Maxsus pedagogika


Oligofreniyaning eng og'ir darajasi idiotlik


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet13/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

24


Oligofreniyaning eng og'ir darajasi idiotlik bo‘lib, ular idroklarida 
qo‘pol rivojlanmaganlik ko‘rinadi. Atrof-muhitga bo‘lgan munosabati mos 
emas. 0 ‘z shaxsini aniq bilmaydi. Ularning tafakkuri deyarli yo‘q. Ular 
o ‘zlariga qarab gapirilgan gapdan ko‘ra mimika va yuz harakatlarini nisbatan 
ilg‘ab oladilar. Idiotlar nutqi aqliy nuqson chuqurligiga bog‘liq. Ular 
nutqi m a’nosiz tovushlardan, ba’zan alohida so‘zlar yig'indisidan iborat 
boiish i mumkin. Hissiyotlari haddan tashqari sodda bo‘lib, fiziologik 
xohishlar bilan bog‘liqdir. Xursandchiliklari, qoniqishlarining asosida 
o ‘zlarining to ‘qligi, turarjoyining issiqligi, patologik intilishlarini qondirish 
bo‘lishi mumkin (jinsiy o ‘z-o ‘zini qondirish, barmoqlarini so‘rish, yeb 
bo‘lmaydigan narsalarni chaynash). Xafagarchiliklari esa sovuq, ochlik, 
og‘riqdan bo‘lishi mumkin. 0 ‘zlarining xursandchiliklarini harakat
qichqirish, mimika harakatlari bilan namoyon etsalar, xafagarchiliklarini 
esa qaysarlik, o ‘z tana organlarini jarohatlash bilan ko‘rsatishlari mumkin. 
Idiotlaming nisbatan yengilroq turlarida ijtimoiy hislarning saqlanganligini 
ko‘rish mumkin. Bunday xislatlami ulami boqadigan kishilarga birmuncha 
bogianib qolganliklarida, maqtaganida ularning xursand bo‘lishlarida 
ko‘rish m um kin. U larning um um iy kayfiyatlari goh befarq, goh 
b o ‘shanglik va xursandchilik bilan ifodalanishi m um kin. H arakat 
tizimlarining haddan tashqari kambag'alligi natijasida hatto yurish va tik 
turish malakalari ham buzilgan b o ‘ladi. Faoliyatlari deyarli ko‘zga 
tashlanmaydi. 0 ‘zlariga xizmat qilish malakalari shakllanmagan. Xulqlari 
asosan ularning o ‘z talablarini qondirish bilan bog‘liq. Ba’zilari bir xildagi 
stereotip harakatlar qiladilar. Ritmik ravishdatanaharakati, bir xildagi 
bosh, bo‘g‘inlar harakatini kuzatish mumkin. Idiot darajadagi aqliy 
nuqsonlilikda turli tutqanoqlar, ba’zan jismoniy rivojlanishida qo‘pol 
nuqsonlar uchraydi — teri nuqsonlari, ichki organ kam chiliklari
endokrin va modda almashinuvining buzilishini ko‘rish mumkin.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling