Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Indikatorlar
Ekvivalent nuqta shunday holatki, bunda titrlash vaqtida reaksiyada ishtirok etayotgan moddalarning molyar (ekviva- lent) miqdorlari o‘zaro teng bo‘ladi. Shuning uchun reaksiya oxirini bilish yoki ekvivalent nuqtani aniq topish katta aha- miyatga ega. Ekvivalent nuqtani aniqlash uchun indikatorlar- dan foydalaniladi. Indikatorlar shunday moddalarki, ular reaksiya vaqtida ishtirok etib, ekvivalent nuqtaga yetganda ko‘z bilan seza oladigan (rangning o‘zgarishi, cho‘kma hosil bo‘lishi va h.k.) biror o‘zgarish hosil qilish xususiyatiga ega. Ba’zan indikatorlar vazifasini reaksiyaga kirishayotgan moddalardan biri bajarishi mumkin.
Suvdagi eritmalarda indikator kuchsiz kislota yoki kuchsiz asos xossalarini namoyon qilib, ularning dissotsilanmagan mole- kulalari bir xil rangda, dissotsilanganda hosil bo‘ladigan ionlar boshqa rangda bo‘lish xususiyatiga ega. Masalan, fenolftalein, metiloranj va lakmus kuchsiz kislotalar deb qaralsa, ularning dissotsilanishini umumiy holda quyidagicha yozsa bo‘ladi: HJnd Ä H+ + Jnd– Bu yerda HJnd, Jnd– — dissotsilanmagan va dissotsilan- gan indikator formalari bo‘lib, ularning rangi turlicha (Jnd–— indikatorning murakkab anioni) bo‘ladi. Masalan, fenolftalein kislotali muhitda dissotsilanmaydi va HJnd formadagi rangni ko‘rsatadi. Bu forma rangsiz. Shu indikatorning o‘zi ishqoriy muhitda yaxshi dissotsilanadi va eritma Jnd— — indikator anionining rangini ko‘rsatadi, ya’ni bu muhitda eritma pushti-qizil rangga kiradi. Indikatorlarning eritmalarda biror rangga kirish xossasi ular tarkibida xromofor deb ataluvchi qo‘shbog‘ga ega bo‘lgan gruppalarning mavjudligidandir: – N = O; –N = N–; C = O va h.k. Ayniqsa, xinoid gruppasi = = bo‘lgan tutash qo‘sh bog‘li indikatorlar kuchli xromofor xossaga ega. Xro- mofor gruppalar soni ortishi bilan indikator rangining o‘z- garishi kuchayadi. Indikator rangining o‘zgarishini ko‘z bilan kuzatish mumkin bo‘lgan pH oralig‘i indikator rangining o‘zgarish intervali deyiladi. Bu interval fenolftaleinda pH 8,0— 9,8, lakmusda pH 5—8, metiloranjda pH 3,1—4,4 ga to‘g‘ri keladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling