Maxsus psixologiya oligofrenopsixologiya surdopsixologiya logopsixologiya tiflopsixologiya toshkent 2013


Download 6.98 Mb.
Pdf ko'rish
bet96/105
Sana09.10.2023
Hajmi6.98 Mb.
#1696246
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105
Bog'liq
Maxsus psixologiya. Mo\'minova L.R.

digan, yoxud
ataylab takabburlik qiladigan, tajovuzkor bo‘lib qoladi. 
Oqibat natijada tegishli darajadagi shaxslararo aloqalarni yo'qotib, 
o‘zi bilan o‘zi ovora bo‘Iib qolishi mumkin. 0 ‘ziga haddan tashqari 
past baho berish norasolik deb atalmish xislatlar kompleksining, 
o'ziga qat’iyan ishonchsizlikning, tashabbuskorlikdan voz kechish- 
ning, befarqlikning, o‘zini o‘zi koyishning va qo‘rquvning kuchay- 
ganligidan darak berishi mumkin.
Ammo, shaxsning nuqtayi nazarini ta’riflash uchun, aftidan, 
birgina o'ziga o‘zi baho berishini bilish yetarli emas. 0 ‘ziga o‘zi
250


baho berish, kutilgan baho, guruhning shaxs tomonidan baholani- 
shi shaxsning tuzilishiga kiradi.
Jiddiy ahamiyatga molik barcha baholar shaxsning anglanilgan 
hayoti jarayonida tarkib topishini unutmaslik kerak. 0 ‘zini o‘zi ba- 
holash orqali shaxsiy sifatlar shakllanib boradi. «Shaxsning shakl­
lanishi» ikki xil m a’noda qo‘llaniladi.
1. Shaxsning shakllanishi uning rivojlanishi, ana shu rivojlanish 
jarayoni va uning natijasi ekanligidir.
2. Shaxsni maqsadga yo‘naltirilgan tarzda tarbiyalash sifatidagi 
shakllantirishdir.
Nuqsonli bolalarda yuqoridagi holatlar qanday, qay tarzda ke­
chadi? Shu narsa ma’lumki, ko‘r bolalardagi o‘zlarini baholash 
xususiyatlari birmuncha kechroq yuzaga kelar ekan.
Lekin yuqori sinflarga kelib, ko‘r bolalarda o‘zlariga tanqidiy 
qarash holatlari yuzaga kela boshlar ekan. Aqlan nogiron bolalar 
ustida qilingan tadqiqotlarning ko'rsatishicha1 bu toifa bolalarda 
quyidagicha kechar ekan:
— yillar o‘tishi bilan normal bolalarda ham, ko'rish nuqsoniga 
ega bolalarda ham o‘ziga o‘zi baho berishlari obyektiv holat kasb 
etib borar ekan;
— ko‘rish nuqsoniga ega bolalarda o‘z-o‘zlariga baho berishlari 
barcha o‘rganilgan yosh davrlarda o‘zining adekvat emasligi bilan 
normal bolalardan farq qiladi.
Muammoga oid kengroq, atroflicha ma’lumotlarni yuqoridagi 
manbadan olish mumkin. Xo‘sh, bu masala ko‘rish nuqsoniga ega 
bo'lgan bolalarda qanday kechadi?
Shu narsa aniq boldiki, bu toifa bolalarda ham boshqa toifa no- 
gironlar singari o‘ziga o‘zi baho berishlari adekvat mos emas ekan. 
Ya’ni ko'pchiligi o‘z imkoniyatlariga ortiq, kam baho berar ekanlar.
Nuqsonli bolalarni o‘z vaqtida faoliyatga kiritish ularni jamiya- 
timizning teng huquqli a’zolari sifatida o‘zlariga va Vatanga xizmat 
qilishlarini ta’minlaydi. Ko‘rlar va zaif ko‘ruvchilar faoliyat yor­
damida atrofdagi narsalar va voqelik bilan bevosita munosabatda 
bo‘ladilar. Mehnat jarayonida bilim, tajriba va malakalar shaklla-

Download 6.98 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling