Maxsus talim vazirligi


Download 157.79 Kb.
bet5/6
Sana27.01.2023
Hajmi157.79 Kb.
#1134500
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
MUSTAQIL ISH

Degeminatsiya — so'z tarkibidagi geminatsiyaning yo'qolishi:
men+ning> mening, sizni > sizzi > sizi; qayyer > qayer kabi.
8. Sinerezis — so'z tarkibida yondosh qo'llangan ikki unlining
diftonglashuvi — bir cho'ziq unli holiga kelishi: mutolaa > mutola:
matbaa> matba: saodat> sodat kabi. Bu hodisa ikki unli orasidagi
undoshning tushib qolishi hisobiga yuz berishi ham mumkin: zahar> za:r,
shahar> sha:r kabi.
9. Spirantizatsiya — ayrim portlovchi undoshlarning ikki unli orasida
(intervokal pozitsiyada) sirg'aluvchi undoshga o'tishi: bora ber> boraver
(b > v), kabob> kavob(b > v), po'stloq> po'stlog'i(q > g'), taroq > tarog'i
(q >g') kabi. Bu hodisada pozitsion omil (intervokal holat) bilan birga
kombinator omil (unlilarning undoshga ta’siri) ham ishtirok etgan.

Fonetik oʻzgarishlar



Fonetik oʻzgarishlar, tovush oʻzgarishlari, fonetik jarayonlar — nutq jarayonida soʻzning fonetik tuzilishida, tarkibida sodir boʻladigan oʻzgarishlar. Nutq jarayonida, talaffuzda tovushlar boshqacha aytilishi, tushib qolishi, baʼzan esa tovush orttirilishi, bir tovushning ikkinchisi tomonidan moslashtirilishi mumkin.
Unutmaslik kerak:

  • Fonetik hodisalar unlilarga ham, undoshlarga ham taalluqlidir.

  • Fonetik hodisalar 3 xil bo‘ladi.

1. Tovush tushishi
Asosga qo‘shimcha qo‘shilishi natijasida so‘zda ayrim unli va undosh tovushlar tushib qoladi. Asosan, unlilardan a, i, e, u, undoshlardan t, n, qo‘sh undoshli so‘zlarda esa s, l, m kabi tovushlar tushishi kuzatiladi.



2. Tovush ortishi
Ayrim so‘zlarga qo‘shimcha qo‘shganimizda tovush ortadi. Bu hodisa yozma nutqda unlilar bilan sodir bo‘lmaydi, faqat undosh tovushlar (n, y) ishtirokida kuzatiladi.
Misollar:
de + il + di = deyildi;
mavzu + im = mavzuyim;
shu + ga = shunga.
Bu+ga= bunga
U+ga=unga
O’sha+ga=oshanga
Bu+ni= buni
U+da= unda
O’sha+da= o’shanda
Shu+dan= shundan
Shu+da= shunda
Bu+dan= bundan
Shuningdek, ch, s, b kabi undoshlarning ayrim so‘zlar tarkibida ikkilantirilishi ham tovush ortishi hisoblanaveradi.

Download 157.79 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling