Maxsus, kasb-hunar ta’limi
Download 1.22 Mb.
|
@kimyo malumot bazasi Masharipov Tirkashev - kimyo (KHK)
Elektrolitlarning suvli eritmalari.
Elektroliz mahsulotlari
Elektroliz eng aktiv metallar (K, Na, Ca, Mg, Al), ba’zi aktiv metallmaslar (Cl2, F2), shuningdek, murakkab modda- lar (NaOH, KOH, KClO3) olishda keng qo‘llaniladi. Metall buyumlarning sirtini nikel, xrom, qalay, rux, oltin va shu kabilar bilan qoplashda elektrolizdan foydalaniladi. 85 Metallar sirtiga elektroliz yo‘li bilan hosil qilingan qopla- malar qalinligi bir xil, puxta bo‘lib, uzoq vaqt xizmat qiladi; bundan tashqari, bu usul bilan istalgan shakldagi buyumni qoplash mumkin. Amaliy elektrokimyoning bu tarmog‘i galva- nostegiya deyiladi. Galvanik qoplamlar korroziyalanishdan saqlashdan tashqari ba’zan buyumlarga chiroyli tashqi ko‘ri- nish baxsh etadi. Elektrokimyoning mohiyati jihatidan galvanostegiyaga yaqin yana bir tarmog‘i galvanoplastika deyiladi. Bu turli xil buyum- lardan aniq metall nusxalar olishdir. Galvanoplastika yordamida bosmaxona klishelari, grammplastinkalar tayyorlanadi, turli xil buyumlar metallashtiriladi. Elektrolizdan ko‘pchilik metal- larni — ishqoriy metallar, ishqoriy-yer metallari, aluminiy, lantanoidlar va boshqalarni olish uchun, shuningdek, ba’zi metallarni aralashmalardan tozalash uchun foydalaniladi. Download 1.22 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling