Mazkur o‘quv-uslubiy majmua orqali universitetni bitiruvchi talabalar bo‘lg‘usi mutaxassis-kadrlar kundalik ish yuritish jarayonida ko‘plab duch kelinadigan hujjatlar bilan ishlashni o‘rganadilar


Davlat tilida ish yuritish fanidan test savollari


Download 1.52 Mb.
bet87/90
Sana14.03.2023
Hajmi1.52 Mb.
#1266423
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Bog'liq
-Davlat tilida ish yuritish

Davlat tilida ish yuritish fanidan test savollari
1-variant
1.Tarixiy hujjatlar berilgan qatorni toping.
A)tilxat, farmon, bitim, patta
B)kafolat xati, bayonnoma, tuzilma
C)yo‘riqnoma, nizom D)farmoyish, ko‘rsatma, patta
2. Iltimos, taklif yoki shikoyat mazmunida yoziladigan hujjat nima?
A)bildirishnoma B)ma’lumotnoma
C)ishonchnoma D)Ariza
3.Jamiyatning barcha a’zolari yozishi mumkin bo‘lgan hujjat turlarini belgilang.
A)tushuntirish xati, tilxat, hisobot
B)ishonchnoma, tilxat, ariza
C)ma’lumotnoma, ariza, e’lon
D)bildirishnoma, e’lon, tavsiyanoma
4. Qaysi hujjat turi kun tartibi, qaror kabi qismlardan iborat?
A)dalolatnoma C)e’lon B)Bayonnoma D)farmoyish
5.O‘z nomidan ish ko‘rish uchun yoziladigan vakolatli hujjat nima deb yuritiladi?
A)shartnoma B)ishonchnoma
C)dalolatnoma D)bildirishnoma
6. Tavsifnoma nima?
A)muassasa tomonidan fuqarolarning turmushi va ish faoliyatidagi voqea-hodisalar va holatlarni tasdiqlab beruvchi rasmiy hujjat
B)ma’muriyat yoki shaxs tomonidan beriladigan, shaxsning xususiyatlari qayd etiladigan rasmiy hujjat
C)o‘zshaxsiyhayotivafaoliyatinibayonqiladigan hujjat
D)shaxsning mehnat va ijtimoiy faoliyati o‘ziga xos xislat va fazilatni aks ettiruvchi hujjat
7. Rasmiy xat turlari berilgan qatorni belgilang.
A)kafolat xati, tushuntirish xati B)ilova xat, tabrik xati
C)farmoyish xat, tilxat D)iltimos xat, eslatma xat
8.Ko‘chirma olinadigan hujjat turini belgilang.
A)buyruq, bayonnoma B)tilxat, ishonchnoma
C)farmoyish, dalolatnoma D) tavsufnoma, tavsiyanoma
9.Muassasaning asosiy va kundalik vazifalarini hal etish maqsadida qo‘llaniladigan hujjat?
A)buyruq deyiladi B)hisobat deyiladi
C)farmoyish deyiladi D)bayonnoma deyiladi
10.Biror narsa olinganligini tasdiqlovchi rasmiy hujjat nima deyiladi?
A)tushuntirish xati B)bildirishnoma
C)ishonchnoma D)tilxat
11.Buyruq, ko‘rsatma, farmoyish kabi hujjatlar xizmat mavqeyiga ko‘ra qanday hujjatlar hisoblanadi?
A)tashkiliy hujjatlar B)farmoyish hujjatlar
C) ma’lumotsimon-axborot hujjatlar D) shaxsiy hujjatlar
12.Qanday hujjat turi kotib tomonidan rasmiylashtiriladi?
A)bayonnoma B)dalolatnoma
C)shartnoma D)tavsifnoma
13.Tarjimayi holga qo‘yiladigan qaysi talablar noto‘g‘ri?
A)hikoya uslubida bo‘lib, III shaxs tilidan yoziladi
B)ma’lumotlar xronologiya asosida, aniq sanalar bilan beriladi
C)u bilan tanishgan kishi muallifning hayot yo‘li va faoliyati haqida tasavvurga ega bo‘lishi kerak
D)hujjat matni muallif tomonidan erkin tuziladi
14.Bosma ish qog‘oziga yoziladigan hujjatlar berilgan qatorni aniqlang.
A)dalolatnoma, buyruq B)ma’lumotnoma, shartnoma C)ishonchnoma, farmoyish
D)bayonnoma, xizmat yozishmalari
15.Mansabdor shaxsning talabi bilan yoziladigan hujjat nima?
A)bayonnoma B)ariza C)tushuntirish xati D)buyruq
16.Biron-bir tadbir haqida xabardor qilish uchun qo‘llanuvchi yozma axborot nima?
A)e’lon B) ma’lumotnoma
C) bildirishnoma D)farmoyish
17.Qaysi hujjat turlari yozilish shakliga ko‘ra o‘xshash?
A)buyruq, bayonnoma, farmoyish
B) dalolatnoma, da’vo arizasi, shartnoma
C) tavsifnoma, tavsiyanoma
D) ariza, tushuntirish xati, bildirishnoma
18.Qaysi holatlarda bildirishnoma yoziladi?
A) sodir etilgan ba’zi hatti-harakatlar isbotlab tushuntirilganda;
B) talab qilingan voqea-hodisalar haqida axborot berishda
C) voqea, hodisalar yoki mavjud holatni huquqiy jihatdan isbotlash yoki tasdiqlashda;
D) voqea-hodisalar haqida xabardor qilish, ayrim masalalarga xulosa va takliflar berishda;
19. Shaxsiy hujjat turlariga qaysilar kiradi?
A) Tilxat B) Tarjimayi hol C) Ariza D) Hammasi
20. “Munshaot” so‘zining ma'nosi nima?
A) Ish yuritish B) Xujjatlar C) Zaruriy qismlar D) Matn
21. Bo‘lgan voqea yoki mavjud holatlarni bildirish – axborot berish mazmunini ifodalaydigan hujjatnining nomi?
A) Bildirishnoma B) Ma'lumotnoma C) Tavsiyanoma D) Dalolatnoma
22. Qanday hujjat turi kirish va asosiy qismdan iborat?
A)dalolatnoma B)ma’lumotnoma
C) bayonnoma D)tavsifnoma
23. Tilxat necha nusxada tayyorlanadi?
A) Bir nusxada B) Ikki nusxada
C) Uch nusxada D) To‘rt nusxada
24. Zaruriy qismlari va yoritilish shakli jihatidan tushuntirish xati qaysi hujjatga o‘xshaydi?
A) Arizaga B) Ishonchnomaga
C) Tavsifnomaga D) Hisobotga
25. Quyida berilgan xatlarning qaysi biri javob xati talab qiladi?
A) Kafolat xati B) Da'vo xati
C) Eslatma xati D) Ilova xati



Download 1.52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling