Maxsus pedagogika


Download 6.87 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/126
Sana10.11.2023
Hajmi6.87 Mb.
#1761780
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126
Bog'liq
Maxsus pedagogika. Po\'latova P.M

Savol va topshiriqlar
1. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaning qanday ahamiyati bor?
2. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaga qanday talablar qo‘yilgan?
3. Yordamchi maktabda jismoniy tarbiyaning o‘ziga xosligi haqida so'zlab 
bering.
Yordamchi maktabda huquqiy tarbiya
0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 13- iyundagi 
296-sonli Qarorida yoshlaming huquqiy ta ’limini takomillashtirishning 
kompleks dasturi ko‘rsatilgan. Bu dastur huquqiy-ta’limiy ishlarni yanada 
chuqurroq o‘rgatishga qaratilgan. BMT 1989-yilning 20-noyabrida «Bolalar 
huquqlari to‘g‘risida» deb ataluvchi xalqaro shartnoma — «konvensiya» 
qabul qildi. BMT ning ko‘pgina davlatlari bu shartnomaga qo‘shilgan va 
uni bajarish vazifasini olganlar. Xo‘sh, «Bolalar huquqlari to ‘g‘risida»gi 
xalqaro shartnomada nima deb yozilgan o ‘zi?
Mana, e ’tibor bering-a:
— har bir inson 18 yoshga to‘lgunicha bola hisoblanadi;
176


— davlatlar bolani kamsitish yoki jazolashning barcha shakllaridan 
ularni himoya qiladilar;
— davlatlar bolaning tinch-osoyishtaligi uchun zarur hisoblangan 
himoya va g‘amxo‘rlikni ta ’minlash majburiyatini oladilar;
— davlatlar liar bir bolaning yashash huquqini tan oladilar; ulaming 
tirik qolish va sog‘lom rivojlanishini ta ’minlaydilar;
— bola o ‘z fikrini erkin ifoda etish huquqiga ega;
— bola o ‘z oilasida yoki u haqida eng ko‘p darajada g‘amxo‘rlik 
qiluvchilar orasida yashash huquqiga ega;
— bola to ‘yib ovqat yeyishga va toza suv bilan ta ’minlanish huquqiga 
ega;
— bola sog‘lig‘ini saqlash huquqiga ega;
— davlatlar noraso bolaning alohida g‘am xo‘rlikka egalik huquqini 
tan oladilar;
— bola erkin ilm olish huquqiga ega;
— boladan arzon ishchi kuchi yoki askar o 'rn id a foydalanish 
mumkin emas;
—bola ijtimoiy ta ’m inot huquqiga ega;
— bola dam olish, bo‘sh vaqtga ega bo'lish, o ‘z yoshiga mos keladigan 
o ‘yin va ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok ctish huquqiga ega;
— d av latlar bolalarni giyohvand m o d d alar iste ’mol qilishdan 
saqlash choralarini ko‘radilar...
Bolalar huquqlari to ‘g ‘risidagi qoidalar ro ‘yxatini yana davom 
ettirish m um kin. K o‘rib turibsizki, BMT bolalarni o ‘z himoyasiga 
olgan.
0 ‘zbekiston Respublikasi 1992-yilda bu shartnom ani imzolagan 
va unga amal qilish majburiyatini olgan.
Bolalar haqida g ‘am xo‘rlik qilish davlatim iz siyosatining asosini 
tashkil etadi.
Respublikamizda bolalar haqida qilinayotgan g ‘am xo‘rlik haqida 
Y U N IS E F ning 0 ‘zbekistondagi vakili Rudi Rodriges bunday degan 
edi: «Meni qoyil qoldirgan jihat yurtingizda yetim va nogiron bolalarning 
hech qachon qarovsiz yolg'iz qoldirilmasligidir. U ning boshida hamisha 
qaysidir m ehriboni, hech kimi b o im ag an taqdirda uni saqlaydigan 
jam iyati, davlati bor. Bu kamyob hodisadir».
Yordamchi maktablarda davlat huquq asoslari haqida elem entar 
tushuncha berish aniq dastur asosida olib borilmoqda.
Vazirlar M ahkamasining qaroriga binoan barcha fanlar asosida 
huquqiy tarbiyani amalga oshirish maqsadga muvofiqdir. Bunda:
konstitutsiya huquqidan;
ekologik huquqdan;
m a’muriy huquqdan;
12-33
177


m ehnat huquqidan;.
fuqarolik huquqidan;
jinoyat huquqidan elem entar tushunchalar berib boriladi.
Bolalar huquqiy ongini yuksaltirish hozirgi davr talabidir.
0 ‘quvchilarning huquqiy ongini oshirmasdan huquqiy fuqarolik 
davlatini tasaw ur etib bo‘lmaydi. Huquqiy ong poydevoriga maktablarda 
asos solinadi.
M aktabdan tashqari ta ’lim muassasalarida o ‘quvchilarga huquqiy 
bilim lar, ijtim oiy hayot m e ’yorlari va qoidalari to ‘g‘risida keng 
m a’lum otlar berib boriladi. H uquqiy ta ’lim -tarbiyaning m azm uni 
mustaqil 0 ‘zbekiston davlatining iqtisodiy, m a’naviy, siyosiy-huquqiy 
manfaatlarini o ‘zida mujassamlashtirishi kerak. Rejalashtirilgan turli 
tadbirlardan tashqari huquqiy ta ’lim-tarbiyaga oid to ‘garak faoliyatida 
yordamchi maktab o'quvchilari quyidagi bilimlarga ega bo‘lishlari lozim:
— huquqiy davlatda qonun ustuvorligi va huquqiy davlatning o ‘ziga 
xos belgilari;
— Konstitutsion huquq asoslariga oid tushunchalarni o ‘zlashtirish;
— 0 ‘zbekiston Respublikasining suvereniteti haqidagi bilimlar;
— inson h u q u q la ri h am d a fu q a ro la rn in g asosiy h u q u q la ri, 
erkinliklari to ‘g‘risidagi bilimlar, ya’ni:
siyosiy huquqlar;
— iqtisodiy va ijtimoiy huquqlar;
— inson huquqlari va erkinliklarining kafolatlari;
— 0 ‘zbekiston fuqarolarining asosiy burchlari;
— 0 ‘zbekiston Respublikasi davlat hokimiyati to ‘g‘risida;
— yordamchi m aktabda huquqiy ta ’limni o ‘rganishning muhim
jihatlaridan biri — huquq-tartibot organlari xodimlari, xalq deputatlari, 
m ahalla oqsoqollari va boshqa turli huquqiy idoralarga aloqador 
xodim lar bilan hamkorlikda o ‘qituvchilarning ish olib borishidir.

Download 6.87 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   126




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling