Mazkur dastur takomillashgan dts, bakalavriat ta’lim yo‘nalishining malaka talablari va o’quv rejasiga muvofiq ishlab chiqilgan


I. TANISHUV AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI


Download 189.5 Kb.
bet2/4
Sana08.01.2022
Hajmi189.5 Kb.
#248024
1   2   3   4
Bog'liq
2-kurs ILM Амалиёт дастури 6 hafta

I. TANISHUV AMALIYOT MAQSADI VA VAZIFALARI

Tanishuv amaliyotining maqsadi 5232700 –“Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishi talabalarining mutaxassislik fanlardan nazariy bilimlarini chuqurlashtirish va amaliyot bilan mustahkamlash, tegishli ishlab chiqarish jarayonlaridagi texnologiyalarni (ishlarni) bajarish, hamda sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni hosil qilishdan iborat.

5232700 –“Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish” ta’lim yo’nalishining DTS, o’quv va ishchi o’quv rejasiga muvofiq tanishuv amaliyoti muddati 2-kursning II semestri yakunlangandan so’ng 4 hafta qilib belgilangan.

Ushbu muddat ichida talabalar tanishuv amaliyotini O’zbekiston Respublikasi O’zbekiston Respublikasi Investitsiyalar bo’yicha davlat qo’mitasi va tijorat banklarida o’taydilar.

Tanishuv amaliyoti maqsadini amalga oshirish asosida talabalar tomonidan quyidagi vazifalarni hal etish belgilanadi:

  • nazariy bilimlarni amaliy bilim va ko'nikmalar orqali boyitish va kasbiy faoliyat bo'yicha orttirilgan bilimlarni chuqurlashtirish;

  • sohada faoliyat yuritishga oid ko’nikmalarni shakllantirish;

  • amaliyot o'tashda zaruriy materiallarni to'play olish, ulardan unumli foydalanish hamda tizimlashtirish;

  • amaliyot o'tash natijasida olingan moliyaviy- iqtisodiy ko'rsatkichlarni tahlil qilish va omilli bog'liqlikda xulosalar yasash;

  • amaliyot o'tash natijalari asosida hisobotni sifatli tayyorlash va unda aks etgan materiallarning mazmun-mohiyatini tushunib yetish.

II. TANISHUV AMALIYOTINING MAZMUNI, MAVZULARI VA UNING AMALIYOT KUNLARI BO’YICHA TAQSIMLANISHI


Amaliyotning dastlabki kuni amaliyot joyi nizomi, tashkiliy strukturasi bilan tanishishdan boshlanadi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qo’llaniladigan qoidalar, tashkilotning ichki intizomi, ish faoliyati va jamoat ishlari to‘g‘risida qisqacha ma’lumot beradi.

Talabadan amaliyot o‘tish davomida amaliyot o‘tiladigan har bir ish o‘rniga oid amaldagi me’yoriy hujjatlar va ularda foydalanilayotgan axborot-kommunikatsiya vositalari bilan tanishib chiqish talab etiladi.


Tanishuv amaliyoti mavzulari va ularning amaliyot kunlari bo’yicha taqsimlanishi




Mavzular

Ish kunlari soni



Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish

10



Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga doir bo`lgan information-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish

10



Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va xususiyatlari

10



Institut tomonidan tayinlangan ilmiy rahbar bilan ishlash

6




Jami:

36

III. TANISHUV AMALIYOTI MAVZULARINING MAZMUNI


1-mavzu. Amaliyot o`tash joyi va investitsiya faoliyatini moliyalashtirish tartibi bilan tanishish
Amaliyot joyining tashkiliy tuzilishi, tashkilot ko’rsatadigan xizmatlar. Investitsiya faoliyati, unga doir O`zbekiston Respublikasining Qonunlari va boshqa me`yoriy asoslar.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba quyidagi ma’lumotlarni chuqur tahlil qilgan holda o’z hisobotiga kiritadi:



  • amaliyot joyining tashkiliy tuzilishi, vazifalari va xizmat turlari to’g’risidagi tegishli ma’lumotlar;

  • investitsiya faoliyatiga doir O`zbekiston Respublikasining Qonunlari;

  • investitsiya loyihalarini moliyalashtiruvchi tashkilot faoliyatining funksiyalari, vazifalari;

  • ushbu mavzuga doir boshqa ma’lumotlar.

2-mavzu. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishga doir bo`lgan information-kommunikatsion dasturiy ta`minotini amaliy o`rganish


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayonining information ta`minoti. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish tahlilini yuritish. Informatsion kommunikatsion dasturlarning qo`llanilishi.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba quyidagi hujjatlarni tahlil qilgan holda o’z hisobotiga ilova qiladi:



  • investitsiya faoliyatining qonuniy-me’yoriy ta’minoti;

  • investitsiya faoliyatining institutsional ta’minoti;

  • investitsiya faoliyatining metodologik va information ta’minotlari to’g’risida ma’lumot;

  • ushbu mavzuga doir boshqa ma’lumotlar.

3-mavzu. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari va xususiyatlari


Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishni amalga oshirish tartibi. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirishda qatnashadigan muassasalar. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish jarayonini rejalashtirish. Investitsiya loyihalarini moliyalashtirish mexanizmi.

Ushbu mavzu bo’yicha talaba investitsiya loyihalarini moliyalashtirish manbalari tahlilini o’z hisobotiga ilova qiladi:

  • o’z mablag’larining xususiyatlari;

  • qarz mablag’larining xususiyatlari;

  • jalb qilingan mablag’larning xususiyatlari;

  • ushbu mavzuga doir boshqa ma’lumotlar.

IV. TANISHUV AMALIYOTIGA RAHBARLIK QILISH


“Baholash ishi va investitsiyalar” kafedrasi pedagog-xodimlari talabalarning tanishuv amaliyotlarini o’rnatilgan talablar asosida bajarilishini va tashkil etilishini nazorat qiladi.

Tanishuv amaliyotiga rahbarlik qilish kafedraning asosiy va o’rindosh shtatidagi pedagog-xodim tomonidan o’quv yilidagi umumiy o’quv yuklamasi doirasida amalga oshiriladi. U har haftada bir marta kafedrada (imkoniyatlar doirasida – amaliyot bazasida) talabalar bilan uchrashib, amaliyotning borishi, amaliyot kundaligining yuritilishi, vazifalarning bajarilishi, hisobotning rasmiylashtirilishi kabilar yuzasidan maslahatlar beradi, zarur hollarda amaliyotni o’tashga oid mavjud muammolarning sababini aniqlab, ularning hal etilishiga yordam beradi.
Kafedradan tanishuv amaliyotiga biriktirilgan rahbarning vazifalari:


  • amaliyot davomida talabalarga zaruriy bo’lgan nazariy, uslubiy va amaliy yordam ko’rsatadi;

  • tanishuv amaliyotini dastur bilan mos ravishda o’tishini, yuqori darajada bo’lishini ta’minlaydi;

  • talabalarni amaliyot obyektining ichki tartib-qoidalarga rioya qilishini nazorat qiladi;

  • talabalar tomonidan tanishuv amaliyoti dasturini to’la bajarilishini, amaliyot natijalari bo’yicha hisobot tuzilishini nazorat qilishni amalga oshiradi;

  • amaliyot yakunida talabaning olgan amaliy ko’nikmasi haqida amaliyot kundaligining tegishli qismida o’z fikri va xulosasini bildiradi;

  • talabalar tomonidan tanishuv amaliyoti bo’yicha tayyorlangan, kafedradan ro’yxatdan o’tkazilgan hisobotlarga 3 kun ichida taqriz yozadi.



Download 189.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling