Mazkur holatni O'zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari asosida tahlil qiling va vaziyatga huquqiy baho bering


Download 76 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi76 Kb.
#185741
Bog'liq
Mirsaid ekologiya


5-kazus

Qashqadaryo viloyatining Yakkabog' tumanida joylashgan tog'oldi hududi yaqinida istiqomat qiluvchi, uzoq yillar davomida tibbiyot sohasida faoliyat olib borib nafaqaga chiqqan fuqaro A.Nishonov o'zining yashash joyi yaqinida qarovsiz bo'lgan yer ostidan otilib chiqqan va xalq tomonidan shifobaxshligi tan olingan ma'danli suv atrofini fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mazkur hudud atrofini obodonlashtirib, dam olish va hordiq chiqarish uchun barcha qulayliklarni ta'minladi. Shuningdek, A.Nishonov ma'danli suv atrofini o'rab pullik asosda aholiga xizmat ko'rsata boshladi. Mahalliy davlat hokimiyati vakillari fuqaro A.Nishonovning faoliyati noqonuniy ekanligi jumladan, tabiiy suv obyektidan tadbirkorlik maqsadida foydalanishi mumkin emasligi, hamda mazkur yer uchastkasini noqonuniy egallab olganligini ma'lum qilishdi. Bunga javoban fuqaro A.Nishonov o'zining tibbiyot sohasida uzoq yillik tajribiga ega ekanligi uchun aholining salomatligini ta'minlashni tartibli yo'lga qo'yish maqsadida mazkur maskan tashkil etilganligini va bundan aholi minntador ekanligini ma'lum qildi. Mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari barpo etilgan barcha qurilmalarni noqonuniy deb topib, ularni buzish ishlarini boshlab yuboradi. Bundan norozi bo'lgan A.Nishonov o'ziga yetkazilgan zararni mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan ya'ni bino inshoatlarning xarajatlarini to'lab berish yuzasidan sudga murojaat qiladi.

Mazkur holatni O'zbekiston Respublikasining normativ-huquqiy hujjatlari asosida tahlil qiling va vaziyatga huquqiy baho bering

Yuqorida vaziyatga biz to’liq va har taraflama javob berish uchun ushbu vaziyatdagi asosiy muammolarni aniqlab olishimiz lozim. Birinchi muammo, fuqaro A.Nishonovning harakatlari asoslimi? Ikkinchi muammo, mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari barpo etilgan barcha qurilmalarni noqonuniy deb topib, ularni buzishi qonuniy asosga egami? Uchinchi muammo, ushbu vaziyatda sud qanday qaror qabul qilishi kerak? Endi esa kazusga to’liq javob berish uchun yuqoridagi savollarning har biriga alohida-alohida javob beramiz.



Birinchi muammo, fuqaro A.Nishonovning harakatlari asoslimi? O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 52-moddasiga ko’ra “Yer, yerosti boyliklari, suv, o’simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zahiralar umummiyliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir.” Bundan kelib chiqadiki yer va suv umummiyliy boylikdir. Qolaversa yer kodeksiga binoan yerlar sakkiz hil toifaga ajratilgan va bu toifalarning ichida qarovsiz yerlar toifasi yo’q. bizning vaziyatda fuqaro A.Nishonov o'zining yashash joyi yaqinida qarovsiz bo'lgan yer ostidan otilib chiqqan va xalq tomonidan shifobaxshligi tan olingan ma'danli suv atrofini fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish maqsadida mazkur hudud atrofini obodonlashtirib, dam olish va hordiq chiqarish uchun barcha qulayliklarni ta'minladi. Shuningdek, A.Nishonov ma'danli suv atrofini o'rab pullik asosda aholiga xizmat ko'rsata boshlaydi. “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 44-moddasiga ko’ra Belgilangan tartibda shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, avvalo, davolash va kurort maqsadlarida foydalaniladi. Qishloq va suv xo‘jaligi va ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari shifobaxsh suvlar qatoriga kiritilgan suv obyektlaridan, ayrim hollardagina tegishli geologiya va mineral resurslar organlari, sog‘liqni saqlash organlari va kurort boshqarmalari bilan kelishib turib, boshqa maqsadlar uchun foydalanishga ruxsat berishlari mumkin. Ushbu qonunning 101-moddasida yer osti suvlarini muhohaza qilish belgilangan bo’lib unda keltirilishicha “Yer osti suvlari chiqarish va undan foydalanish bilan shug‘ullanuvchi idoralar suv chiqarilayotgan uchastka va unga tutash hududlarda yer osti suvlariga doir rejimlarga rioya etilishini kuzatib borishlari, shuningdek foydalanilayotgan suvning miqdori va sifatining hisobini yuritishlari shart. Sifatli yer osti suvlari to‘planadigan manbalar tegrasida qattiq va suyuq chiqindilar to‘plash, axlatxonalar barpo etish, yer osti suvlarining ifloslanish manbaiga aylanish ehtimoli bo‘lgan sanoat, qishloq xo‘jalik obyektlari va boshqa obyektlar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Yer osti suvlarini muhofaza qilish chora-tadbirlarini ko‘rish, shu jumladan quduqlarni kuzatish tarmog‘ini yaratish faoliyati yer osti suvlarining holatiga ta’sir ko‘rsatuvchi korxonalar tomonidan amalga oshiriladi.” Ushbu vaziyatda fuqaro A.Nishonov o’zboshimchalik bilan dam olish maskani qurmasdan, madanli suvdan foydalanish bo’yicha tegishli tartibda ruxsatnoma olishi kerak edi. “Suv va suvdan foydalanish to’g’risidagi qonunning 27-moddasida keltirilganidek: “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilish ruxsatnoma asosida amalga oshiriladi. Tabiiy suv obyektlarining suvidan maxsus foydalanish yoki ularning suvini maxsus iste’mol qilish uchun ruxsatnoma yer usti suvlari bo‘yicha — qishloq va suv xo‘jaligi organlari, yer osti suvlari bo‘yicha — geologiya va mineral resurslar organlari bilan kelishilgan holda ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish organlari tomonidan beriladi.” Ushbu qonunning 35-moddaga asosan suvni maxsus iste’mol qilishda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda ruxsatnomani rasmiylashtirishi kerak.

Ruxsatnoma esa “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga asosan amalga oshiriladi. Mazkur reglamentga binoan ariza beruvchidan Davlat xizmatlari ko‘rsatish uchun bazaviy hisoblash miqdorining 30 foizi miqdorida yig‘im undiriladi. Vakolatli organ so‘rovnoma tushganidan so‘ng besh ish kuni mobaynida tegishlicha Ekologiya va atrof muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi yoki Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi yoxud Suv xo‘jaligi vazirligi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bilan kelishgan holda tasdiqlanadigan shakllar bo‘yicha ruxsatnoma loyihasini tayyorlaydi, uni o‘zining ERI bilan tasdiqlaydi va uni ilovalar bilan birgalikda kelishuvchi organlarga yuboradi yoki elektron shaklda ruxsatnoma loyihasini tayyorlashni rad etadi. Kelishuvchi organlar ruxsatnoma loyihasini olganlaridan so‘ng besh ish kuni mobaynida ruxsatnoma loyihasini ko‘rib chiqadilar, kelishadilar yoki kelishishni rad etadilar. Ruxsatnoma loyihasi kelishilgan kuni kelishuvchi organ uni vakolatli organga elektron shaklda yuboradi. Vakolatli organ kelishilgan ruxsatnoma tushgan kundan boshlab uni uch ish kuni mobaynida elektron shaklda Davlat xizmatlari markaziga (o‘zi kelib murojaat etgan taqdirda) yoki ariza beruvchiga (elektron tarzda murojaat etgan taqdirda) YIDXP orqali yuboradi. O‘zi kelib murojaat qilganda Davlat xizmatlari markazi ruxsatnoma tushganidan so‘ng bir soat mobaynida unga o‘zining muhrini bosib, ariza beruvchiga beradi.

Fuqaro A.Nishonov mshifobaxsh suvdan foydalanishga ruxsatnoma olish uchun “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga 3-ilovasida keltirilgan Yer osti suvlaridan maxsus foydalanish yoki maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma olish uchun taqdim etiladigan hujjatlar ro’yxati asosida quyidagi hujjatlarni taqdim etishi kerak edi:

1. Xo‘jalik faoliyati (ishlab chiqarishning maqsadi, quvvati, texnologik sikllar), ishchi-xodimlar soni, korxonaning bir yildagi faoliyat kunlari soni, suv olish manbalari (burg‘ulash qudug‘i, quduq, galereya, buloq kabilar) va ularning soni, suvning ishlatilishi maqsadlariga qarab uning tasnifi, sug‘oriladigan yoki obodonlashtiriladigan yer maydonlari va boshqa suvdan foydalanish (iste’mol qilish) obyektlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar.

2. Foydalaniladigan suv olish inshoatlarining quvvati va texnik jihozlanganligi (nasos agregatlari, suvni o‘lchash vositalari, suv minorasi, xloratoriya kabi yordamchi inshoatlar), suv ta’minotining ikkilamchi aylanma tizimi.

3. Suv olish inshoatidan foydalanish bo‘yicha birinchi marta ruxsatnoma rasmiylashtirilganda inshoatlar texnik pasporti.

4. Guruhli suv olish inshoatlarida yer osti suv ishlab chiqarish monitoringi olib borilishining holati va natijalari.

5. Yakka tartibdagi inshoatlar bo‘yicha so‘nggi yildagi suvdan foydalanganlik hisoboti, suvning sifat ko‘rsatkichlari haqidagi ma’lumotlar.

6. Suv iste’molining me’yoriy hisob-kitobi.

7. Suvlarni muhofaza qilish va ulardan oqilona foydalanish bo‘yicha mo‘ljallangan tadbirlar to‘g‘risidagi ma’lumot.

8. Suv ta’minoti hamda suvni chiqarib tashlash sxema

Ikkinchi muammo, mahalliy davlat hokimiyati organi vakillari barpo etilgan barcha qurilmalarni noqonuniy deb topib, ularni buzishi qonuniy asosga egami? Suv ummummiyliy boylik bo’lganligi sababli bu sohada davlat boshqaruvi va davlat nazorati amalga oshiriladi. “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunga binoan suvdan foydalanish sohasida davlat boshqaruvi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari, shuningdek suvdan foydalanishni bevosita yoki havza (hududiy) boshqarmalari orqali tartibga soluvchi maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hamda boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi (er usti suvlari), O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi (yer osti suvlari) o‘z vakolatlari doirasida suvdan foydalanishni tartibga solish sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organlari hisoblanadi. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratining vazifasi suvdan foydalanish borasida belgilab qo‘yilgan tartibga barcha vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, fermer va dehqon xo‘jaliklari va fuqarolar rioya qilishlari, suvni muhofaza qilish, suvning zararli ta’sirining oldini olish va bartaraf qilish vazifalarini, suvni hisobga olish qoidalarini, shuningdek suv to‘g‘risidagi qonun hujjatlarida belgilab berilgan boshqa qoidalarni bajarishlarini ta’minlashdir. Suvdan foydalanish va uni muhofaza qilish ustidan davlat nazoratini mahalliy davlat hokimiyati organlari, O‘zbekiston Respublikasi Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi, O‘zbekiston Respublikasi Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi huzuridagi Kon-geologiya faoliyatini nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Agrosanoat majmui ustidan nazorat qilish inspeksiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradilar.

Endi suv sohasidagi mahalliy davlat hokimiyati vakolatlariga to’xtalib o’tadigan bo’lsak, “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi va “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 7-moddasiga binoan mahalliy davlat hokimiyati organlari suvga doir munosabatlarda quyidagi vakolatlarga egadirlar:


  • o‘z hududidagi suv resurslaridan foydalanish va ularni muhofaza qilishning asosiy yo‘nalishlarini belgilash;

  • suv resurslaridan foydalanishni tartibga solish va ularni muhofaza qilish sohasida qonuniylik hamda huquq-tartibotni ta’minlash;

  • suv obyektlari holatini hisobga olib borish va ularga baho berish, suvlardan foydalanilishi va ularning muhofaza qilinishi, belgilangan suv olish limitlariga rioya etilishi, suvdan foydalanuvchilarning suvdan foydalanish hisobini yuritishlari ustidan nazorat qilib borish;

  • suv obyektlarini saqlash va ularning holatini yaxshilash, suvlarning zararli ta’sir ko‘rsatishini, shuningdek bulg‘anishini oldini olish va uni bartaraf etish hamda avariyalar, toshqin, sel va tabiiy ofatlar natijasida vayron bo‘lgan obyektlarni tiklash yuzasidan tadbirlar o‘tkazish;

  • qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa masalalarni tartibga solish.

Demak ushbu vaziyatda mahalliy hokiyat organlari vakillari fuqaro A.Nishonov tomonidan barpo etilgan barcha qurilmalarni noqonuniy deb topib, ularni buzishga haqlidirlar.

Uchinchi muammo, ushbu vaziyatda sud qanday qaror qabul qilishi kerak? O'zbekiston Respublikasi Yer kodeksining 91-moddasiga muvofiq: O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari ularga g'ayriqonuniy ravishda egalik qilingan va foydalanilgan vaqtda qilingan sarf-xarajatlar qoplanmagan tarzda tegishliligiga ko'ra qaytariladi. Yer uchastkalarini foydalanish uchun yaroqli holatga keltirish, shu jumladan undagi imoratlarni buzish yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olgan shaxslar hisobidan amalga oshiriladi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasini yer egasiga, yerdan foydalanuvchiga, yer uchastkasi ijarachisiga yoki mulkdoriga qaytarish tegishli tuman, shahar, viloyat hokimining qaroriga binoan yoki sudning hal qiluv qaroriga ko'ra amalga oshiriladi. Qolaversa, O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 212-moddasida o'zboshimchalik bilan imorat qurish va uning oqibatlari belgilangan bo'lib, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qurilish maqsadlari uchun ajratilmagan yer uchastkalarida, shuningdek imorat qurish uchun zarur ruxsatnoma olmasdan yoki arxitektura va qurilish normalari hamda qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki o'zga ko'chmas mulk o'zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi. Shuningdek, o'zboshimchalik bilan imorat qurgan shaxs unga mulk huquqini ololmaydi. Bu shaxs qurgan imoratini tasarruf etishga — sotishga, hadya etishga, ijaraga berishga, imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli emas.O'zboshimchalik bilan imorat qurish natijasida huquqlari buzilgan shaxsning yoki tegishli davlat organining da'vosi bilan bunday imorat sudning qaroriga binoan imoratni qurgan shaxs tomonidan yoki uning hisobidan buzib tashlanadi. “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi qonunning 116-moddasiga binoan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan suv obyektlari ulardan qonunsiz foydalanish vaqtida qilingan xarajatlar qoplanmagan holda o‘z egasiga qaytarib olib beriladi.” O'zbekiston Respublikasining Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 60-moddasiga ko'ra yer uchastkalarini o'zboshimchalik bilan egallab olish, fuqarolarga 2 230 000 so'mdan 3 345 000 so'mgacha, mansabdor shaxslarga esa — 4 460 000 so'mdan 6 690 000 so'mgacha miqdorda jarima solishga yoki 15 sutkagacha ma'muriy qamoqqa olishga sabab bo'ladi. O'zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasiga imorat qurganlik aniqlangan hollarda Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom asosida buzib tashlash amalga oshiriladi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati:

I. Normativ-huquqiy hujjatlar:

I.1. O’zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi. –Toshkent: O’zbekiston NMIU, 2017. – 76 bet.

I.2. O’zbekiston Respublikasining Yer kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: ”Adolat”, 2018. – 160 bet.

I.3. O’zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: ”Adolat”, 2018. – 568 bet.

I.4. O’zbekiston Respublikasining Ma’amuriy javobgarlik to’g’risidagi kodeksi. Rasmiy nashr. – T.: ”Adolat”, 2018. – 468 bet.

I.5.O’zbekiston Respublikasining “Suv va suvdan foydalanish to’g’risida”gi Qonuni

I.6. O’zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyati to’g’risida”gi Qonuni.

I.7. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2004-yil 19-oktyabrdagi 483-sonli qarori bilan tastiqlangan “Suvdan maxsus foydalanish yoki suvni maxsus iste’mol qilishga ruxsatnoma berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentiga

I.8. Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 5-iyuldagi 467-sonli qarori bilan tasdiqlangan “O'zboshimchalik bilan qurilgan imoratni aniqlash hamda bartaraf etish (buzib tashlash)ni tashkil etish tartibi to'g'risida”gi nizom

II. Maxsus adabiyotlar:

II.1. Экология ҳуқуқи. Дарслик / Ж.Т.Холмўминов, Н.Б. Шоимов, О.А.Камалов, О.Ж. Холмўминов, - Т.: Ўзбекистон Республикаси ИИВ Академияси, 2014. – 257 б.

II.2. Экология: Учебник. – Т.: Илм-Зиѐ, 2011. – 424 с.

II.3. Nurmatov M. M. Ekologik-huquqiy javobgarlik. O‗quv qo‗llanma – Toshkent: TDYUI, 2010. – B. 24.

II.4. Yer huquqi. Darslik // J.T.Xolmo’minov va boshq. Ma’sul muharrir: J.T.Xolmo’minov . – T oshkent.: TDYU, 2017. 14-bet.

III. Internet saytlari:

III.1.www.lex.uz.

III.2. www.norma.uz.



III.3. www.ziyo.uz.




Download 76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling