi va hokazo. Hozir bizga atomlarning 118 turi — 118 ta kimyoviy element ma’lum. Butun koinot ana shu kimyoviy ele- mentlardan tarkib topgan.
Kimyoviy element“ va „oddiy modda“ degan tushun- chalarni bir-biridan farq qila bilish lozim. Qandni qizdirga- nimizda reaksiyadan keyin qolgan qattiq qoldiq modda — ko‘mir. Bundan qand tarkibiga uglerod atomlari kiradi, degan xulosaga kelamiz. Ammo qandda (suvda eriydigan rangsiz moddada) ko‘mir (suvda erimaydigan qora modda) bor deyish noto‘g‘ri bo‘lar edi. Uglerod atomlari ko‘mirga ayla- nishi uchun boshqa elementlarning atomlari bilan hosil qilgan bog‘lardan uzilishi va bir-biri bilan bog‘lanishi kerak. Qandni qizdirish yo‘li bilan parchalashda ana shunday hodisa sodir bo‘ladi. Olovga qo‘yib, so‘ng unutilgan idishdagi ovqatda ham ana shunday hol ro‘y beradi.
Ko‘mir bilan uglerod — bitta narsa emas. Uglerod muayyan atomlar turi, ya’ni kimyoviy elementdir. U birik- malar tarkibiga kirishi ham, erkin holda ajralib chiqishi ham mumkin. Bir-biri bilan bog‘langan uglerod atomlari biz ko‘mir deb ataydigan oddiy moddaning o‘zidir.
Biz ko‘rib o‘tgan misolda kimyoviy element (uglerod) va unga to‘g‘ri keladigan oddiy modda (ko‘mir) turlicha ataladi. Qolgan elementlar esa ularga to‘g‘ri keladigan oddiy moddalar bilan bir xil nomlanadi. Shuning uchun „kislorod“, „temir“ so‘zlari kimyoviy elementni ham, shu nomdagi oddiy moddani ham bildirishi mumkin, shu sababli har qaysi holda ularni farq qila bilishga o‘rganish lozim. „Kislorod bilan nafas olamiz“, „kislorod — gaz“ deyilsa, gap oddiy modda holidagi kislorod haqida (boshqacha aytganda, kislorod molekulalari haqida) boradi. „Simob (II) oksidda kislorod bor“ deyilganda esa kimyoviy element sifatidagi kislorod haqida (boshqacha aytganda, kislorod atomlari haqida) gap boradi. „Temir magnitga tortiladi“, „temirdan mix yasaladi“ deyilganda modda sifatidagi temir nazarda tutiladi, „temir zang tarkibiga kiradi“ degan iborada esa „temir“ so‘zi kimyoviy elementning nomidir.

Download 1.22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling