Maxsus keramik materiallari va buyumlar


Download 0.84 Mb.
Sana01.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1318621
Bog'liq
Metrologiya


Mavzu: Sapol devorbop materiallarni modifikatsiyalash.
Reja:
1. Keramik devorbop materiallar.
2. Sanitar-texnik buyumlar ishlab chiqarish.
3. Maxsus keramik materiallari va buyumlar

Tayanch iboralari: giltuproq, alyumosilikatlar, pishirish, mikrokompozit, makrokompozit, mustahkamlik, suvga chidamlilik, sovuqqa bardoshlilik, modifikatorlar, devorbop keramika, bezak keramikasi, terrakota, texnologik prinsiplar. Mineral xom ashѐga texnologik ishlov berib, yuqori haroratda kuydirish natijasida olingan materiallar va buyumlarga keramik materiallar deyiladi. ―Keramika‖ so‘zi lotincha ―Keramos‖ so‘zidan olingan bo‘lib, glina (gil) ma'nosini bildiradi. Insoniyat tarixida gil asosidagi xom loydan tayyorlangan devorbop materiallar va buyumlar, somonli suvoqlar qurilishda eramizdan avvalgi 8000 yillikda ishlatilgan. Ikki ming yil avval xom loy asosida Buyuk Xitoy Devorining katta qismi barpo etilgan. Misrda, Vavilonda, Eronda, Hindistonda, Lotin Amerikasida xom loydan bino va inshootlar qurilganiga ko‘plab tarixiy obidalar guvoxlik berib turibdi: Saxroi Kabir piramidalari, Erondagi Tezifon Arkasi, Perudagi Chon–chon binosi, Yamandagi ko‘p qavatli uylar va boshqalar. Xom loy asosida XVII-XIX asrlarda Buyukbritaniyada, Germaniyada, Italiyada, Ispaniyada va Skandinaviya mamlakatlarida bino va inshootlar barpo etilgan. Markaziy Osiyoda xom loy (paxsa) asosida qadimgi Xiva, Buxoro, Termiz va boshqa shaharlar qal'a devorlari barpo etilgan. Qadimgi Termizda Budda ehrom va sajdagohlari, shoh saroylari paxsa va xom g‘ishtdan qurilgan bo‘lib, xarobalari xozirgi kungacha saqlangan.


Sopol buyumlar tarkibi qotib qolgan eritmaning uzluksiz fazasi va erimagan gilsimon, changsimon va qumli fraksiyalar hamda havo to‘lgan g‘ovak va bo‘shliqlardan iborat bo‘lganligi uchun ularni kompozitsiyali (murakkab) materiallar turkumiga kiritish mumkin.
Ma'lumki, sopol buyumlarni pishirish jarayonida oson eruvchi minerallar erib, qiyin eriydiganlari o‘zaro bog‘lanib, yoriq va g‘ovaklarni to‘ldiradi. Natijada butun hajmi bo‘yicha uzluksiz qotgan eritma ya'ni, matritsa hosil bo‘ladi. Soviganda esa kristall holatga aylangan mikrotuzilishga ega bo‘lgan matritsa shishasimon ko‘rinishga o‘tib, sopolning mustahkamligini ta'minlaydi.


Paxsa va xom g‘ishtli binolar.
1 va 2 – eski Termiz sh.; 3 – Xiva sh., Ichan-Qal'a devori; 4 – Buhoro sh., Arki devori; 5 – paxsa devor, Tunis; 6 – paxsa devorli qal'a, Turkmaniston.

Sopol g‘isht va toshlar o‘lchamlariga qarab O‘zRST 530-95 bo‘yicha


quyidagi xillarga bo‘linadi: oddiy g‘isht 250x120x65 mm; modulli g‘isht
250x120x88 mm; qalinlashtirilgan g‘isht 250x138x65 mm; oddiy sopol tosh
250x120x138 mm; yirik sopol tosh 250x138x138 mm ; modulli sopol tosh
250x250x138 mm va kovaklari gorizontal joylashgan sopol toshlar 250x250x120
va 250x250x80 mm.
G‘ishtlarning o‘lchamlardan chetga chiqishi uzunligi bo‘yicha ±5, eni bo‘yicha 4, qalinligi bo‘yicha esa 3 mm dan ortiq bo‘lmasligi kerak.

Sopol g’isht va toshlar

Sanitariya-texnika buyumlari (O‘zRST 831-97) umivalnik, unitaz, vanna, yuvish bachoklari va sh. k. lar oq gildan, fayans yoki yarim chinni massalardan tayyorlanadi. Xom ashyo massalar tarkibiga kaolin, oq gil, dala shpati, kvars qumi kukuni, kuydirilgan gil, erigan shisha kabilar kiradi.


Buyumlar gips qoliplarda quyish usulida qoliplanadi. Qolipdan chiqarilgach ular quritiladi, oq va rangli yaltiroq sir bilan qoplanadi, so‘ngra pishiriladi.

Sanitar texnik buyumlar

Sanitariya – texnika buyumlari manzaralik, silliq yuzali, oson tozlanish va uzoq vaqt davomida o‘z xossalarini saqlab qolish xususiyatiga egaligi bilan farqlanadi. Ushbu buyumlarning asosiy kamchiligi ularning mo‘rtligidir. Shunga qaramay, sopoldan tayyorlangan sanitariya – texnika buyumlari xozirgi kundagi eng yaxshi va zamonaviy buyumlar bo‘lib qolmoqda.


Maxsus keramik materiallari va buyumlar
Bunday sopol materiallari va buyumlarga cherepitsalar, oqava va drenaj quvurlari, kislotalarga chidamli buyumlar, sanitariya-texnika buyumlari kiradi.



Cherpitsalar

Cherepitsa (TSh 7-192:2003) tomga yopiladigan material bo‘lib, oson suyuqlanadigan gillardan xom materialni qoliplash, quritish va pishirish yo‘li bilan tayyorlanadi. Hozirgi vaqtda sopol korxonalari cherepitsalarining bir necha turini: o‘yiqli qoliplangan, o‘yiqli tasmasimon, tasmasimon yassi va konkisimon turlarini ishlab chiqarmoqda.


Foydalaniladigan asosiy darsliklar va o‘quv qo‘llanmalar ro‘yxati:

  1. Qosimov E. Qurilish ashyolari. Oliy o‘quv yurtlarining magistrantlari uchun . - darslik. T.<>.–2004.

  2. Samigov N.A., Samigova M.S. “Qurilish materiallari va buyumlari”.

Toshkent. “Mehnat”, 2004.

  1. A.A. Tulaganov, X.X.Kamilov, M.M. Voxidov, A.A. Sultonov. Zamonaviy qurilish materiallari, buyumlari va texnologiyalari. O‘quv qo‘llanma. – Samarqand. Zarafshon, 2015.

Internet saytlar:
4.http://www.ziyonet.uz/
5.http://www.iprbookshop.ru/



Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling