Mazkur о’quv uslubiy majmua O`zbekiston Respublikasi Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligining sonli buyrug’i bilan tasdiqlangan namunaviy o`quv dasturi asosida tuzilgan


Download 434.88 Kb.
bet48/70
Sana19.06.2023
Hajmi434.88 Kb.
#1620390
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70
Bog'liq
мажмуа усимликлар географияси

Qoraqayinli o‘rmonlar. Markaziy Evropadagi barcha tipdagi o‘rmonlar ichida qoraqayinlisi muhimi hisoblanadi. Uning tarqalgan areali O‘rtagerman tog‘larini va O‘rta dengizning yuqori tog‘ mintaqalarini o‘z ichiga oladi.
Qoraqayinlar suv va oziq moddalar o‘rtacha ta’minlangan joylarda, deyarli barcha tipdagi o‘rmonlarda tarqalgan. Bu zichbargli o‘rmonlar katta kollona-ustunli zalni eslatib ulardan tuproqqacha 2%dan ko‘p bo‘lmagan yorug‘lik etib boradi xolos. SHu boisdan bu joyda soyasevarlar o‘sadi.
Daraxtlar barg yoza boshlaganda ularning ostida boshoqlilar ko‘p o‘sadi, ular bilan birga melisa (Melica iniflora) va elma (Elmus europaeus,=Hordeum enropaeus) hamda ko‘p yillik o‘tlar va paparotniklar ham bor.
Balandlik mintaqalari va mahalliy sharoit xususiyatlariga qarab qoraqayinli o‘rmonlar turli variantlarda uchraydi. Perlovlikli o‘rmonlar avvalo Baltika qirg‘oqlarida, chimli-karbonatli tuproqlarda tarqalganlari Tyuringi, SHvab Albe, Shveysariya Yure hamda Ohakli Alda o‘sadi. Bu o‘rmonlarda orxideyalar va issiqsevar aralash emanli o‘rmonlar ham bor. Markaziy Evropaning g‘arbiy va janubi-g‘arbiy hududlarida doimoyashil o‘simliklar masalan, dafna (Daphne laureola) va sutlama (Euphorbia amygdalides) ham o‘sadi.
E
Марказий Европа иссиқсевар ўсимликлари
man-grabli o‘rmonlar.
Oziq moddalari tuproqda etarli bo‘lgan tekisliklar va qiyaliklarda va biroz iliq joylarda eman-grabli o‘rmonlar bor. Eman-grabli o‘rmonlarni Quericus robusvagrab oddiylisi (Carpinus betulus) ga farqlanadi. Ular zax tuproqlarda sizot suvli joylarda tarqalgan.
Eman-grabli o‘rmonlar odamlar tomonidan ko‘p asrlar davomida jadal foydalanib kelingan. Hozirgi ko‘rinishida chorva mollari ko‘p boqilgani, o‘rmon xo‘jaligida past yoki o‘rtacha darajada ishlar olib borayotganligi yaqqol seziladi. Mahalliy aholi dehqonlar o‘rmoni ham deyishadi.
Bu o‘rmonlarning floristik tarkibi ancha boy. Bu erda yuqorida aytilgan daraxtlar bilan birga zarang (Acer platanoides), gilos (Cerasus avium) o‘sadi. Buta o‘simliklar odatda ko‘p ular orasida do‘lana (Crataegus), kornus (Cornus), namatak (Rosa) turkumlarining turlari ko‘p o‘sadi. Daraxtlar barg yozayotgan davrda er ustidagi o‘simliklar ancha qalin bo‘ladi. Ularning orasida marvaridgul (Convalaria majalis), melampir (Melampyrum nemorosum), stellariya (Stellaria holostea), galum (Galium sylvaticum) boshqalaridan ko‘p tarqalgan.

Download 434.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   70




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling