Mazkur ish kriptografiyaning muhim vazifalaridan biri elektron raqamli imzoga bag'ishlangan. Elektron raqamli imzo (eri) biror hujjatning muallifini bir qiymatli o'matish uchun zarur
Download 14.37 Kb.
|
1 2
Bog'liqAnora tadqiqot
ANNOTATSIYA Mazkur ish kriptografiyaning muhim vazifalaridan biri - elektron raqamli imzoga bag'ishlangan. Elektron raqamli imzo (ERI) biror hujjatning muallifini bir qiymatli o'matish uchun zarur. ERI biror hujjat yoki shartnomaning haqiqiyligini ta'minlovchi oddiy imzoning analogidir. Ushbu disertatsiya ishda RSA, El Gamal va DSA algoritmlarining afzalliklari va kamchiliklari qarab chiqilgan. Kriptografik algoritmlarni amaliy qoʻllashda muhim jihat ularning xavfsizligi boʻlib, u asosan kriptografik algoritm asosida yotgan baʼzi bir hisoblash qiyin muammo bilan belgilanadi. Ushbu dissertatsiya ishida parchalanishi qiyin bo'lgan diskret logarifm moduli muammosining qiyinligiga asoslangan kriptosxemalarni qurishga yondashuv taqdim etiladi va asoslanadi. Elektron raqamli imzo axborot-kommunikasiya tarmog‘ida almashinadigan hujjatli ma’lumotlar va ularning manbalarini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasini, ya’ni ma’lumotlar autentifikasiyasi masalasining yechimini ta’minlovchi kriptografik vosita hisoblanadi. Har qanday qog‘ozli yozma xat yoki hujjatning oxirida shu hujjatni tuzuvchisi yoki tuzish uchun javobgar bo‘lgan shaxsning imzosi bo‘lishi tabiiy holdir. Imzo quyidagi ikkita maqsaddan kelib chiqib qo‘yiladi. Birinchidan, ma’lumotni olgan tomon o‘zida mavjud imzo namunasiga olingan ma’lumotdagi imzoni solishtirib, imzoning haqiqiy yoki soxtaligiga ko‘ra shu ma’lumotning haqiqiy yoki soxta ekanligini aniqlaydi. Ikkinchidan, shaxsiy imzo ma’lumot hujjatining yuridik maqomini ta’minlaydi. Bunday kafolat esa savdo–sotiq, ishonchnoma, majburiyat va shu kabi bitimlarda alohida muhimdir. Axborot-kommunikasiya tarmog‘ida almashinadigan elektron hujjatli ma’lumotlar ham qog‘ozli hujjat almashinuvidagi an’anaviy shaxsiy imzo vazifasini bajaruvchi kabi elektron raqamli imzo bilan ta’minlanib, elektron hujjat va uning manbasini haqiqiy yoki haqiqiy emasligini aniqlash masalasi yechimini hal etilishini talab etadi. Birinchi va dunyoda mashhur muayyan ERI tizimi bu AQSh Massachuset texnologiya institutida 1977 yilda matematik sxemasi ishlab chiqilgan RSA tizimidir. Algoritmning ishonchliligi kata sonlarni faktorialini hisoblash murakkabligiga asoslangan DSA (DigitalSignatureAlgorithm) – raqamli imzolash algoritmi (DSA) 1991 yili AQSh standart raqamli imzo DSS(DigitalSignatureStandart) da foydalanish uchun taklif qilingan. DSA algoritmi ERI EGSA ning rivojlantirilganidir. ERI EGSA bilan taqqoslaganda DSA algortimi bir qancha afzalliklarga ega: xotira hajmi va hisoblashlar vaqti qisqartirilgan. Imzolash va tekshirishda katta sonli modul bo‟yicha bo‟lish zaruriyati va bu amalning murakkabligi mazkur algoritmning kamchiligidir. Shaxsiy kompyuterlarda hosil qilinishi qulay va nisbatan ishonchliroq ERI algoritmi 1984 yili arab millatiga mansub amerikalik Tohir El Gamal tomonidan ishlab chiqilgan va ElGamalSignatureAlgorithm(EGSA) nomini olgan.EGSA ning g'oyasi katta butun sonni ko'paytuvchilarga ajratishdan ko'ra hisoblanishi qiyinroq masala diskret logarifmlash masalasida ERI ni soxtalashtirishning amaliy imkoni yo'qligiga asoslangan. Elektron raqamli imzo mavzusida O’zbekistonlik bir qancha professor o’qituvchilar hamda yosh mustaqil izlanuvchilar izlanishlar orib borishgan.Shundan quyidagilarni keltirib o’tamiz: Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti o„qituvchisi Y.uldash Abdullayevich Kuralov ozining “ELEKTRON RAQAMLI IMZO ALGORITMLARINING QIYOSIY TAHLILI (RSA, ELGAMAL, DSA)” maqolasida elektron raqamli imzo afzalliklari va kamchiliklar, elektron raqamli imzo qurish sxemalari hamda elektron raqamli imzoning keng tarqalgan algoritmlari tahlili haqida qisqacha yoritib borilgan. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalar universiteti professor o’qituvchilari O.Ahmedova,X.hasanov hamda M.Nazarovalar o’zlarining “Axborot xavfsizligi protokollari” kitobida elektron raqamli imzo bo’yicha juda ko’plab ma’lumotlar keltirib o’tishgan: Jamoaviy electron raqamli imzo protokolining afzalliklari; Elektron raqamli imzo xususiyatlari; Hujjatlar paketiga jamoaviy imzo qo‘yish sxemasi bir vaqtda ko‘p xatlarni imzolashga imkon yaratilishi haqida; Hujjatlar paketiga qo‘yilgan jamoaviy imzo haqiqiylikka har bir qabul qiluvchi ishtirokchi tomonidan alohida tekshirilishi mumkinligi; Jamoaviy electron raqamli imzo sxemalarining va protokollarining bardoshligi va h.k. Rossiyalik professor o’qituvchi Regina Leonenko o’zining “Elektron raqamli imzodan foydalanish” nomli maqolasida elekron raqamli imzo olish tartiblarini hamda undan qanday foydalanish to’g’risida juda ko’plab foydali ma’lumotlar keltirib o’tgan. Elektron raqamli imzo dunyoning barcha mamlakatlarida foydalanib kelinmoqda.Jumladan quyidagilarni keltirib o’tamiz. AQShning 2000 yildagi Elektron imzolar to'g'risidagi qonuni shartnoma tarafini, korporatsiyalar, jismoniy shaxslar, davlat idoralari, har qanday tadbirkorlik sub'ektlari bo'lishi mumkin bo'lgan sertifikat egasini belgilaydi. Imzo kalitidan foydalangan ijrochining vakolat prezumptsiyasi qabul qilinadi. Boshqa tomondan, 1997 yilgi Germaniya qonuniga ko'ra, elektron raqamli imzo hujjatni imzolagan aniq jismoniy shaxsni aniqlaydi. Va Germaniya Federativ Respublikasi Federal Adliya vazirligining amaldagi amaliyoti boshqa tendentsiyani tasdiqlaydi: Germaniya Federativ Respublikasining har bir fuqarosi eng ko'p ishlatiladigan yagona sertifikatlangan shaxsiy kalitga ega bo'lishi maqsadga muvofiq deb hisoblanadi. Download 14.37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling