Mazu: Generator kuchlanish rostlagichining asosiy tamoyillari


Download 159.9 Kb.
Sana08.02.2023
Hajmi159.9 Kb.
#1168834
Bog'liq
4. Generator kuchlanish rostlagichining asosiy tamoyillari


Mazu: Generator kuchlanish rostlagichining asosiy tamoyillari
Elektr ta’minot tizimiga kiruvchi asboblarning tahlili quydagicha. Elektr ta’minot tizimiga avtomobildagi barcha iste’molchilarni elekrt energiyasi bilan ta’milash uchun xizmat qiladi va uning tarkibiga asosan akkumulyator batareyasi, generator, kuchlanish roslagichikiradi.
Akkumulyator batateyasi yordamichi elektr energiya manbai bo’lib, u asosan dvigatelni startyor vositasida ishga tushirish hamda dvigatel ishlamaganda yoki uning aylanishlar chastotasi me’yoridan past bo’lgan hollarda iste’molchilarni elektr toki bilan ta’milash vazifasini bajaradi. Generator avtomobildagi elektr energiyaning asosiy manbai bo’lib, dvigatelь o’rta va katta aylanishlar chastotasi bilan ishlab turganda hamma iste’molchilarni elektr toki bilan ta’minlaydi hamda akkumulyatorni zaryad qiladi.
Generator tasmali uzatma orqali dvigatelning tirsakli validan harakat olganligi sababli, uning aylanishlar chastotasi, ishlab chiqarayotgan kuchlanish juda keng doirada o’zgarib turadi. Generatorni kuchlanishini belgilangan qiymat darajada avtomatik ravishda ushlab turish xizmatini kuchlanish rostlagichi bajaradi.

4.1-rasm. O’zgarmas tok generatori.
1- orqa qopqoq; 2- biriktirish bolti; 3- yakor; 4- zichlama; 5, 14- vintlar; 6- sharikli podshipnik; 7- qalpoqcha; 8- gayka; 9- shlitsalar; 10- izolyatsiya; 11- g’altak; 12- qutbli boshmoq; 13- induktor korpusi; 15- vint,maydon; 16- yuritish shkivi; 17- shponka; 18- oldi qopqoq; 19- qistirmali himoya lentasi.

Generatorning tuzilishi



Elektr toki hosil qiladigan mashina elektr generatorideb ataladi. Generatorda mexanikaviy energiya elektr energiyaga aylanadi. Zamonaviy avtomobi elektr jihozlarida generator elektr energiyaning asosiy manbai hisoblanadi, bunda manba faqat iste’molchilarni tok bilan ta’minlab qolmasdan, akkumulyator batareyasini ham zaryadlaydi. Akkumulyatorlarga quyidagi talablar quyiladi: tuzilishining oddiy bo’lishi, uzoqqa chidamlilik, ishonchli ishlashi, gabarit o’lchamlari kichik va massasi yengil bo’lishi, tayyorlanishi arzonga tushishi, dvigatel sekin aylanishda ishlayotganda kerakli zaryad tokini bera olishi, aylanish chastotasi oshganda tokni o’z-o’zidan cheklay olishi. Keyingi vaqtda o’zgaruvchan elektr toki ishlab chiqaradigan generatorlar tobora kengroq tarqalib bormoqda, chunki ular o’zgarmas tok generatorlariga nisbatan yuqoridagi talablarga yaxshi javob beradi. O’zgaruvchan tok generatorlarining keng tarqalishi, shuningdek mamlakatimiz elektr sanoati yuqori darajada yuksalganligini bildiradi. CHunki sanoatimiz avtomobillarni elektr jihozlarining yangi asboblarini muvaffaqiyat bilan o’zlashtirib bormoqda. Uyg’otish usuliga qarab o’zgaruvchan tok generatorlari doimiy magnitlar yordamida uyg’otiladigan generatorlar va elektromagnitlar yordamida uyg’otiladigan generatorlarga bo’linadi.
Keyingi yillarda yengil va yuk avtomobillariga elektromagnitlar yordamida uyg’otiladigan uch fazali o’zgaruvchan tok generatorlari o’rnatiladigan bo’ldi. Bunday generatorlarda magnit oqimini o’zgarmas elektr toki o’tkaziladigan uyg’otish chulg’ami hosil qiladi. Buning uchun generator ishlab chiqargan o’zgaruvchan tok to’g’rilagichlar yordamida o’zgarmas tokka aylantiriladi, dvigatellarni ishga tushirishda esa akkumlyator batareyasidagi o’zgarmas tokdan foydalaniladi.
Uyg’otish chulg’ami holatiga qarab avtomobil elektr jihozlarining uch fazali generatorlari ikki gruppaga bo’linadi: aylanuvchi uyg’otish chulg’amida va ko’zg’almas uyg’otish chulg’amli.
Aylanuvchi yoki rotorli uyg’otish chulg’amli (kontaktli) uch fazali generatorlar ikki asosiy qismdan tuzilgan: startyor va rotor. Korpus o’zaklariga fazaviy chulg’am g’altaklari o’rnatilgan. Ularning soni uch karra ko’p. Bu chulg’amlar fazoda biri ikkinchisiga nisbatan 120ga surilgan. Fazaviy g’altak simning boshi a, v va s izolyatsiyalangan qismlarga, oxiri esa “nolinchi” nuqta hosil qilib o’zaro ulanadi. Fazaviy g’altaklarning bunday ulanishi uchburchak usulida ulash deb ataladi.
Generator rotori chulg’ami o’zgarmas tokni qismlar SH va M, cho’tka va kontakt halqalar orqali oluvchi ikki qutbli elektr magnitdan iborat. Generator ishlayotganda rotor uyg’otish chulg’ami aylanadi, bu generator tipini belgilaydi. Rotor aylanganda uning uyg’otish chulg’ami hosil qilgan magnit maydoni fazaviy g’altaklar o’ramini kesib o’tadi va ularda o’zgaruvchan e.yu.k. hosil bo’ladi. Rotor aylana boshlaganda uyg’otish chulg’amiga tok akkumulyator batareyasidan keladi, biroq generator uyg’ongach, chulg’am o’z generatoridan to’g’rilangan o’zgarmas tok bilan ta’minlaydi. Generator qismlarida kuchlanishning ortishi va tokning ko’payishini cheklash uchun bu tipdagi generatorlar kuchlanish rostlagichlari va tok cheklagichlar bilan jihozlanadi.
Uch fazali generatorlar borgan sari keng tarqalmoqda chunki ularda kontakt halqalari va cho’tkalar yo’q, bu esa ularning tuzilishi va ularga xizmat ko’rsatishni osonlashtiradi va akkumulyator batareyasidan uyg’otilishi mumkin (tashqi nagruzka uzilganda). qo’zg’almas uyg’otish chulg’ami generator, shuningdek startyor va rotorga ega. Startyor chulg’amini hosil qiluvchi fazaviy chulg’am g’altaklari korpusning o’zaklariga joylashgan. CHulg’amsiz ko’p uchli yulduzcha rotor sifatida xizmat qiladi. Uyg’otish chulg’ami po’lat vtulkaga qo’zg’almas qilib o’rnatiladi va qo’shimcha ravishda generator qopqoqlariga ham mahkamlangan. U o’zgarmas tok bilan qismlar M va SH orqali ta’minlanadi. Rotor aylanganda yulduzcha uchlari uyg’otish chulg’ami o’zagining toretsi atrofida harakatlanadi. SHu chulg’am hosil qilgan magnit oqimi vtulkadan havo tirqishi orqali rotor yulduzchasiga o’tadi va uni magnitlaydi. O’z navbatida rotorning magnit oqimi fazaviy g’altaklar o’ramini kesib o’tadi va ularda induktsiyalangan e.yu.k. ni hosil qiladi.
Download 159.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling