Mazkur muammoli vaziyatni qonun hujjatlariga asoslangan holda tahlil qiling. Javob
Download 48.98 Kb.
|
2 5224645166589022944
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risidagi qonun: manfaatdor shaxs
Ish staji:
Mehnat daftarchasi mavjud bo‘lmaganda, shuningdek, mehnat daftarchasida zarur yozuvlar bo‘lmagan yoki mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risida noto‘g‘ri va noaniq yozuvlar mavjud bo‘lgan hollarda, ish stajini tasdiqlash uchun (band shaxsning ish stajidan tashqari) ma’lumotnomalar, buyruqlardan ko‘chirmalar, shaxsiy hisobvaraqlari va ish haqi berish uchun vedomostlar, mehnat shartnomalari (kontraktlar), arxiv ma’lumotnomalari va mehnat faoliyati davrlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar mavjud bo‘lgan boshqa hujjatlar qabul qilinadi. (Davlat pensiyalarini tayinlash va to’lash tartibi to’g’risidagi nizom// 59-band). Pensiya jamg‘armasi bo‘limi yoki ish stajini belgilash bo‘yicha maxsus komissiya tomonidan chiqarilgan ish stajini qabul qilish yoki qabul qilmaslik to‘g‘risidagi qaror bilan rozi bo‘linmagan taqdirda ushbu masala sud tomonidan hal etiladi. (82-band) Ma’muriy tartib-taomillar to’g’risidagi qonun: manfaatdor shaxs — qabul qilinayotgan ma’muriy hujjat yoki ma’muriy harakat qaratilgan shaxs, shuningdek huquqlari va qonuniy manfaatlari ma’muriy hujjatga yoki ma’muriy harakatga daxldor bo‘lgan yoxud daxldor bo‘lishi mumkin bo‘lgan shaxs; (4-modda) ma’muriy hujjat — ma’muriy organning ommaviy huquqiy munosabatlarni yuzaga keltirishga, o‘zgartirishga yoki tugatishga qaratilgan hamda ayrim jismoniy yoki yuridik shaxslar uchun yoxud muayyan xususiy belgilariga ko‘ra ajratiladigan shaxslar guruhi uchun muayyan huquqiy oqibatlar keltirib chiqaruvchi ta’sir chorasi; (4-modda) Pensiya tayinlash masalalarini ko‘rib chiqish uchun pensiya jamg‘armasi bo‘limida pensiya tayinlash bo‘yicha komissiya (keyingi o‘rinlarda komissiya deb ataladi) tuziladi. Komissiya faoliyatini tashkil etish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi. (Nizom – 116-band) Komissiyaning qarori yuzasidan ariza beruvchi tomonidan Pensiya jamg‘armasi bo‘limining bevosita yuqori organiga yoki sudga shikoyat qilish mumkin. (121) O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga, ba’zilari esa, ma’muriy sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilganda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi kerak. O‘zaro bog‘liq bo‘lib, ba’zilari ma’muriy sudga, boshqalari esa fuqarolik ishlari bo‘yicha sudga taalluqli bo‘lgan bir nechta talab birlashtirilgan taqdirda, barcha talablar fuqarolik ishlari bo‘yicha sudda ko‘rilishi lozim. (MSIY, PFK – 26,27-moddalari) Xulosa: Ushbu nizo ommaviy huquqiy munosabatdan kelib chiqqan nizo hisoblanadi. Taomillar to’g’risidagi qonun normasi bo’yicha ushbu qonun tegishli sohada faoliyati tartibga solinlamagan munosabatlargagina tadbiq etiladi. 6-qismda ko’rsatilganidek, bu o’rinda mehnat va ma’muriy nizo birgalikda bo’lgani uchun, ushbu ish Fuqarolik ishlari bo’yicha sudda ko’riladi. Download 48.98 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling