Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet101/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Huquqiy tarbiya haqida tushuncha bering.
2. «Bolalar huquqlari to‘g‘risida» deb ataluvchi konvensiyada nimalar haqida 
yozilgan?
3. Huquqiy ustuvorlik haqida so'zlab bering.


7-BO B. BOLALAR JAM OASINI 0 ‘RGANISH, TASHKIL QILISH
VA TARBIYALASH
Jamoa tushunchasi pedagogikada asosan asrimizning 20-yillaridan 
boshlab atroflicha keng qo'llanila boshlandi. Vaholanki, bu tushuncha 
undan oldin ham tarbiyachilar, psixologlar, tarixchilar, sotsiologlar- 
ning diqqatini tortib kelgan.
Bolalarni jam oada tarbiyalash g ‘oyasi o ‘qituvchi, tarbiyachilar 
tom onidan iliq kutib olindi. Juda ko‘p ilmiy-amaliy kuzatishlar amalga 
oshirildi. Bu tekshirish m a’lumotlarining ko‘rsatishicha, jam oa faqatgina 
bolalarda o ‘rtoqlik, ja m o atc h ilik , ijtim oiy faollikni shakllantirib 
qolmasdan, balki bolalarda atrof-muhitga nisbatan munosabatni belgilab, 
unga ijtimoiy yo‘nalish berar ekan. Jamoada tarbiyalash orqali bolalarning 
asosiy shaxsiy sifatlaridan bo‘lgan xarakter va irodani tarbiyalab borish 
m um kin ekan. Jam oasiz har tom onlam a yetuk shaxsni tarbiyalash 
mumkin emas, deb ta ’kidlashadi mumtoz pedagoglar. Jamoa haqidagi 
nazariya shaxsning rivojlanishidagi umumiy qonuniyatlarni ochib beradi. 
Bolalarning jam oaga birlashishlaridagi m anba yagona maqsadning 
borligidir. Shu maqsadga erishish uchun jam oa asosidagi faoliyat tashkil 
etilad i. M aq sad n in g birligi ja m o a a ’z o la rid a yag o n a, um um iy 
qarashlarning tiklanishiga olib keladi.
Har doim maqsad turg‘unligi muvaffaqiyatlar garovi bo‘la olmaydi. 
Masalan, o'smirlarning qonunbuzar guruhlarini jam oa deya olmaymiz. 
Demak, sistemali aloqa, ayrim umumiy maqsadning b o iish i jam oa 
bo‘lish uchun yetarli emas ekan. Jamoa haqida darslikda quyidagicha 
ta ’rif berilgan: «Ijtimoiy qiymatga ega bolgan maqsad asosida shu guruh 
a ’zolarining yagona faoliyatga birlashishlari, o'zaro munosabatda bir- 
birlariga bog‘liq boMishlari, o 'zaro javobgarliklari, ular burch va 
huquqlarining tengligiga asoslangan shaxslar guruhiga jam oa deyiladi. 
Jamoa o ‘z rahbar organlarini saylaydi, boshqa jam oalar bilan yaqin 
aloqada bo'ladi».
Jam oa m anbalari turli-tum an faoliyat turlari b o ‘lishi m um kin. 
Bularga m ehnat, o ‘yin, o'qish, ommaviy madaniy ishlar, sport, estetik 
faoliyat, maishiy topshiriqlarni bajarish kiradi. Ularga qo'yiladigan 
talablar esa jam oa faoliyatining ijtimoiy foydali yo'nalishi, jam oa a ’zolari 
imkoniyatlariga to ‘gcri kelishidir.
181


M untazam o'sib boruvchi, olg'a harakat quluvchi, borgan sari 
murakkab hayot faoliyati tajribalarini egallab boruvchi jamoagina haqiqiy 
shaxsning barkamol o‘sishini ta ’minlaydigan jamoa bo'la oladi, jam oa- 
ning muvaffaqiyati asosan birlamchi, son jihatdan eng kichik jamoaga 
bog‘liq. Bu yerda bolalar kundalik faoliyat bilan bir-birlariga bog‘lanib, 
izchil muloqotda bo‘ladilar. Maktab jamoasini shakllantirish uzoq davom 
etuvchi murakkab jarayon bo‘lib, m a’lum qonuniyatlarga b o ‘ysunadi.
Haqiqiy jam oa bo‘lish uchun m a’lum vaqt talab etiladi hamda m a’lum 
bosqichlar bosib o ‘tilishi kerak. Birinchi bosqichning asosiy vazifasi jamoa 
manfaatlarini to ‘g‘ri tushunadigan, idrok etadigan bolalarni aniqlashdan 
iborat. Kelgusida shu bolalar jamoaning o'zagini tashkil etadi. Demak, 
bu bosqichda bolalarni yaxshilab o ‘rganish ham kerak. Jamoada umumiy 
intizomning qaror topishi bilan birinchi bosqich yakunlanishi mumkin.
Jamoaning yaxshi a ’zolari o ‘qituvchining talablariga bo‘ysunadilar. 
A m m o tashqaridan intizom li b o ‘lib k o ‘ringan b olalar pedagogik 
ishlarimizning asosiy maqsadi emas. Bu bevosita keyingi izchil ishlarimizga 
poydevor bo‘la olishi mumkin. Shu tariqa jamoaning shakllanishida ikkinchi 

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   97   98   99   100   101   102   103   104   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling