Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi pf-6218-sonli "Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan


Download 22.22 Kb.
Sana24.04.2023
Hajmi22.22 Kb.
#1394225
Bog'liq
PF-1913 12.01.1998




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.03.00.00 Madaniyat / 13.03.15.00 Muzey ishi va ko‘rgazma faoliyati]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Madaniyat]

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish to‘g‘risida
LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston hududida qadimdan shakllangan muzeylar tizimini yanada takomillashtirish ularning xalqning ma’naviy-axloqiy kamolotida tutgan o‘rnini oshirish, muzey fondlarida saqlanib kelayotgan xalqimiz boy tarixini, mustaqilligimiz odimlarini aks ettiruvchi noyob, nodir eksponatlarni avaylab asrash, o‘rganish, boyitib borish, dunyoga olib chiqish va targ‘ib qilish, ulardan xalqimiz ongida milliy g‘urur va iftixor, istiqlol va Vatanga sadoqat tuyg‘ularini kuchaytirish yo‘lida keng foydalanish, muzeylarni zamon talablariga mos yuqori malakali mutaxassislar bilan ta’minlash, moddiy-texnika bazasini mustahkamlab, jahon muzeyshunosligi tajribalarini qo‘llashga zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida:
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
(2-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
4. Adliya, Madaniyat ishlari vazirliklari Davlat bojxona qo‘mitasi, Fanlar akademiyasi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va shu masalalar bilan bog‘lik bo‘lgan boshqa munosabatlarni tartibga soluvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin.
LexUZ sharhi
1998-yil 29-avgustda O‘zbekiston Respublikasining “Madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilingan.
5. Noyob madaniy boyliklarni saqlash, mamlakatdan olib chiqish, mamlakatga olib kirish va boshqa masalalar bilan bog‘liq butun mas’uliyat Madaniyat, Fanlar akademiyasi, Ichki ishlar vazirligi, Davlat Bojxona qo‘mitasi, Tashqi ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati zimmasiga yuklansin.
(5-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-iyundagi PF-5456-sonli Farmoni tahririda — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)
6. O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vazirligi, Badiiy akademiyasi va Davlat matbuot qo‘mitasi mamlakatimiz aholisining muzeyshunoslik madaniyatini oshirish, ularni merosimiz va qadriyatlarimizdan xabardor qilib borish hamda mutaxassislar, muzey xodimlarining muzeyshunoslik sohasidagi ilmiy ishlarini chop etish, bu sohadagi yutuqlarni targ‘ib qilishi muzey xodimlarining kasbiy malakasini oshirish maqsadida uch oyda bir marta o‘zbek, ingliz va rus tillarida chop etiladigan ilmiy-amaliy, ma’naviy-ma’rifiy, rangli “Moziydan sado” jurnalini ta’sis etsinlar.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-maydagi PF–5043-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 20-son, 354-modda)
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 15-fevraldagi PF-4956-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2017-y., 8-son, 105-modda)
8. O‘zbekiston Respublikasi Mehnat va Moliya vazirliklari Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey xodimlarini ijtimoiy himoyalash va oylik maoshlarini oshirish yuzasidan takliflarni ishlab chiqib, bir oy muddatda Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
9. “O‘zbekturizm” milliy kompaniyasi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi boshqa manfaatdor tashkilotlar bilan birgalikda yetakchi muzey va qo‘riqxonalarni o‘z ichiga olgan maxsus xalqaro turistik yo‘nalishlar (turlar) tashkil etsinlar hamda ularga xorijiy sayyohlarni jalb etish yuzasidan zarur tadbirlarni amalga oshirsinlar.
10. Muzeylarning O‘zbekiston Respublikasining respublika budjetidan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliy budjetlaridan mablag‘ bilan ta’minlanishining amaldagi tartibi saqlab qolinsin.
(10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2014-yil 8-iyuldagi PF-4631-sonli Farmoni tahririda — O‘R QHT, 2014-y., 29-son, 356-modda)
11. O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Madaniyat ishlari vazirligi bilan birgalikda muzey inshootlarini qurish va to‘liq ta’mirlash hamda ularni zamonaviy jihozlash uchun zarur bo‘lgan texnika vositalarini sotib olish va Farmonda belgilangan vazifalarni amalga oshirish uchun zarur mablag‘larni 1998-1999-yillarda ajratsin.
12. O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir hafta muddatda O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonun hujjatlariga zarur o‘zgartirishlar kiritish to‘g‘risidagi takliflarni ishlab chiqsin.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda ushbu Farmonning bajarilishini ta’minlash yuzasidan tegishli qaror qabul qilsin.
LexUZ sharhi
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1998-yil 5-martdagi 98-sonli “Muzeylar faoliyatini qo‘llab-quvvatlash masalalari to‘g‘risida”gi qarori.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1998-yil 12-yanvar,
PF-1913-son


(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 1-son, 31-modda; O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2005-y., 28-29-son, 203-modda; 2014-y., 29-son, 356-modda; 2017-y., 8-son, 105-modda, 20-son, 354-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.06.2018-y., 06/18/5456/1316-son)

Download 22.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling