Talaba mustaqil ishini tashkil etishda muayyan fan (kurs)ning xususiyatlarini, shuningdek, har bir talabaning akademik o‘zlashtirish darajasi va qobiliyatini hisobga olgan holda quyidagi shakllardan foydalaniladi:
-ayrim nazariy mavzularni o‘quv adabiyotlari yordamida mustaqil o‘zlashtirish;
-berilgan mavzu bo‘yicha axborot (referat) tayyorlash;
-seminar va amaliy mashg‘ulotlarga tayyorgarlik ko‘rish;
-laboratoriya ishlariga tayyorgarlik ko‘rish;
-hisob-grafik ishlarini bajarish;
-kurs ishi loyihasini bajarish;
-malakaviy bitiruv ishi va magistrlik dissertatsiyasini tayyorlash;
-nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llash;
-amaliyotdagi mavjud muammolarning yechimini topish;
-kafedra semenarlarida ma’ruza qilish;
-ilmiy maqola, anjumanga ma’ruza tezislarini tayyorlash;
-berilgan mavzuning elektron variantlarni tayyorlash;
- uy vazifalarini bajarish va boshqalar.
Mustaqil ishni bajarilishi bo‘yicha fan o‘qituvchisining vazifalari: Talaba tomonidan mustaqil ta’limni belgilangan reja asosida bajarilishi ustidan samarali nazorat olib borish;
Talabalarni darsliklar, o‘quv qo‘llanmalar, ilmiy risolalar, ilmiy maqolalar va boshqa adabiyotlar bilan tanishtirish va ta’minlash;
Asosiy adabiyotlar, ma’lumotlar va arxiv materiallarini hamda mavzu bo‘yicha boshqa manbalarni tavsiya etish;
Talabalarning mustaqil ishini qabul qilish kuni, vaqti, joyi haqida talabalarga ma’lumotlar berish;
Mustaqil ta’limning bajarilish jarayoni natijalari to‘g‘risida kafedra yig‘ilishlarida muntazam axborot berib borish.
Talabalar mustaqil ish natijalari 2022-2023 o‘quv yilida1- 2-3- kurs talaba va 1,2 kurs magistrantlari uchun Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2018 yil 9 avgustdagi 19-2018-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan "Oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilimini nazorat qilish va baholash tizimi to‘g‘risidagi nizom"ga asosan ishlab chiqilgan Samarqand davlat universiteti Kengashining 2021 yil 29 sentabrdagi 2-son yig‘ilish qarori bilan tasdiqlangan “Samarqand davlat universitetida talabalar bilimini nazorat qilish tartibi va baholash mezonlari”ga asosan baholab boriladi va kredit-modul tizimi nizomlari va tartiblari bo‘yicha bajariladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |