O’zbek tilshunosligi kafedrasi o’qituvchilari: Sh. Omonturdieva
Z.Qodirova 2018.20.07
Hizmаt sаfаri vа аlоhidа tоpshiriqlаr hisоbоti quyidаgi zаruriy qismlаr аsоsidа yozilаdi:
1. Hisоbоt yo‘llаngаn muаssаsа yoki rаhbаrning lаvоzimi, ism-familiyasi.
2. Hisоbоt kim tоmоnidаn, qаndаy tоpshiriq uchun yozilyapti.
3. Hujjаtning nоmi (Hisоbоt).
4. Hisоbоt mаtni ("Sizning tоpshirig‘ingizgа binоаn" yoki "Muаssаsа qаrоrigа binоаn" kаbi ibоrаlаr bilаn bоshlаnаdi, tоpshiriq qаndаy bаjаrilgаnligi аniq mа`lumоtlаr bilаn bаyon etilаdi; xulоsа yasаlаdi).
5. Ilоvаlаr ko‘rsаtilаdi (zаruriyat tug‘ilsа).
6. Hisоbоt bеruvchining lаvоzimi vа ism-familiyasi.
7. Imzо.
8. Sаnа.
Adabiyotlar
1.Mahmudov.N, Rafiyev.A, Yo‘ldoshev I. Davlat tilida ish yuritish. –Toshkent, 2010.
2. М.Амinоv, А.Madvaliyev, N.Маhkаmоv,N.Mahmudov. Ish yuritish. Toshkeht-2000.2015.
3.Mahmudov.N va boshq. Ish yuritish asoslari. –Toshkent:O‘zME davlat ilmiy nashriyoti. 2006.
4. Mahmudov.N, А.Madvaliyev, N.Маhkаmоv, М.Амinоv. Davlat tilida ish yuritish. Тoshkent-1990.
5.Usmonov S. Davlat tilida ish yuritish amaliyoti. Toshkent- 2008.
6.Jo’rayev Z. Zamonaviy davlat ish yuritish nazariyasi, amaliyoti va boshqaruvni me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlash. Toshkent-2010
5-MAVZU. XIZMAT YOZISHMALARI.
(TELEGRAMMA,TELEFONOGRAMMA,XATLAR)
Hisobotlarning barcha shakllari, odatda, yuqori tashkilotlarga ilova xatlar orqali jo‘natiladi. Ushbu xatlar matni juda qisqsa va aniq bo‘ladi:
Sizga «Chevar» tikuvchilik ishlab- chiqarish birlashmasining 2005- yil uchun yillik hisobotini yo‘llaymiz.
Ilova: 1. Birlashmaning yillik hisoboti (18 bet).
2.Birlashmada 2005 yilda ishlab chiqarilgan mahsulot turlarining qisqacha ro‘yxati (4 bet).
3. Raqamli hisobot (1 bet).
«Ruscha-o‘zbekcha lug‘at»da kommunikatsiya so‘zining quyidagi ma'no turlari berilgan: 1 .Kommunikatsiya, aloqa yo‘li, yo‘l; suv yo‘llari; aloqa temir yo‘llari; aloqa (aloqa yo‘llari, kommunikatsiya)ni yo‘lga qo‘ymoq; dushman aloqa yo‘llarini kesib qo‘ymoq; 2. lingv. kommunikatsiya, aloqa, fikr almashish (almashuv). Tabiiyki, biz o‘z nutqimizda kommunikatsiya so‘zini uning lug‘atda berilgan ikkinchi ma'nosida, muloqot so‘zini esa uning sinonimi sifatida qo‘llaymiz. Muloqot uzvlari deganda aloqa, fikr almashinish, so‘zlashish jarayonida bevosita va bavosita qatnashadigan tarkibiy qismlar nazarda tutiladi.
Ma'lumki, har qanday muloqotda so‘zlovchi va tinglovchi zaruriy uzv (tarkibiy qism)lar sifatida, albatta, ishtirok etadi. Bu muammoga bag‘ishlangan ko‘pgina adabiyotlardagi kabi bizning ishimizda ham so‘zlovchi, ya'ni xabar beruvchi, gapiruvchi adresant, kommunikator deb, adresantning nutqi qaratilgan shaxs - tinglovchi adresat, kommunikant deb, muloqotda bavosita (botinan) ishtirok etuvchi yoki muloqotga bavosita ta'sir etuvchi omillar esa ta'sir birliklari (qisqacha - TB) deb yuritiladi. TBni shartli ravishda quyidagi ikki guruhga bo‘lish mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |