Maydon tranzistorini tekshirish
Download 273 Kb.
|
1.3 - amaliy mashg\'ulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishning qisqacha nazariyasi.
- Ishni bajarish tartibi. 1.
- Nazorat savollari
MAYDON TRANZISTORINI TEKSHIRISH Ishning maqsadi: Maydon tranzistorining ishlash tamoyilini o’rganish va uning statik volt-amper xarakteristika (VAX) olish. Kerakli asboblar: Maydon tranzistorini statik xarakteristikasini olishga mo’ljallangan laboratoriya stendi va o’lchov asboblari, o’zgarmas tok manbai(9-12V). Ishning qisqacha nazariyasi. Maydon (unipolyar) tranzistorida tok kattaligi elektronlar yoki kovaklar hisobiga hosil qilinadi. Bipolyar tranzistorlarda esa tok ikki xil: elektronlar va kovaklar hisobiga hosil qilinadi. Maydon tranzistorlarida tokni boshqarish elektr maydoni yordamida amalga oshiriladi. Maydon tranzistorining tuzilishi va elektr sxemaga ulanishi 1.1.4-a-chizmada keltirilgan. Maydon tranzistorlarining radiosxemada belgilanishi 1.1.4 b-chizmada ko’rsatilgan. 1.1.4-chizma.Maydon tranzistori.a) tuzilishi.,b) sxemasi 1.1.4-a,chizmada chap tomondagi elektrod oqim boshlanishi – istok deb, o’ngdagi elektrod esa oqim quyilishi – stok deb, o’rtadagi boshqaruvchi elektrod zatvor deb ataladi. Istok bilan stok oralig’idagi qatlam kanal deb yuritiladi. Maydon tranzistorining tuzilishi 1.1.4-chizmada ko’rsatilgan. Rasmda n kanalning yon sirtiga p- tipli yarim o’tkazgich qatlami hosil qilingan bo’lib, u zatvor deyiladi. Zatvor bilan kanal orasida n-p o’tish hosil bo’ladi. Tranzistor uchta elektroddan tashkil topgan: -I- istok, C- stok va З- zatvor. Odatda istok korpusga (yerga) ulanadi. Zatvorga istokka nisbatan musbat kuchlanish beriladi. Stokka ham istokka nisbatan kuchlanish beriladi. Bu kuchlanish kanal (yarim o’tkazgich)turiga qarab musbat yoki manfiy bo’lishi mumkin. Masalan, n-tipdagi kanalli tranzistorda stokka manfiy kuchlanish beriladi. Zatvorga esa zatvor kanal o’tishini berkitadigan kuchlanish beriladi. Maydon tranzistorida chiqish toki istok stok kuchlanishiga bog’liq bo’ladi. Shuningdek stok toki zatvor kuchlanishiga ham bog’liq bo’ladi. Bu kuchlanish ta`sirida kanalning kesim yuzasi o’zgaradi. Kanalning kesim yuzasi kamaysa uning qarshiligi oshadi. Stok-istok kuchlanishi kanaldagi qatlamning konfiguriyasini o’zgartiradi. Shunday qilib, tranzistorning chiqish toki bipolyar tranzistorlardan farqli ravishda zatvor kuchlanishi bilan aniqlanadi. Bunda zatvor toki nolga yaqin bo’ladi. Chunki bu tok n-p o’tishning teskari tokidir. Tranzistorning stok - zatvor xarakteristikasi deganda, istok stok kuchlanishi o’zgarmas bo’lganda, stok tokining zatvor kuchlanishiga bog’liqligiga aytiladi. Ya`ni Ic = f(Uzi ) bunda Ui s=const Tranzistorning stok xarakteristikasi deb, zatvor kuchlanishi o’zgarmas bo’lganda, stok tokining zatvor istok kuchlanishga aytiladi .Ya`ni Ic = f(Uzi ) bunda Uzi =const 1.1.5-chizma.Tanzistorning VA tavsifnomasi Tranzistorning stok xarakteristikasi 1.1.5-chizmada keltirilgan. Maydon tranzistorining asosiy parametrlaridan biri stok–zatvor xarakteristikasining egriligi hisoblanadi. U quyidagi formuladan hisoblanadi: bunda Uzi =const 1.1.6-chizma.Laboratoriya qurilmasi sxemasi Egrilik tranzistor xarakteriskasidan aniqlanadi.Tranzistorning xarakteristi-kasini olish uchun laborotoriya stendidan foydalaniladi. Laborotoriya stendining old qismida tranzistor xarakteristikasini olishga mo’ljallangan elektr sxema chizilgan(1.1.6-chizma). Mazkur ishda n-tipdagi kanalli KP -301L markali tranzistor tekshiriladi. Ishni bajarish tartibi. 1. Laborotoriya stendi yordamida tranzistorning stok xarakteristikasini oling (1.1.6-chizma). Buning uchun stenda o’rnatilgan R rezistor yordamida zatvorga ma`lum 0-3V kattalikdagi kuchlanish bering. So’ngra R rezistor yordamida stokka beriladigan Usi kuchlanishini o’zgartirib milli-amperlar va voltmetr ko’rsatishlari yozib oling . 2. Tranzistorning stok-zatvor xarakteristikasini oling. Buning uchun R rezistor yordamida tranzistor stokiga ma`lum kuchlanish beriladi va R rezistor yordamida zatvor kuchlanishi 0 dan 3,5V gacha o’zgartirilib voltmetr va milliampermetrning ko’rsatgichlari yozib olinadi. 3. Olingan tajriba natijalari asosida tranzistorning statik VAX si grafigini chizing . 4. Qilingan ishlar yuzasidan hisobot yozing. Nazorat savollari: 1. Maydon tranzistori qanday tuzilgan? 2. Maydon tranzistorning bipolyar tranzistordan farqi nimada? 3. Tranzistorning VAX qanday olinadi? 4. Maydon tranzistorining qo’llanilish sohalarini ayting?. Adabiyotlar: 1.Yu.F.Kolontaevskiy Laboratorniy praktikum po radioelektro-nike «Visshaya shkola», Moskva. 1989 2. O.F. Kabardin. Tranzistornaya elektronika. Izdatelstvo «Prosveshenie», Moskva, 1972. Download 273 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling